K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Eskirishni qoldiq qiymatdan hisoblash usuli


Download 6.22 Mb.
bet20/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Eskirishni qoldiq qiymatdan hisoblash usuli. Ushbuusuldaasosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati boshlang‘ich qiymat hisoblanadi. Yillik amortizatsiya summasi belgilangan yillik amortizatsiya me’yorining ikki baravari miqdorida topiladi. Chunonchi, birinchi yilda u boshlang‘ich qiymatdan, keyingi yillardan boshlab esa yil oxiriga qolgan qoldiq qiymatdan hisoblanadi. Xizmat muddatining oxirgi yilida amortizatsiya summasi tugatish qiymatidan tashqari bo‘lgan miqdorda hisoblanadi.
Misol. Kraz yuk tashish mashinasining boshlang'ich qiymati 12000000 so‘m deylik. Tugatish qiymati 200000 so‘m. Xizmat nmddati 5 yil, yillik amortizatsiya me ’yori 20 %.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida Kraz yuk tashish mashinasi bo‘yicha amortizatsiya ushbu usulda quyidagicha hisob-kitob qilinadi (2.6-jadval).

  1. jadval

Yuk tashish mashinalari bo‘yicha eskirishni qoldiq qiymatdan


hisoblash usuli

Yillar

Amortizatsiya-
lanadigan
qivmat

Amortizatsiya me’yori, %

Yillik
amortizatsiya
summasi

Jamlangan
amortizatsiya
summasi

Qoldiq
qiymat

i

12000000

40

4800000

4800000

7200000

2

7200000

40

2880000

7680000

4320000

3

4320000

40

1728000

9408000

2592000

4

2592000

40

1036800

10444800

1555200

5

1555200

-

1355200

11800000

200000



Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish maqsadidagi barcha asosiy vositalarning hisoblangan eskirishi summasini bevosita asosiy ishlab chiqarish schotiga olib borib bo‘lmaydi. Bunga sabab shundaki, ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalar qurilish tashkiloti tomonidan olib borilayotgan barcha qurilish ishlariga bir vaqtning o‘zida xizmat qilishi mumkin. Shu bois, ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summalari dastlab 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schotidayoki 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida alohida ochilgan tahliliy schotlarda aks ettiriladi.
Hisobot oyi oxirida yuqoridagi schotlarda aks ettirilgan amortizatsiya ajratmalari qurilish ishlari olib borilayotgan obyektlar o‘rtasida maxsus hisob-kitob asosida taqsimlanadi. Amortizatsiya xarajatlarini qurilish
obyektlari o‘rtasidataqsimlab chiqish turli usullarda arnalga oshirilishi mumkin. Ular ichida eng keng tarqalganlari quyidagilar hisoblanadi:

  1. amortizatsiya summasini har bir obyekt bo‘yicha olingan sof tushumning jami sof tushumdagi hissasiga qarab taqsimlash;

  2. amortizatsiya summasini asosiy vositalaming hisobot davrida har bir obyektda ishlagan ish vaqti (bajargan ishi)ni jami ishlagan ish vaqtidagi (yoki jami bajargan ishlaridagi) hissasiga qarab taqsimlash;

  3. amortizatsiyasi summasi qurilish tashkilotlari hisob siyosatida belgilangan boshqa tartiblarda taqsimlash.

Ushbu ma’ lumotlarga va yuqorida izohi berilgan tartibga ko‘ra ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalar amortizatsiyasi taqsimotini quyidagicha hisob-kitob qilish mumkin (2.7-jadval). Bunday taqsimot ma’lumotlari RT-7 shakldagi ishlov qaydnomasidao‘z aksini topadi.

  1. jadval

20 yil oyi uchun amortizatsiya ajratmalarini
qurilish obyektlari o‘rtasida taqsimlash hisob-kitobi



Asosiy vositalar guruhi

Janti
amortiza­
tsiya
summasi

Shu jumladan obyektlar bo'yiclia

A

в

v

%

Summa

%

summa

%

summa

i

Bino va mshootlar

200000

15

30000

25

50000

60

120000

2

Masliina va asbob-uskunalar

600000

100

600000

-

-



-

3

Yuk tashish transport! ari

300000

10

30000

30

90000

60

180000

4

Avtobuslar

150000

20

30000

40

60000

40

60000

5

Boshqa asosiy vositalar

400000

5

20000

80

320000

15

60000




Jami

1650000




710000




520000




420000




Yuqorida keltirilgan taqsimot asosida aniqlangan amortizatsiya xarajatlari mos ravishdagi qurilish obyektlari tannarxiga kiritiladi va 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schotiga ochilgan tahliliy schotlarda aks ettiriladi.


Tayanch iboralar
Qurilish mashinalari va uskunalari - bu yerga mustahkam o‘matiladigan va relsda yurituvchi kranlar va elektrokranlar, ekskavatorlar, buldozerlar, beton qorish mashinalari, transporterlar, ko‘tarish-tushirish qurilmalari, grederlar, burg‘ulash, arralash, randalash, temir-tersaklami kesish, ulash, bo'yoq, ohak va suv purkash apparatlari hamda stanoklari, issiqlik pechlari, kompressorlar, o‘lchov tarozilari va boshqa maxsus mashina hamda uskunalar.
Transport vositalari - bu yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, avtobuslar, traktorlar, pritseplar va boshqa transport vositalari.
Kapital investitsiya - bu qurilish tashkilotlarining yangi obyektlami qurishga, eski obyektlami kengaytirish, rekonstruksiya va modemizatsiya qilishga, shuningdek asosiy vositalami sotib olishga sarflagan mablagiari majmuasi.
Ko‘tarish krani ishi haqida bildirgi - bu ko‘tarish kranining qaysi obyektda ishlagani va bajargan ishining turlari, miqdori, sarflangan vaqt va boshqa ma’lumotlami o‘zida mujassamlashtiruvchi, shuningdek bosh pudratchi vako‘tarish kranida ishlami bajargan ixtisoslashgan qurilish tashkiloti o‘rtasida hisob-kitoblami amalga oshirishga asos bo‘luvchi boshlang‘ich hujjat.
Qurilish mashinasi yo‘l varaqasi - bu mashinistga qurilish mashinasini qurilish obyektiga yetkazish oldidan to‘ ldiriladigan, shuningdek o‘zida masliinaning nomi, texnik ma’ lumotlari, mashinistning ismi-sharifi, unga berilgan topshiriqlar, topshiriqni bajarishga kirishish va uni yakunlash muddatlari ko‘rsatiladigan boshlang‘ich hujjat.
Qurilish mashinasi va mexanizmi ishi to‘g‘risida bildirgi beton qorish, ekskavator, buldozer, greder va shu kabi qurilish mashinalari tomonidan har bir obyektda bajarilgan ishlaming turlari, miqdori, sarflagan vaqti va boshqa ma’lumotlami o‘zida mujassamlashtiruvchi, qurilish mashinalari tomonidan bajarilgan ishning qiymati to‘g‘risidama’lumoti lomani tuzishga hamda bosh pudratchi va ixtisoslashgan qurilish tashkiloti o‘rtasida hisob-kitoblami amalga oshirishga asos bo‘ luvchi boshlang‘ ich hujj at.
Qurilish mashinasi va mexanizmi ishi to‘g‘risida bildirgi-naryad - bu natural o‘ lchov birliklarida o‘lchanadigan topshiriqlar va bajarilgan ishlami rasmiylashtirish va hisobgaolish uchun qodlaniladigan, topshiriqlar vaishlarhaqiqatdabajarilgach, bajarilgan ishlamihisobgaolishga, shuningdek mashinistlarga ish haqini hisoblash uchun asos bo‘luvchi boshlang‘ich hujjat.
Bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’Iumotnoma - bu maxsus qurilish mashinalari vamexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlami tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, u pudratchi va buyurtmachilar (bosh pudratchi va subpudratchilar) o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblami amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi schot-fakturalarga ilova qilinadi.
Qurilish mashinalarini saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari - bu qurilish mashinalari va mexanizmlari mashinistlari va haydovchilariga hisoblangan ish haqi, ij'timoiy sug‘urtaga ajratmalar, material xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari, joriy vakapital ta’mirlash hamda turli xizmatlar qiymatining yig‘ indisi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling