K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Oy oxirida qurilish materiallarini xarid qilish schotining (1510 schot) qo!dig‘i teng
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «akkord», «akkord-naryad»
Oy oxirida qurilish materiallarini xarid qilish schotining (1510 schot) qo!dig‘i teng:
a) 0 so‘mga; b) 4000000 so‘mga; v) 100000 so‘mga; g) 200000 so‘mga. Adabiyotlar ro‘yxati Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. -T.: 0‘zbekiston, 2010. Karimov l.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. “Norma” iqtisodiy-huquqiy ro‘znoma №3 (288) 25 - yanvar 2011 yil. 0‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. -T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi nashriyot uyi», 2008. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida», 2003-yil 12-sentabr, 395-son. «Malisulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamdamoliyaviy natijalarni shakllantirishtartibito‘g‘risidaNizom». 0‘zR VMning 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan. 6.0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003-yil 24-sentabr, 4095-son. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. 0‘zRAVtomonidan 1998 yil 14 avgustda ro‘yxatga olingan, № 475. BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot». 0‘zR AV tomonidan 1998-yil 14 - avgustda ro‘yxatgaolingan, № 474. BHMS № 4 «Tovar-moddiy zaxiralar». 0‘zR. AV tomonidan 2006 - yil 17- iyuldaro‘yxatga olingan, № 1595. BHMS № 21 «Xo‘jalikyurituvchi subyektlamingmoliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma». 0‘zR AV tomonidan 2002 - yil 23- oktabrda ro‘yxatga olingan, № 1181. 11 .Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - T.: «0‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti», 2004. Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi. -T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, SBX gazetasi kutubxonasi, № 6, 2003. bob. QURILISH TASHKILOTLARIDAMEHNATGA HAQ TO‘LASH BO‘YICHA HISOB - KITOBLAR HISOBINING XUSUSIYATLARI Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari Qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishlarini bajarish ularda turli ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislarjamoasini shakllantirishni, shuningdek mos ravi shda ular mehnati hamda mehnatiga haq to‘ lash tizimlarini tashkil qilishni taqozo etadi. Qurilish tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo‘linadi: (1) asosiy xodimlar; (2) asosiy bo‘ lmagan xodimlar. Asosiy xodimlar deganda qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan Iavozimlami egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener-qumvchilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalaryasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimkir kiradi. Asosiy bo‘lmagan xodimlar deganda individual mehnat shartnomasiga ko‘ra alohida ishlami bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi. Qurilish tashkilotlarida xodimlami ishga olish vaishdan bo‘shatish, ular bilan mehnat shamomalarini tuzish hamda uni bekor qilish Respublikamiz qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Qurilish tashkilotlarining xodimlar bo‘limi ishga qabul qilingan xodimlar hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarda xodimlaming ishga kelishi, ular tomonidan bajarilgan ishlaming dastlabki hisobi registrlari (ishga chiqish hisobi tabeli, naiyadlar, hisobotlar, ma’ lumotnomalar, dalolatnomalarjni tuzish hamda yuritish uchastka boshlig‘lari (prorablar, masterlar, brigadirlarjga yuklatiladi. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash vaqtbay va ishbay shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu shakllaming qoilanilishi qurilish tashkilotining ichki me’yoriy hujjatlari (jamoa va individual mehnat shartnomalari) bilan tartibga solinadi. Ish haqi hisoblashning vaqtbay shakli asosan ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlar uchun qo‘llaniladi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif raziyadi bo‘yicha belgilangan maosh, xodimlaiTiing haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli hisoblanadi. Ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga hisobot oyida hisoblanadigan asosiy ish haqi ularga belgilangan maoshni shu oydagi ish kunlari soniga bo‘lish va haqiqatda ishlagan kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Hisobot oyida to‘liq ishlagan xodimlarga asosiy ish haqi belgilangan maosh miqdorida hisoblanadi. Mehnat vajamoa shartnomalarida ma’muriy-boshqamv hamda injener- texnik xodimlarga erishilgan yutuqlar uchun qo‘shimcha tarzda mukofotlar berish ham ko‘zda tutiladi. Shu bois, vaqtbay shakl boshqachasiga vaqtbay-mukofotli shakl ham deb ataladi. Xodimlarga beriladigan mukofotning miqdori qurilish tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi. Ish haqi hisoblashning ishbay shakli bevosita qurilish ishlarini olib boruvchi xodimlar uchun qodlaniladi. Bunday xodimlarga ishchilar, maxsus mashina va mexanizmlarni boshqaruvchi mashinistlar, transport vositalarining haydovchilari. masterlar, prorablar, brigadirlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, bir birlik ish uchun tasdiqlangan mehnat haqi me‘yori (rastsenka), xodimlaming haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli, bajarilgan ish hajmi to‘g‘risidahisobotlar, bildirgi-naryadlar, ma’lumotnomalar va dalolatnomalar hisoblanadi. Qurilish ishlari, odatda, jamoa, ya‘ni brigada tomonidan bajariladi. Bajarilgan ishlar yaxlitjamoaning (brigadaning) mehnati sifatidatavsiflanadi. Mos ravishda hisoblangan ish haqi ham jami jamoa (brigada) uchun hisoblangan ish haqi hisoblanadi. Ish haqini hisoblashning bunday tizimi adabiyotlarda «akkord», «akkord-naryad» tizimi, deb ham e’tirof etiladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling