Qurilish materialism tannarxi-bu ulaming sotib olish baholaridagi qiymatini hamda sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, bojxonatoMovlari. sertifikatlash, brokerlaming xizmat haqlari va boshqalar)ni o‘zida mujassamlashtirgan qiymati5.
Qiymatdan chetlanish - qurilish materiallarining xarid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farq.
Talabnoma - bu qurilish materiallarini omborlardan qurilish maydonchalariga yetkazib berishda prorab, master yoki brigadir tomonidan tuziladigan boshlang‘ich hujjat bo‘lib, unda kerakli materialning nomi, markasi, miqdori ko‘rsatiladi.
Limit-zabor varag‘i - bu qurilish materiallarini omborlardan qurilish maydonchalariga yetkazib berishda ma’lum muddatga(5 kunga, 10 kunga, 1 oyga) ochilgan boshlang‘ich hujjat bo‘lib, unda kerakli materialning nomi, markasi, miqdori berilgan kunlar bo‘yicha ko‘rsatiladi hamda hisobot davr oxiridajamlanadi.
Qurilish materiallari sarfi to‘g‘risida hisobot-bu sarflangan materiallar qiymatini bajarilgan qurilish ishlarining haqiqiy tannarxiga kiritishga, materiallar sarfi hisobini yuritishga asos boduvchi moddiy javobgar shaxslar (prorab, master yoki brigadir) tomonidan tuziladigan hamda rahbar tomonidan tasdiqlanadigan hisobot.
Inventarizatsiya - bu moddiy boyliklamingmavjud holatini ulami sanash, tortish, o‘lchash va shu kabi boshqa usullar yordamida aniqlash.
Materiallar hisobi - bu qurilish materiallari kirimi va chiqimi, shuningdek ulaming davr boshi va oxirigabo‘lgan holatini soniy va summoviy ko‘rinishda tegishli registrlarda yuritish tizimi.
Nazorat qilish uchun test savol - javoblari
Xo‘jalik situatsiyasi
1050 «Qurilish materiali» schotining oy boshiga qoldig‘i hisob bahosi bo‘yicha5000000 so‘m, 1610 «Materiallar qiymalidagi farq» schotining debet qoldig‘i 100000 so‘m. Hisobot oyida 1510 «Materiallami tayyorlash va xarid qilish» schotining debetidatahninotchilardankirim qilinganmateriallaming sotib olish bahosidagi qiymati 12000000 so‘m, shujumladanQQS- 2000000 so‘m. Bundantashqari materiallaming tashib keltirish xarajatlari 300000 so‘m, vositachilik xarajatlari-400000 so‘m. Materiallaming hisob bahosidagi kirim qiymati 10500000 so‘m. Hisobot oyida qurilish ishlariga sarflangan materiallaming hisob bahosidagi qiymati 8000000 so‘m.
Ushbu situatsiyabo‘yichaquyidagi savollarga to;g‘rijavoblami toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |