K. E. Siolkovskiy reaktiv uchishlar nazariyasini va raketalarni hisoblash ishlarini ishlab chiqdi. Uchuvchi apparatlar paydo bo'lishi bilan shar uchun uchish-qo'nish sharoitlarini yaratish, ya'ni zaruriy uskunalar bila
Download 1.13 Mb.
|
102-19 Umurzoqova AERODROM
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
REJA1. Kirish 2. Toshkent iqlimi. 3. Aeroportning berilgan klasini tasdiqlash. 4. Aeroport vazyatlar rejasini tasdiqlash. 5. Aerodrom sinifni aniqlash. 6. SUQTning kerakli uzunligi va enini hamda uchish tasmalari elementlarining o‘lchamlarini mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda asoslash. 7. Rullash yo‘llarining eni va umumiy maydonini aniqlash. 8. Perronda havo kemalari (HK) ning turish joylari (TJ) ning kerakli sonini aniqlash, perronda HK larini joylashtirish sxemasini tanlash va perron maydonini hisoblash. 9. Bazaviy HK uchun turish (saqlash) joylari sonini aniqlash. 10. Maxsus vazifadagi maydonchalarning maydonini aniqlash. 11. Aerovokzal maydonini hisoblash. 12. Yuk omborining maydonini hisoblash. 13. Dunyoning ba’zi xalqaro aeroportlari xaqida malumot. 14. Xulosa. 15. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISHHavo yo'llarida muntazam va xavfsiz tashishlarning asosiy va hal qiluvchi shartlaridan biri aeroportlar va rivojlangan havo trassalari tarmog'ining mavjudligi bo'lib, ular havo kemalari xavfsiz uchishi, harakatning zaruriy jadalligini ta'minlab berishga xizmat qiladi. Aviatsiya XX asrda rivojlana boshladi, lekin samolyotni (bug' dvigateli bilan) yaratishga 1885-yili dengiz zobiti A. F. Majayskiy tomonidan birinchi marta urinib ko'rilgan edi. Aerodinamika fanini rivojlantirish va uchuvchi apparatlar yasash ishiga rus olimlari D.I. Mendeleyev, I. E. Lukovskiy, S. A. Chapligin, V. P. Vetchinkin, B. N. Yuryev, A. N. Tupolyev va boshqalar katta hissa qo’shgan. K.E. Siolkovskiy reaktiv uchishlar nazariyasini va raketalarni hisoblash ishlarini ishlab chiqdi. Uchuvchi apparatlar paydo bo'lishi bilan shar uchun uchish-qo'nish sharoitlarini yaratish, ya'ni zaruriy uskunalar bilan jihozlangan maydonchalar tayyorlash muammosi yuzaga keldi. Keyinchalik maxsus yer maydonlari aerodromlar qurish zarurati yuzaga kelgan. Fuqaro aviatsiyasi aerodromlari 3 toifaga bo’linadi. Birinchi toifa aerodromlari havo aloqalarining bosh bo'g'ini sifatida yirik shaharlar atrofiga joylashtirilgan. Ular angarlar, yonilg'i va moylash materiallari ombori, ta'mirlash ustaxonalari, aloqa vositalari, yorug'lik ogohlantiruvchi asboblari va boshqa maxsus uskunalarga ega bo'lgan. Ikkinchi toifaga oraliq qo'nish punkti vazifasini bajaruvchi aerodromlar kirgan. Ularda angarlar. samolyot va motorlarni ta'mirlash hamda yonilg'i-moylash materiallarini saqlash binolari bo'lmagan. Uchinchi toifali aerodromlar oddiy maydonchalar bo'lib. samolyotlarning uchishi va qo'nishini ta'minlagan va majburiy qo'nishlar uchun mo'ljallangan. Sobiq ittifoqda eng birinchi havo yo'li 1923-yili Moskva – Nijniy Novgorod shaharlari o'rtasida ochilgan, uzunligi 420 km bo'lgan. shundan keyin Xarkov - Odessa. Nijniy Novgorod - Kazan. Tbilisi Boku, Toshkent - Olmaota, Buxoro - Dushanbe, Moskva - Xarkov kabi yo'nalishlardagi havo yo'l1arida uchishlar boshlangan. Birinchi xalqaro havo yo'lini 1922-yili «Moskva - Kaunas - Kaliningrad» yo'nalishida ochishgan. Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,3°, −1,8°, eng past temperatura −34° (tekislikda), −38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43-47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350–400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi “), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling