- chiziqli va funksional xodimlar o'rtasida kelishmovchiliklar paydo
boMadi;
- tadbirkorga funksional xodimlar faoliyatini
muvofiqlashtirish
qiyinroq kechadi.
D a stu r li-m a q sa d li tuzilm a.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi
ko'pgina muammolami hal etish gorizontal bo'yicha kelishib olish va
muvofiqlashtirishni talab etadi. Masalan,
korxona yangi xil mahsulot
ishlab chiqarishga ko'chadigan bo'lsa:
- materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish;
- mehnat me’yorlarini qayta ko'rib chiqish;
- turli kasbdagi ishchilami tayyorlash va qayta tayyorlash;
- yangi materiallarga ehtiyojni
aniqlash;
- yetkazib beruvchilar bilan aloqa o'rnatish;
- yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi.
Yuqoridagi vazifalami turli xizmat bo'linmalari bajaradi, ular
bajaradigan ishlaming mazmuni va muddatlarini kelishib olishi,
ishlab
chiqarishning ko'pgina elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funksional
xizmatlar o'rtasidagi aloqalarda buzilish vujudga keladi,
xizmatlar esa
bahs va munozaralar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli-tarkib rahbari esa
ko'p sonli bo'linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv tarkiblarini tuzish yo'li
bilan, aniqrog'i, chiziqli-funksional boshqaruv tarkiblariga tuzatishlar
kiritish yo'li bilan hal etiladi. Bunday tarkib dasturli-ma
qsadli tarkib deb
ataladi. Boshqaruvning dasturli-maqsadli tarkibi quyidagi ikki ko'rinishda
bo'ladi: loyiha bo'yicha va mahsulotga ko'ra boshqaruv.
Do'stlaringiz bilan baham: