K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I t a s h k IL e t is h V a b o s h q a r is h


L oyiha b o 'y ich a b osh q aru v


Download 282.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana07.05.2023
Hajmi282.56 Kb.
#1437791
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-maruza

L oyiha b o 'y ich a b osh q aru v 
qisqa muddatda yangi texnika va 
texnologiyani joriy etish zarurati tug'ilgan hollarda qo'llaniladi. Bunda 
vaqtinchalik maxsus xizmat bo'limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu 
bo'lim loyiha tuzadi va uning joriy etilishini nazorat qiladi.
Loyiha bo'yicha boshqaruv muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, 
kichik bo'laklarga ajratadi yoki to'ldiradi. U loyihani bajarish uchun 
korxonaning barcha funksional xizmatlari va bo'linmalari faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar 
beriladi. U vazifalarning bajarilishi uchun to'la javobgar bo'ladi.
Bunday 
boshqaruv 
ko'p 
nomenklaturali 
ishlab 
chiqarishda 
qo'llaniladi. Loyiha rahbari maxsus vakolatga ega bo'lib, texnologik 
ishlarni zvenolar bilan ishchilar o'rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini 
o'z loyihasi doirasida nazorat qilib boradi. Chiziqli rahbaming shu ishlarga


oid buyruqlari loyiha rahbari bilan kelishiladi. Bunda bajaruvchi kishi ikki 
va undan ortiq rahbarga ega bo'lib, ularga bo'ysunadi.
M ah su lotga k o'ra b oshqaruv 
tarkibining afzalligi axborotlarning 
kelish yo'llari va oqimining qisqarishi, yakkaboshchilik tamoyiliga to'la 
rioya 
qilinishi, 
boshqaruvning yuqori 
bosqichlarini 
kichik joriy 
vazifalardan xalos etishda namoyon bo'ladi. Bunday tarkib bozorda 
talabning o'zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodirdir.
M atritsali tuzilm a. 
Matriuali tarkib bo'yicha boshqaruv ancha 
murakkab bo'lib, u mahsuloti nisbatan qisqa «umr» ko'radigan va tez-tez 
o'zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo'llaniladi. Bu tarkib korxonada 
gorizontal aloqalami yo'lga qo'yish va ularni zamonaviy kompyuterlar 
yordamida murakkab buyurtmalarini bajaruvchi turli korxonalar faoliyati 
bilan bog'lash, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko'rsatish va 
ekspertizani ta’minlashga qaratilgan. Ushbu tarkibni «tur» ko'rinishida 
tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi tarkibning kombinauiyasini 
ifodalaydi.
Boshqaruvning matriuali tarkibining mohiyati shundaki, unda har bir 
xodim, ayni bir vaqtning o'zida, loyiha bo'yicha boshqarish, shuningdek 
funksional organida xizmatda bo'ladi hamda ikki yoqlama bo'ysunadi. Bu 
tarkibning o'ziga yarasha afzalliklari bor. Bular quyidagilardir:
- boshqaruv jarayonidagi (gorizontal) aloqalaming uzunligini keskin 
qisqartiradi va tartibga soladi;
- qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ulaming mazmuni hamda 
natijalari uchun mas’uliyatni oshiradi;
- korxonaning ichki va tashqi sharoitlariga ta’sir etuvchi omillaming 
o'zgarishiga tezda ko'nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal 
qiladi;
- chiziqli bo'ysunish vositasida bo'lim ichida byurokratiyaga bo'lgan 
moyillikni bir qadar so'ndiradi va hokazo.
Shu bilan bir qatorda, matriuali tarkibning ham ayrim kamchiliklari 
bor. Bular tarkibning murakkabligi va boshqaruv organlarining real 
vakolatiga ega emasligidir.
Boshqaruvning tashkiliy tarkiblari to'g'risida yakuniy xulosalarga 
kelar ekanmiz, boshqaruvning qarab chiqilgan tashkiliy tarkiblaridan 
birortasini ham rasmiy tarkib deb bo'lmaydi. Shu bois har bir korxona 
(firma) o'z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitining o'ziga xos 
xususiyatlaridan 
kelib 
chiqib, 
uning talablarini 
yuqori 
darajada 
qondiradigan tashkiliy tarkib turini tanlashi kerak.



Download 282.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling