K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I t a s h k IL e t is h V a b o s h q a r is h


C h iziq li-fu n k sio n a l tark ib d a asosiy b osh q aru v


Download 282.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana07.05.2023
Hajmi282.56 Kb.
#1437791
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-maruza

C h iziq li-fu n k sio n a l tark ib d a asosiy b osh q aru v 
chiziqli boshqaruv 
hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlari va uchastkalarni mustaqil 
boshqarishda chiziqli rahbarlar tayinlanadi. Ularga ishlab chiqarish 
xo'jalik faoliyatini yakkaboshchilik tamoyillariga ko'ra boshqarish huquqi 
berilgan bo'lib, ular olingan natijalarga to'liq javob beradilar.
Boshqaruvnig chiziqli-funksional tarkib sharoitida ishlaydigan 
rahbarlarga malakali yordam ko'rsatish uchun funksional va idoraviy 
tashkilotlar tashkil etiladi. Bu tashkilotlaming vazifasi boshqaruv 
qarorlarini tayyorlash hamda rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat 
bo'ladi.
Mazkur tarkibning kamchiliklari:


- chiziqli va funksional xodimlar o'rtasida kelishmovchiliklar paydo 
boMadi;
- tadbirkorga funksional xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish 
qiyinroq kechadi.
D a stu r li-m a q sa d li tuzilm a. 
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi 
ko'pgina muammolami hal etish gorizontal bo'yicha kelishib olish va 
muvofiqlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona yangi xil mahsulot 
ishlab chiqarishga ko'chadigan bo'lsa:
- materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish;
- mehnat me’yorlarini qayta ko'rib chiqish;
- turli kasbdagi ishchilami tayyorlash va qayta tayyorlash;
- yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash;
- yetkazib beruvchilar bilan aloqa o'rnatish;
- yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi.
Yuqoridagi vazifalami turli xizmat bo'linmalari bajaradi, ular
bajaradigan ishlaming mazmuni va muddatlarini kelishib olishi, ishlab 
chiqarishning ko'pgina elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funksional 
xizmatlar o'rtasidagi aloqalarda buzilish vujudga keladi, xizmatlar esa 
bahs va munozaralar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli-tarkib rahbari esa 
ko'p sonli bo'linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv tarkiblarini tuzish yo'li 
bilan, aniqrog'i, chiziqli-funksional boshqaruv tarkiblariga tuzatishlar 
kiritish yo'li bilan hal etiladi. Bunday tarkib dasturli-ma qsadli tarkib deb 
ataladi. Boshqaruvning dasturli-maqsadli tarkibi quyidagi ikki ko'rinishda 
bo'ladi: loyiha bo'yicha va mahsulotga ko'ra boshqaruv.

Download 282.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling