K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I t a s h k IL e t is h V a b o s h q a r is h
C h iziq li (p og'on ali) tuzilm a
Download 282.56 Kb. Pdf ko'rish
|
3-maruza
C h iziq li (p og'on ali) tuzilm a.
Chiziqli (pog'onali) tarkib boshqaruv tarkibining eng sodda turi hisoblanadi. Bunda boshqaruvning hamma vazifalari korxona rahbari qo'lida to'planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo'ysunadi. Har bir rahbar o'ziga ishonib topshirilgan bo'linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlami mustaqil ravishda qabul qiladi. Bo'ysunuvchi xodimlar faqat bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga bevosita boshlig'ini «chetlab» murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori цех boshlig'ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. Chiziqli tarkibning o'ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Chiziqli tarkibning ijobiy tomonlari: - o'zaro zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi: - yakkaboshchilik va shaxsiy javobgarlik mustahkamlanadi; - bu tarkib oddiy, puxta va tejamlidir; - bosqichlar soni kam bo'ladi; - boshqariluvchi obyekt ishiga kam kishi aralashadi; - vazifalar tez hal etiladi; - butun tizim samarali ishlaydi; - xodimlar faqat o'z rahbariga hisobot beradilar. Chiziqli tarkibning salbiy tomonlari: - bunday tarkib oddiy masalalarni hal etishga mo'ljallanganligi sababli uning borasida kompleks masalalarini hal etish ancha qiyin kechadi; -bunday sharoitda rahbarlar ko'proq tezkor ishlar bilan band bo'lib, strategik muammolami e’tibordan chetda qoldiradilar; -bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo'lish xavfi kuchli bo'ladi, bunga sabab, tarkibning har bir bo'g'inida rahbar o'z lavozimi bo'yicha farmoyish berish huquqiga ega bo'lishidir. Boshqaruvning chiziqli tarkibi uncha murakkab bo'lmagan ishlab chiqarish sharoitida ijrochilaming vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar hajmi kam bo'lganda o'zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarish tobora murakkablashib, ish ko'lamining kengayib borishi boshqaruv vazifalarini tabaqalashtirishni talab etadi, chiziqli tarkibning o'rniga chiziqli-shtabli tarkibning vujudga kelishini taqozo etadi. Download 282.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling