K kim. Au 21-guruh Nazarmamitova Zumradxonning analitik kimyo fanidan


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1537831
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ZUMRATXON NAZARMAMITOVA

I.2 Termodinamikaning 2 - qonuni 
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni 
Hozirgi zamon fizikasida termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni, 
ikkinchi tur abadiy dvigatelning, ya'ni issiqlikni butunlay ishga aylantirib, 
davriy ishlaydigan dvigatelning yasash imkonsizligini uqtiradi. Keling, 
ushbu qonunning ochilishi tarixi va u tufayli insoniyat erishgan boshqa 
ilmiy-texnik yutuqlar haqida gaplashamiz. 
Ingliz Gemfri Devid (1788-1829) 23 yoshidayoq ko‘plab ilmiy va 
ijtimoiy mukofotlar, hamda, professor darajasiga ega bo‘ldi. Undan 
tashqari uni qirollikning eng oliy e'tiroflaridan bir - "ser" unvoni bilan 
sharaflashdi va London qirollik ilmiy jamiyatining prezidenti etib 
saylandi. o‘zining qisqa umri davomida ko‘plab muvaffaqiyatli tadqiqot 
va tajribalar o‘tkazdi. XIX asr boshlarida Devi noldan past haroratda 
muzni eritishga muvaffaq bo‘ladi. Keyinroq uning tajribalarini rus olimi 
Petrov takrorladi. Harbiy amaliyotchi Benjamin Tompson (1753-1814) 
AQSH mustaqilligi uchun bo‘lgan urushdan qaytib, Bavariyada graf 
Rumford unvoni bilan taqdirlandi. U 1798-yili zambarak quvurlarini 


 

tayyorlash bo‘yicha o‘zining‘ tajribalari bayon qilingan risolani chop 
ettirdi. Uning tajribalarida, slindr shaklida quyilgan metallni o‘rtasini 
burg‘ulab, zambarak quvuri tayyorlash usullari keltirilgan edi. Uning 
tajribalaridan birida, zambarak quvuri tayyorlash jarayonida, metallni 
burg‘ulayotganida, burg‘uning aylanishlari soni daqiqasiga 960 martaga 
yetganida, slindr harorati 37°C ga yetgani yozilgan. Mazkur qayd bilan 
tanishgan Gemfri Devi, fanda hukm surib kelayotgan teplorod haqidagi 
tushuncha Rumfordning ham, o‘zining ham tajribalariga mos 
kelmasligini fahmladi. Devi, issiqlik paydo bo‘lishi hodisasini 
tushuntirish, uchun o‘z nazariyasini taklif etdi. Unga ko‘ra, issiqlik bu - 
jismni tashkil qiluvchi moddalarning tebranma harakati natijasida paydo 
bo‘lib, Devining fikriga ko‘ra, gazlar va suyuqliklar uchun 
zarrachalarning harakati nafaqat tebranma, balki aylanma yo‘nalishda 
ham bo‘lishi kerak edi. Devining bu nazariyasi kinetik issiqlik nazariyasi 
nomini oldi. Shunga o‘xshash nazariyani Gustav Yung ham ilgari surgan. 
Baribir teplorod haqidagi nazariya, hali beri fanda o‘z hukmini 
o‘tkazishda davom etardi. Qaralayotgan davr (XIX asr boshi) uchun, 
issiqlik va issiqlik texnikasi haqidagi ikkita eng ommabop fundamental 
asarlar - Furyening "Issiqlikning tahliliy nazariyasi" va Karnoning 
"Alangani harakatlantiruvchi kuch va bu kuchni rivojlantira oladigan 
mashinalar haqida mulohaza" kitoblari ham aynan teplorod 
tushunchasi asosida yozilgan. Furyening asari 1822 yilda Parijda nashr 
etilgan bo‘lib, olimning matematik fizika bo‘yicha olib borgan ko‘p yillik 
izlanishlarining xulosalarini o‘zida namoyon etadi. Karno esa o‘z asarida, 
bu masalaga ancha chuqurroq yondoshgan. 


 

Mashhur farang siyosatchisi va matematik olimi 
Lazara Nikola Margerit Sadi Karnoning o‘g‘li bo‘lmish Nikolo Leonar Sadi 
Karno (1796-1832) politexnika maktabida ta'lim olgan. 1814-yildan 
e'tiboran u Napaleon armiyasi safida xizmatda harbiy muhandis bo‘lib 
ish boshlaydi. 1819-Napaleon hukumatdan ag‘darilgandan so‘ng u 
general shtabda leytenant harbiy unvoni bilan xizmat olib boradi. Uning 
otasi sobiq respublikachi amaldorlardan bo‘lib, siyosiy qochqinda 
bo‘lgani uchun (u vazir lavozimida ishlagan), Karnoning ham harbiy 
faoliyatida muammolar kelib chiqa boshlaydi va u 1828-yili iste'foga 
chiqishga majbur bo‘ladi. Nikolo Sadi Karno 1832-yilda, birdaniga xolera 
va qizilcha kasalliklariga duchor bo‘lib, juda erta - 36 yoshida vafot etdi. 
Uning 1824-yilda nashrdan chiqqan "Alangani harakatlantiruvchi kuch 

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling