К. P. Аbduraxmanov, V. S. Xamidov


Download 7.47 Mb.
bet3/7
Sana18.09.2023
Hajmi7.47 Mb.
#1680684
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Ma`ruza

Elektr toki kuchi birligi – ампер 1 metrli o‘tkazgichning har bir qismida 2.10 -7 Nyuton ta’sir kuchi hosil qiladigan, vakuumda 1 metr oraliqda joylashgan, hisobga olmaydigan darajada kichik ko‘ndalang kesim yuzasiga ega bo‘lgan, cheksiz uzunlikdagi to‘g‘ri chiziqli parallel joylashgan o‘tkazgichlardan o‘tayotgan tok kuchiga aytiladi.

Termodinamik temperatura – Kelvin suvning uchlik nuqtasi terodinamik temperaturasining 1/273,16 qismiga teng bo‘lgan temperatura birligiga aytiladi.

Modda miqdori – mol, 0.012 kilogramm massali 12 – uglerod atomidagi strukturali elementlar soniga teng bo‘lgan tizimning modda miqdoriga aytiladi. Strukturali elementlar atomlar, ionlar, elektronlar va boshqa zarrachalardan iborat bo‘lishi mumkin.

Yorug‘lik kuchi – Kandela manba’ning berilgan yo‘nalishida, 540.10 12 Gs chastotali, 1/683 Vt/steradian yorug‘lik ning energetik kuchiga ega bo‘lgan monoxromatik nurlanish chiqaradigan yorug‘lik kuchiga aytiladi.

Fizikaviy fazo:

  • uch o‘lchamli - jismlarning holati uchta koordinatalar bilan to‘la aniqlanadi.
  • Izotrop - fazoning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha xususiyatlari bir xil va o‘zgarmas hisoblanadi.
  • bir o‘lchamli - fazoning barcha nuqtalaridagi xususiyatlari bir xil hisoblanadi

Vaqt:
  • bir o‘lchamli – vaqt o‘qida o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi.
  • bir jinsli - vaqt o‘qining barcha nuqtalarida vaqt xususiyati bir xil hisoblanadi.

Sanoq tizimi

Jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlashga imkon beradigan, qo‘zg‘almas jism bilan bog‘langan koordinatalar tizimi fazoviy sanoq tizimi deb ataladi.

Dekart koordinata tizimi


Tanlab olingan fazoviy sanoq tizimidagi ixtiyoriy nuqtaning o‘rnini uchta х, у, z koordinatalar orqali ifodalash mumkin.
Koordinata boshidan M nuqtagacha yo‘naltirilgan kesma radius vektor deb ataladi.

Download 7.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling