K u rsish I mavzu : Sanoat korxonalarida personalni samarali boshqarish Bajardi: 3-3iqtim-20 guruh talabasi Kamalov Zarif Voxid o`g`li (imzo)
Partisipativ uslub tamoyillari quyidagilardan iboratdir
Download 0.59 Mb.
|
3-3iqtim-20 korx iq kurs ishi (1)
Partisipativ uslub tamoyillari quyidagilardan iboratdir: Partisipativ boshqaruv hamma bo‘g‘inlarda amalda ta‘minlanishi darkor. Xodimlarning turli toifalari o‘zlarining boshqaruvidagi ishtirokiga turlicha talablar qo‘yishlarini hisobga olish kerak. Masalan, ishchilar mukofotlarni taqsimlash, moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirish uchun nomzodlar ko‘rsatishni birinchi o‘ringa qo‘yadilar.22 Bugungi kunda, menejerlar ma‘naviy rag‘batlantirish uslublaridan foydalanib, katta samaradorlikka erisha oladilar. Tadirkorlik faoliyatini rivojlantirishda firmalarda xodimlarni rag‘batlantirishning shaxsiy tizimi ham bo‘ladi. Korxonalarda hozirgi vaqtda mukofotlash tizimi ikki darajali: yillik mukofot tizimi va har oylik mukofot tizimiga bo‘linadi. Rag‘batlantirishning yana bir turi – xodimlarga imtiyozli (foizsiz) qarz berishdir. Shuningdek, ko‘pgina kompaniya va firmalarda farzand tug‘ilishi munosabati bilan, oila qurilishi (nikoh rasmiylashtirilishi) munosabati bilan, yaqin qarindoshlar vafoti munosabati bilan eng kam ish haqi miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha moddiy yordam ko‘rsatish amaliyoti ham mavjud. Yuqori samara bilan faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va firmalarning tajribasi boshqaruv personalini rag‘batlantirishda asosiy ish haqi hamda foydada sheriklikni hisobga olishga asoslangan. Bugungi kunda qo‘llanilib kelinayotgan qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimlarining hammasini asosan ikki guruhga bo‘lish mumkin: ish 22 Управление персоналом организации: Учебник / Под ред. А.Я. Кибанова. - 2-е изд., доп. и перераб. - М.: ИНФРА-М, 2010. - 638 с. Mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag‘batlantirish tizimi Xodimlar moddiy mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif tizimi. Xodimlarga kasbiy mahorat uchun ustama haq to‘lash to‘g‘risida nizom. Xodimlarga mehnat sharoiti uchun qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risida nizom. Yuqori malakali ishchilarga tarif stavkalari o‘rniga maosh tayinlash to‘g‘risida nizom. Xodimlarga vaqtbay-mukofotli ish haqi to‘lash to‘g‘risida nizom. Xodimlarga ishbay-mukofotli ish haqi to‘lash to‘g‘risida nizom. Ko‘p smenali ish rejimi bo‘yicha mehnat qilganlik uchun xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risida nizom. Rahbar, mutaxassislar va xizmatchilarni joriy mukofotlash to‘g‘risida nizom. Xodimlarni rejaga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish suratini oshirganliklari uchun rag‘batlantirish to‘g‘risida nizom. Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish uchun rag‘batlantirish to‘g‘risida nizom. Yoqilg‘i-moylash materiallariva elektr quvvati sarfini tejash uchun rag‘batlantirish to‘g‘risida nizom. Xodimlarning alohida muhim topshiriqlarni bajarishdagi xizmatlari uchun rag‘batlantirish to‘g‘risida nizom. Xodimlarni moddiy texika boyliklarini saqlash uchun rag‘batlantirish to‘g‘risida nizom. Ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari uchun rag‘batlantirish to‘g‘risida nizom. Bir yo‘la mukofot berish. Qimmatbaho sovg‘alar berib mukofotlash. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling