Kurs ishining predmeti korxonalarda personalni boshqarish tizimi va rahbar usullari orqali boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari, bunda yo‘zaga keluvchi muammolar va ularni hal qilish jarayonlari tanlandi.
Kurs ishining ob‘ekti sifatida ―Toshkent Respublika Fond Birjasi AJ korxonasining faoliyati tanlandi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi korxonalarda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish, rahbar usullarini takomillashtirishni tahlil qilish asosida korxona personalidan foydalanish salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishi oldiga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib tadqiqotning quyidagi vazifalari belgilandi:
korxonalarda personalni boshqarish tizimini asosiy omillari va uning mazmun mohiyatini ochib berish;
personalni boshqarishda rahbarlik uslublarini qo‘llash mezonlari xususiyatlarini aniqlash;
korxonalarda personalni boshqarish tizimi va rahbar uslablarini iqtisodiy usullarni qo‘llashning zarurligini asoslab berish;
korxona haqida umumiy ma`lumot va personal boshqaruv strukturasi mohiyatini tavsifi;
―Toshkent RFB AJning moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy holatining qiyosiy tahlili;
korxonada personalni boshqarish tizimi va rahbar uslubini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarga baho berish;
- korxonada personalni boshqarish tizimi va rahbar uslubini rivojlantirishda
iqtisodiy usullarni takomillashtirish yo‘llariga baho berish;
- korxonada personalni boshqarish tizimi va rahbar uslubini rivojlantirishda xorij tajribalarini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish, taklif va tavsiyalar olish.
Kurs ishi mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Mamlakatimizda personal boshqaruvi tizimi va rahbar uslubini takomillashtirishda yanada yuksaltirishga qaratilgan maqsad bo‘lb, shu asnoda yoshlarning bandligi aholi farovonligi, to‘kis turmush tarzlarini tashkil etishga qaratilgan qarorlarning qabul qilingani va ijrosini to‘la ta‘minlash uchun berilayotgan alohida e‘tibor xalqimiz uchun xizmat qiladi. Korxonalarda personalni boshqaruv tizimi va rahbar faoliyatini takomillashtirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, jumladan, muammolarni bartaraf qilish uchun ayniqsa personalni iqtisodiy usullar orqali boshqarishni atroflicha o‘rganish, amaliyotda innovatsion usullarni qo‘llagan holda xorij tajribalarini tadbig‘ etish imkoniyatlaridan foydalanish samaradorlikka erishishning asosiy omillaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |