K u rsish I mavzu : Sanoat korxonalarida personalni samarali boshqarish Bajardi: 3-3iqtim-20 guruh talabasi Kamalov Zarif Voxid o`g`li (imzo)
Korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini iqtisodiy usullarda qo‘llash zaruriyati
Download 0.59 Mb.
|
3-3iqtim-20 korx iq kurs ishi (1)
Korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini iqtisodiy usullarda qo‘llash zaruriyatiAmaliyotda usullar tizimini to‘g'ri qo‘llash boshqarish tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Chunki usullar har doim boshqarish tamoyillar tomonidan belgilangan qoida, nizom asosida qo‘llaniladi. Bozor tamoyillari xo‘jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi. Muvaffaqiyatga intiluvchi rahbar ana shu regulyator va omillarga asoslanib o‘z ishonchi bilan boshqalarga yetakchi bo‘lib, ular orqali xizmat ko‘rsatadigan mijozlarni g`alabaga ishontiradi, atrofiga istiqbolli xodimlarni yig`ib, ularning hurmatini qozonadi, qo‘l ostidagilarni sevadi, ularning muammosini o‘zining muammosi deb tushunadi, ishni yuqori darajada bajarishga tadbirkorlik bilan kirishadi.Boshqarishni iqtisodiy usullarining hozirgi paytdagi o‘zgarish omillaridan eng asosiysi boshqarishni ilk chiziqli shaklidan gorizontal shakliga o‘tish hisoblanadi. Bunda boshqarish ob‘ektiga ta‘sir nafaqat yuqori boshqarish organlari tomonidan, balki korxona bilan bog‘langan mijozlar, iste‘molchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday ta‘sir qilish usullari o‘z ifodasini o‘zaro majburiyatlar, bitimlar va shartnomalarda topadi. Iqtisodiy usullarning harakati sharoitida pastki bo‘g`inlarga markazlashgan ta‘sir ko‘rsatish susayadi. Iqtisodiyotning pastki bog‘inlari mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishi uchun katta huquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Korxona va xo‘jaliklarning o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi amalga oshiriladi. Boshqarishning, xususan, mehnat samaradorligini boshqarishning ishlab chiqarish iqtisodiy maqsadi eng kam jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari sarflangan holda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni to‘laroq qondirish uchun zarur mahsulot chiqarish bilan belgilanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy maqsad mehnat jarayonining amal qilish uchun ijobiy ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarni yaratish bilan belgilanadi. Mehnat samaradorligini boshqarish maqsadlariga erishish vositalari nafaqat kishilar foydali mehnat faoliyatining ishlab chiqarish iqtisodiy, ijtimoiy- iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy natijalari amalga oshirish, balki natijalarga nominal mehnat va vaqt xarajatlari yordamida erishishni ta‘minlash kerak. Mehnat samaradorligini boshqarishning yana bir prinsipini bu moddiy va ma'naviy rag'batlantirishning optimal birligi prinsipidir. Bu prinsipni amalga oshirishda xo‘jalik hisobini boshqaruvning barcha darajalarida joriy etish muhim ahamiyatga ega. Bunda xodimlarni moddiy rag'batlantirish bilan birga yuqori samarali mehnatni ma'naviy rag'batlantirish ham muhim rol o‘ynaydi. Boshqaruvga aniq holatni, sharoit-tahlilini hisobga olish prinsipi muhim o‘ringa ega. Bu prinsipning o‘ziga xos xususiyati shundaki, iqtisodiy holatni to‘g'ri baholay bilish, to‘g'ri qaror qabul qilish va xulosa chiqarish kerak bo‘ladi. Mehnat samaradorligini boshqarishni optimal tashkil etish maqsadida birinchi navbatda «mehnat salohiyati» tushunchasini ilmiy asoslash kerak, undan keyin esa bu maksimal yuqori koeffitsientini ta'minlash kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarida personalni boshqarishda iqtisodiy usullarning qo‘llanilishi mehnat unumdorligini oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda va o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Menejment usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaganligi sababli, personalga qo‘llashning ahamiyatli tomoni shundaki, xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ularning manfaatli bo‘lishini ta‘minlovchi iqtisodiy sharoit yaratilishidir. Bozor iqtisodiyoti ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo‘lib, narx, soliq, kredit va ish haqi vositasida o‘zgarishini qat‘iy tartibga solmay, barqarorlikka erishib bo‘lmaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta‘sir vositalari yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag'batlantirish va h.k.), ya‘ni xo‘jalik faoliyatiga ta'sir etishning har bir jamoa mos xo‘jalik bo‘g'ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta‘minlovchi tadbirlardan iboratdir. Korxonalar, aksioner jamiyatlari, kichik biznesda muhim boshqaruv usullaridan biri biznes-reja bo‘lib, iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko‘zlab, xo‘jalik amaliyotida ob‘ektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o‘zaro uzviy bog'liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja xo‘jalik sub‘ektlari faoliyatining barcha tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, moddiy-texnikaviy ta'minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va h. k.larni qamrab oladi. Boshqarish usullari tizimida iqtisodiy usullar markaziy hisoblanadi. Iqtisodiy usul iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish ob‘ektiga ta‘sir ko‘rsatish ma‘nosini anglatadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling