K6 Bio 6 Uzb indd


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1146446
Bog'liq
pKPzM2Lpy5jRfHiMYhopNYZe2xTxiCPkcobLVKTg



6 – Laborotoriya ishi
 
Mavzu: «Urug‘ning tuzilishi va unib 
chiqishini o‘rganish»
Ishning maqsadi: Bir urug‘pallali va ikki urug‘pallali 
o‘simliklarning tashqi va ichki tuzilishini va unib chiqishini 
o‘rganish.
Kerakli jihozlar: Loviyaning urug‘li dukkagi, ivitilgan loviya, 
quruq va ivitilgan jo‘xori doni, preporoval igna, qo‘l lupasi.
Texnika xavfsizligi: Biologiya xonasida tartibni saqlang va o‘qituvchining barcha 
ko‘rsatmalarini aniq bajaring.
Ishni bajarish tartibi 
1. Quruq va ivitilgan urug‘larni ko‘rib chiqing.
2. Loviya urug‘larining uzunligini, tashqi tuzilishini 
ko‘rib chiqing, shakli va rangini belgilang.
3. Urug‘dagi urug‘ yo‘li va bo‘rtig‘ini toping.
4. Preporoval ignadan foydalanib, ivitilgan urug‘ 
po‘stini olib tashlang.
5. Urug‘ning murtagini toping. Uning tuzilishini 
lupa yordamida o‘rganing. Murtak qismlari: 
boshlang‘ich poya, boshlang‘ich barg, 
boshlang‘ich ildiz va ikkita bargli kurtakchani 
toping.
6. Loviya urug‘ining qaysi qismida oziq zaxira 
moddalar joylashganligini aniqlang.
7. Loviya urug‘ining rasmini chizing va qismlarini 
nomlang.
8. Ivitilgan jo‘xori donining tashqi tuzilishini ko‘rib 
chiqing, uning shakli va rangini belgilang.
9. Donning yuqori va pastki qismlarini aniqlang, urug‘ yo‘li va bo‘rtig‘ini toping. Lupa 
yordamida ularni ko‘rib chiqing.
Video va boshqa 
materiallar
6-sinf 6-Laboratoriya ishi.
1-rasm. Urug‘ning tuzilishi. 
A-Bir urug‘pallali o‘simliklar 
(jo‘xori) va B-Ikki urug‘pallali 
o‘simliklar (loviya): (1-urug‘ 
po‘sti, 2-meva qobig‘i, 3-urug‘ 
yo‘li, 4-bo‘rtiq, 5-murtak, 
6-urug‘palla, 7-boshlang‘ich 
poya, 8-boshlang‘ich 
barg, 9-boshlang‘ich ildiz, 
10-endosperm.)
A
B
10
2
1
6
5
8
7
9
6
7
7
3
8
4
4


10. Preporoval ignadan foydalanib, ivitilgan don 
po‘stini ajratib olishga harakat qiling. Lupa 
yordamida donning ichki tuzilishini o‘rganing.
11. Donning murtagi, oziq zaxira moddalar 
to‘planadigan qismi va urug‘ po‘sti qayerda 
joylashganligini aniqlang. Ularni tasvirlab 
bering.
12. Jo‘xori donining rasmini chizing va uning 
qismlarini nomlang.
13. Infuzoriya rasmini chizing va asosiy qismlarini 
nomlang.
14. Jadvalni to‘ldiring. Mikroskop ostida 
qanday infuzoriya-tufelka organoidlarini 
ko‘rganingizni yozing.
15. Tufelkaning ta’sirlanishini kuzatish. Buyum oynasiga bir tomchi infuzoriyali suyuqlik 
va toza suv tomiziladi. Ikkala tomchi ingichka chiziq orqali birlashtiriladi. Tufelkali 
suyuqlikka tuz zarrachalari qo‘shiladi. Mikroskop ostida tufelkaning toza suv tomonga 
harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.
Xulosa:
Laboratoriya ishi davomida bir urug‘pallali va ikki urug‘pallali o‘simliklarning tashqi va ichki 
tuzilishini va unib chiqishini o‘rgandik. 
Nazorat savollari:
1. Bir urug‘pallali va ikki urug‘pallali o‘simliklar urug‘ining tuzilishi nimasi bilan farq 
qiladi, taqqoslang.
2. O‘simliklar hayotida urug‘lar qanday ahamiyatga ega? O‘ylab ko‘ring va 
daftaringizga yozing.
2-rasm. Loviya urug‘ining 
unib chiqishi (a-urug‘: Ildiz 
bo‘yinchasi; b-ildiz o‘simtasi: 
Urug‘ po‘sti; v-boshlang‘ich 
barg: Birinchi chin barg
g-urug‘palla).
Ildiz
bo‘yinchasi
Urug‘ po‘sti
Birinchi 
chin barg
Bargning 
uchi
6
A B
V
G

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling