6 – Laborotoriya ishi
Mavzu: «Urug‘ning tuzilishi va unib
chiqishini o‘rganish»
Ishning maqsadi: Bir urug‘pallali va ikki urug‘pallali
o‘simliklarning tashqi va ichki tuzilishini va unib chiqishini
o‘rganish.
Kerakli jihozlar: Loviyaning urug‘li dukkagi, ivitilgan loviya,
quruq va ivitilgan jo‘xori doni, preporoval igna, qo‘l lupasi.
Texnika xavfsizligi: Biologiya xonasida tartibni saqlang va o‘qituvchining
barcha
ko‘rsatmalarini aniq bajaring.
Ishni bajarish tartibi
1. Quruq va ivitilgan urug‘larni ko‘rib chiqing.
2. Loviya urug‘larining uzunligini, tashqi
tuzilishini
ko‘rib chiqing, shakli va rangini belgilang.
3. Urug‘dagi urug‘ yo‘li va bo‘rtig‘ini toping.
4. Preporoval ignadan foydalanib, ivitilgan urug‘
po‘stini olib tashlang.
5. Urug‘ning murtagini toping. Uning tuzilishini
lupa yordamida o‘rganing. Murtak qismlari:
boshlang‘ich poya, boshlang‘ich barg,
boshlang‘ich ildiz va
ikkita bargli kurtakchani
toping.
6. Loviya urug‘ining qaysi qismida oziq zaxira
moddalar joylashganligini aniqlang.
7. Loviya urug‘ining rasmini chizing va qismlarini
nomlang.
8. Ivitilgan jo‘xori donining tashqi tuzilishini ko‘rib
chiqing, uning shakli va rangini belgilang.
9. Donning yuqori
va pastki qismlarini aniqlang, urug‘ yo‘li va bo‘rtig‘ini toping. Lupa
yordamida ularni ko‘rib chiqing.
Video va boshqa
materiallar
6-sinf 6-Laboratoriya ishi.
1-rasm. Urug‘ning tuzilishi.
A-Bir urug‘pallali o‘simliklar
(jo‘xori) va B-Ikki urug‘pallali
o‘simliklar (loviya): (1-urug‘
po‘sti, 2-meva qobig‘i, 3-urug‘
yo‘li, 4-bo‘rtiq, 5-murtak,
6-urug‘palla, 7-boshlang‘ich
poya, 8-boshlang‘ich
barg, 9-boshlang‘ich ildiz,
10-endosperm.)
A
B
10
2
1
6
5
8
7
9
6
7
7
3
8
4
4
10. Preporoval ignadan foydalanib, ivitilgan don
po‘stini ajratib olishga harakat qiling. Lupa
yordamida donning ichki tuzilishini o‘rganing.
11.
Donning murtagi, oziq zaxira moddalar
to‘planadigan qismi va urug‘ po‘sti qayerda
joylashganligini aniqlang. Ularni
tasvirlab
bering.
12. Jo‘xori donining rasmini chizing va uning
qismlarini nomlang.
13. Infuzoriya rasmini chizing va asosiy qismlarini
nomlang.
14. Jadvalni to‘ldiring. Mikroskop
ostida
qanday infuzoriya-tufelka organoidlarini
ko‘rganingizni yozing.
15. Tufelkaning ta’sirlanishini kuzatish. Buyum oynasiga bir tomchi infuzoriyali suyuqlik
va toza suv tomiziladi. Ikkala tomchi ingichka chiziq orqali birlashtiriladi. Tufelkali
suyuqlikka tuz zarrachalari qo‘shiladi. Mikroskop ostida tufelkaning
toza suv tomonga
harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.
Xulosa:
Laboratoriya ishi davomida bir urug‘pallali va ikki urug‘pallali o‘simliklarning tashqi va ichki
tuzilishini va unib chiqishini o‘rgandik.
Nazorat savollari:
1. Bir urug‘pallali va ikki urug‘pallali o‘simliklar urug‘ining tuzilishi nimasi bilan farq
qiladi, taqqoslang.
2. O‘simliklar hayotida urug‘lar qanday ahamiyatga ega? O‘ylab ko‘ring va
daftaringizga yozing.
2-rasm. Loviya urug‘ining
unib chiqishi (a-urug‘: Ildiz
bo‘yinchasi; b-ildiz o‘simtasi:
Urug‘ po‘sti; v-boshlang‘ich
barg: Birinchi chin barg;
g-urug‘palla).
Ildiz
bo‘yinchasi
Urug‘ po‘sti
Birinchi
chin barg
Bargning
uchi
6
A B
V
G