Kabel chiqindi va temir-tersaklarini izolyatsiyadan tozalash
Download 24.41 Kb.
|
2-tarbiba ishi(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa nazariy ma’lumotlar
- Ishni bajarish ushun kerakli asbob-uskunalar
- Ishni bajarish tartibi
2- Laboratoriya ishi KABEL CHIQINDI VA TEMIR-TERSAKLARINI IZOLYATSIYADAN TOZALASH Ishdan maqsad: talabalarda turli kabel chiqindi va temir-tersaklarini turli materiallardan tayyorlangan izolyatsiyadan tozalash ko‘nikmasini hosil qilish Qisqa nazariy ma’lumotlar Ishlab-chiqarish amaliyotida to‘k o‘tkazuvchilar va kabel chiqindilarini tozalashni va ajratishni bir necha turlari mavjud: mexanik, kimyoviy, termik, elektrostatik kriogen va boshqalar. Pirometallurgik yo‘l bilan kabel temir-tersak va chiqindilarini qayta ishlash ham keng tarqalgan. Ko‘p tomirli qo‘rg‘oshinli va rezina qoplamali mis, hamda alyuminiy kabellarini izolyatsiyasini olish moslamasi mavjud Bu moslama yoqish va sovutish kameralari bo‘lgan pesh, bug‘ kondensator va radiant truba-gorelkalardan tuzilgan. Kabel temir-tersak va chiqindilarini oksidlantirmasdan qayta ishlash, tabiiy gaz bilan isitiladigan, bevosita kuydirish kamerasida yuz beradi. Kabel, temir-tersak va chiqindilari bilan to‘ldirilgan (5 - 6 t) quti chig‘ir bilan harakatga keltiriladigan, harakatlanuvchi tub (pod)ga qo‘yiladi. Temir-tersak va chiqindili qutini kuydirish kamerasiga jo‘natish ikki yoqlama bajariladi. Qo‘rg‘oshin va bitum qobiqli kabellarni qayta ishlashda, kuydirish kamerasida (2000C haroratda) bitum qobig‘ini erishi va uchuvchan birikmalarni bug‘lanishi, so‘ngra 3500C haroratda qo‘rg‘osinni erishi yuz beradi. Pech qo‘rg‘oshin va bitumni alohida quyadigan chiqarish uskunasi bilan jihozlangan. Termo (issiqlik) qayta ishlash tugallangandan so‘ng, pech suv bilan 2000C haroratgasha sovitiladi. So‘ngra mexanik ajratishga yuboriladi. Rezina qoplamali kabellar 4000C haroratgasha qizdiriladi, so‘ngra 2000C haroratgasha suv bilan sovitiladi va oshiq havoda rezinani o‘zidan-o‘zi yemirilib ketguncha ushlab turiladi. Keyinchalik kabel mexanik qayta ishlashga yuboriladi. Ishni bajarish ushun kerakli asbob-uskunalar
2– rasm. Mufel pechining shemasi: -Mufel pechi; – chinni tigel; – signal lampochkasi; – haroratni boshqarish moslamasi. Ishni bajarish tartibi Aluminiy va mis kabellari alohida ajratib olinadi. Temir kesish qaychisi yordamida kabellar 2–3 sm uzunlikdagi bo‘laklarga kesiladi va cinni idishlarga yig‘iladi. Kesilgan kabellardan 2–30 g namuna texnik tarozda tortiladi. Tortilgan namunalar tigellarga solinadi va qisqich yordamida 450–550 0C qizdirilgan mufel pechiga extiyotkorlik bilan yuklanadi. Kuydirish 40–60 daqiqa havo so‘rish shkafida amalga oshiriladi. Kuydirilgan namunalar pechdan qisqich yordamida olinib asbest bo‘laklar ustida sovitiladi. Sovitilgan namunalarning massasi texnik tarozda tortilib aniqlanadi. Kabel lomidan chiqgan ajratilgan metallning ajratib olish darajasi quydagi tenglama orqali hisoblanadi: bunda: – dastlabki (kuydirilmagan) kabel lomining og‘irligi; – kuyidirishdan keyingi olingan mahsulotning (metall) og ‘irligi. Olingan natijalar quyidagi jadvalga kiritiladi. 2– jadval.
Download 24.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling