Kabilar ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma yetib borishi zarur bo‘lgan joy
Ariza. Arizaning zaruriy qismlari. Arizaning turlari
Download 286.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1Biznes hujjatlarini
4.2. Ariza. Arizaning zaruriy qismlari. Arizaning turlari Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuzilgan. Arizaning zaruriy qismlari 1. Ariza yo‘llangan muassaning yoki mansabdor shaxsning nomi. 2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi. 3. Hujjatning noma (Ariza). 4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat). 5. Arizaga ilova kilinadigan hujjatlar ismi (agar zarur deb topilsa). 6.Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi. 7 .Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy ). Arizadagi zaruriy qismlar barchasida birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganida uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi. Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Yuqorida sanab o‘tilgan zaruriy qisimlarning odatdagi joylashuvi quyidagicha: 53 Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni uylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi xam mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Ishga qabul qilishhaqidagi arizalar. Bunday arizalarda ariza zaruriy kismining barchasidan foydalaniladi. Bu arizalarning aksariyatida ilova qismi bo‘lmaydi, shuningdek, xodimning yashash joyini ko‘rsatishning zaruriyati yo‘q. O‘quv yurtlarga kirish yoki muayyan jamoa tashkilotlariga a’zo bo‘lish arizalari. Ularning barchasiga zaruriy hujjatlar ilova qilinadi va ular bosma ish qog‘oziga to‘ldiriladi. Aholi ish joyida yoziladigan arizalar(uy-joyini kengaytirish, almashtirish va shu kabilar) Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‘lash haqidagi yozma yoki og‘zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi)lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Ariza yo‘llangan muassaning yoki mansabdor shaxsning nomi Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi Hujjatning noma (Ariza). Asosiy matn Download 286.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling