Kabilar ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma yetib borishi zarur bo‘lgan joy


Download 286.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.11.2023
Hajmi286.73 Kb.
#1759886
  1   2   3
Bog'liq
1Biznes hujjatlarini



51 
 
4.1. Ma’lumot – axborot hujjatlari haqida tushuncha 
Pochta jo‘natmalari (xat-xabar, buyum va pul jo‘natmalari bilan va shu 
kabilar) ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma yetib borishi zarur bo‘lgan joy 
(qaerga), uni oluvchi shaxs yoki muassasa (kimga) nomi va jo‘natuvchi haqidagi 
ma’lumotlar (jo‘natuvchi manzili) ko‘rsatiladi. 
Adres(manzilgoh) so‘zi rus tilida faqat jo‘natmalar ustidagi yozuvnigina 
ifodalab qolmay, shaxsning ishlash joyi hamda muassasaning joylashgan joyini
shuningdek biron shaxsni tabriklab yozilgan matnni ham ifodalaydi. SHuning 
uchun o‘zbek tilida bu ma’nolarni farqlash uchun adres so‘zi bilan bir qatorda 
tegishli ravishda turar joy, makon, manzil tabriknoma so‘zlarini qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir. 
Muayyan adreslarga ajratish har bir aloqa bo‘limiga tegishli bo‘lgan shartli 
raqamlar (indekslar) asosida amalga oshiriladi. 
Ana shu raqamlardan dastlabki uchtasi viloyat, ularning poytaxt yoki 
markazlarini, raqamlarning ikkinchi yarmi esa shahar va qishloq aloqa bo‘limlarini 
ifodalaydi. 
Pochta adresi, aloqa vazirligi yo‘riqnomasiga muvofiqquyidagi ko‘rinishda 
bo‘ladi: viloyat va respublika ahamiyatidagi shaharlarga yuborilayotgan pochta 
jo‘natmalarida shartli raqam yozilgandan so‘ng avvalo shahar nomi, keyin xat-
xabarni yetkazib beruvchi aloqa bo‘limi (raqami yoki nomi ) ko‘rsatiladi. Bulardan 
keyin ko‘cha nomi, uy va xonadon raqami va nihoyat oluvchining ismi, ota ismi va 
MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARINING TURLARI VA ULARNI 
TO‘G‘RI TAYYORLASH
1. Ma’lumot-axborot hujjatlari xaqida tushuncha
2. Ariza. Arizaning zaruriy qismlari. Arizaning turlari.


52 
familiyasi yoziladi. Oluvchining nomini yozganda ko‘pincha uning ismi va ota 
ismining bosh harflarini ko‘rsatish kifoya.Xatjildning quyi qismida esa 
jo‘natuvchining adresi bosh kelishikda rasmiylashtiriladi. 
Tashkilotlarga yubroriladigan xat-xabar ko‘rinishidagi hujjatlarga adres 
yozishning ham o‘ziga xos tomonlari bor. Hujjatlar tashkilot yoki uning tarkibidagi 
biron bo‘linma nomiga, shuningdek aniq mansabdor yoki xususiy shaxs nomiga ham 
jo‘natilishi mumkin. Agar hujjatni oluvchi tarkibiy bo‘linmaning nomi jo‘natuvchiga 
ma’lum bo‘lmasa, hujjatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muassasa nomiga yo‘llashi mumkin, u 
erda ish yurituvchilar-kotiba yoki ta’minotchi-hujjat mazmunidan uning kimga, 
qaysi bo‘linmaga yuborilganligini darrov aniqlaydi. 

Download 286.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling