Kabilar ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma yetib borishi zarur bo‘lgan joy
Download 286.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1Biznes hujjatlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Bayonnoma, uning asosiy zaruriy qismlari
(taklif, iltimos, shikoyat). Ilova Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy ). Imzo Ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi 54 Da’vo arizalari muassasalarning boshqa aybdor muassasalar yoki (javobgar) shaxslarda da’vo qilinayotgan mablag‘ yoki biron-bir mol-mulkni majburiy ravishda undirib berishni iltimos qilib sud idoralariga yozma murojaatidir. Ularning zaruriy qismlari: 1. Yo‘llovchining nomi, hujjat tuzilgan vakti va tartib raqami ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr. 2. Sud idorasining nomi. 3. Da’vogarning to‘liq nomi va adresi. 4. Javobgarning to‘liq nomi va adresi. 5. Da’vo summasi. 6. Hujjat nomi (da’vo arizasi). 7. Da’vo arizasining matni (mazmuni). 8. Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar). 4.3. Bayonnoma, uning asosiy zaruriy qismlari Mavzu bayoni - bu turli yig‘ilish, kengash va boshka tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiqholda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o‘rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va uning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish kuruvchi organlar (ilmiy kengash, xay’at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish kuruvchi organlar(konferensiyalar, yig‘ilishlar, komissiyalar) faoliyatlarida albatta, majlis bayoni yozilishi kerak. Majlis bayonini yozishni tashkil etish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Majlis bayonlari turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish kuruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi. Majlis bayonida o‘z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun ma’suliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi. Majlis bayoni yozib olinishiga ko‘ra, qisqa, to‘liq, stenografik, fonografik, konspektiv shakllarda bo‘ladi. Download 286.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling