Kabilar ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma yetib borishi zarur bo‘lgan joy
Download 286.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1Biznes hujjatlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARINING TURLARI VA ULARNI TO‘G‘RI TAYYORLASH 1. Ma’lumot-axborot hujjatlari xaqida tushuncha
51 4.1. Ma’lumot – axborot hujjatlari haqida tushuncha Pochta jo‘natmalari (xat-xabar, buyum va pul jo‘natmalari bilan va shu kabilar) ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma yetib borishi zarur bo‘lgan joy (qaerga), uni oluvchi shaxs yoki muassasa (kimga) nomi va jo‘natuvchi haqidagi ma’lumotlar (jo‘natuvchi manzili) ko‘rsatiladi. Adres(manzilgoh) so‘zi rus tilida faqat jo‘natmalar ustidagi yozuvnigina ifodalab qolmay, shaxsning ishlash joyi hamda muassasaning joylashgan joyini, shuningdek biron shaxsni tabriklab yozilgan matnni ham ifodalaydi. SHuning uchun o‘zbek tilida bu ma’nolarni farqlash uchun adres so‘zi bilan bir qatorda tegishli ravishda turar joy, makon, manzil tabriknoma so‘zlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Muayyan adreslarga ajratish har bir aloqa bo‘limiga tegishli bo‘lgan shartli raqamlar (indekslar) asosida amalga oshiriladi. Ana shu raqamlardan dastlabki uchtasi viloyat, ularning poytaxt yoki markazlarini, raqamlarning ikkinchi yarmi esa shahar va qishloq aloqa bo‘limlarini ifodalaydi. Pochta adresi, aloqa vazirligi yo‘riqnomasiga muvofiqquyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: viloyat va respublika ahamiyatidagi shaharlarga yuborilayotgan pochta jo‘natmalarida shartli raqam yozilgandan so‘ng avvalo shahar nomi, keyin xat- xabarni yetkazib beruvchi aloqa bo‘limi (raqami yoki nomi ) ko‘rsatiladi. Bulardan keyin ko‘cha nomi, uy va xonadon raqami va nihoyat oluvchining ismi, ota ismi va MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARINING TURLARI VA ULARNI TO‘G‘RI TAYYORLASH 1. Ma’lumot-axborot hujjatlari xaqida tushuncha 2. Ariza. Arizaning zaruriy qismlari. Arizaning turlari. 52 familiyasi yoziladi. Oluvchining nomini yozganda ko‘pincha uning ismi va ota ismining bosh harflarini ko‘rsatish kifoya.Xatjildning quyi qismida esa jo‘natuvchining adresi bosh kelishikda rasmiylashtiriladi. Tashkilotlarga yubroriladigan xat-xabar ko‘rinishidagi hujjatlarga adres yozishning ham o‘ziga xos tomonlari bor. Hujjatlar tashkilot yoki uning tarkibidagi biron bo‘linma nomiga, shuningdek aniq mansabdor yoki xususiy shaxs nomiga ham jo‘natilishi mumkin. Agar hujjatni oluvchi tarkibiy bo‘linmaning nomi jo‘natuvchiga ma’lum bo‘lmasa, hujjatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muassasa nomiga yo‘llashi mumkin, u erda ish yurituvchilar-kotiba yoki ta’minotchi-hujjat mazmunidan uning kimga, qaysi bo‘linmaga yuborilganligini darrov aniqlaydi. Download 286.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling