3. Servitut amal qilishini bekor qilish hollari
3.1. Ushbu kelishuv bilan belgilangan servitutning amal qilishi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
|
servitut o‘rnatilishi sababi (maqsadi) tugaganda;
|
manfaatdor shaxs va yer uchastkasining huquq egasi bitta shaxs bo‘lib qolganda;
|
manfaatdor shaxs servitutdan voz kechganda, buning uchun servitut bekor qilinishidan ______kun oldin yer uchastkasi huquq egasiga yozma xabarnoma yuborishi zarur;
|
ketma-ket ____________ yil mobaynida servitutdan foydalanilmaganda;
|
manfaatdor shaxs yer uchastkasidan cheklangan foydalanganlik (servitut) uchun haq to‘lashni rad etgan taqdirda;
|
servitut bitimida belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish.
|
4. Fors-major holatlari
|
4.1. Taraflar bir-birlarini fors-major holatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida ular yuzaga kelgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida xabardor qilishi kerak.
|
4.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, ushbu kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati shunday holatlar va ularning oqibatlari amalda bo‘lgan davrga ko‘chiriladi.
|
5. Yakunlovchi qoidalar
|
5.1. Ushbu kelishuvga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda amalga oshiriladi va shartlashayotgan Taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi.
|
5.2. Ushbu kelishuv bo‘yicha nizolar Taraflar tomonidan muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi, kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmaganda esa — sud orqali hal etiladi.
|
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|