Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.82 Mb.
|
Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 2 Sentyabr 535-son karoriga 1-ILOVA 23-bandiga asosan rad etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
[OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish] [TSZ: 1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga; Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga; Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga; O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga; Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5-ilovaga; (1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son) Oldingi tahrirga qarang. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5a-ilovaga muvofiq; Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5b-ilovaga muvofiq; Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5v-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son) 2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiyalashtirishni va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini ta’minlasin; YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi, shu jumladan ularning faoliyati yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi X.S. Turaxujayev zimmasiga yuklansin. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling