Kadastr syomkasini bajarishdagi geidezik ishlar tartbi va ularga bo'lgan talablar
Download 1.34 Mb.
|
KADASTR SYOMKASINI BAJARISHDAGI GEIDEZIK ISHLAR TARTBI VA ULARGA BO\'LGAN TALABLAR
KADASTR SYOMKASINI BAJARISHDAGI GEIDEZIK ISHLAR TARTBI VA ULARGA BO'LGAN TALABLARReja: 1.Yer uchastkasi kadastr syomkasiga bo’lgan talablar 2.Kadastr syomkasi ishtari qiymatlarini baholash 3.Kadastr syomkasi materiallarini rasmiylashtirish Kadastr ro‘yxatida olinadigan va baholashi shart bo‘lgan ko'chmas mulk va uning elementlari yer uchastkasining kadastr syomkasi obyekti bo‘lib hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Yer uchastlosini kadastr planini tuzishda yer uchastka chegaralarini aniq kartografiya planiga tushirish va tiklash muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chegaralarni aniq nuqtalar bilan belgilash yuridik tomonidan tasdiqlangan haqiqiy hujjat asosida amalga oshiriladi. Yer uchastkasi chegarasi qizil rangli chiziq bilan belgilanadi, Oid tomondan kvartal qizil chizig‘i, orqa tomondan yer uchastka chegara ajrimi bilan, ya’ni (APZ) arxitelctura plani yoki huquqiy hujjatlar asosida aniqlangan. Ko‘p davr mobaynida chegaralangan joylar kelishuvga asosan o‘z o'm ini yo‘qotmaydi. Bino fasad (old) tomonidagi chegara chizig‘i kvartal qizil chizig‘i bilan cheklanadi. Chiziqning to‘g‘ri tortilishiga kadastr xizmati zimmasiga yuklanadi, agar yer ajrimi (otvodi) shahar tomonidan shaxsan topshirilgan bo‘lsa, boshqa hollarda kvartal qizil chizig‘i yer uchastka kadastr planiga hudud arxitektura xizmati tomonidan tushiriladi. Agar loyiha ishlab chiqilmagan yoki tasdiqlanmagan bo‘lsa, shaharnmg shu qismi qurilish chizig'i joyida amiqlanadi, bu holda, qurilish kvartal chizig‘idan ikki juft doimiy kontur nuqtalar olinadi va koordinatalari aniqlanadi. O’rnatilgan qurilish chiziq aniqligi sharti 0,25 metrdan oshmasligi kerak. Bu holda hudud arxitektorlari bino qurilish chegaralarini burilish nuqta koordinatalarini tasdiqlab berishlari talab qilinadi. Yer uchastkasi chegarasini qayta belgilashda kadastr ishlarning oldingi m a’lumotlaridan foydalaniladi. Bu holda burilish nuqtalarning koordinatalari qayta ko‘rib chiqiladi, ushbu m a’lumotlar bajarilgan ishlarni sifatmi baholashda ishlatiladi. Agar nuqtalar koordinatasi chekli xatolikdan ikki barobar farq qilsa u holda analiz qilinib qayta ishlab chiqishga topshiriladi. Alohida joylashgan bino va inshootlar yer uchastkasi maydoniga xizmat qilish zonalari, yer uchastka chegarasini belgilashda hisobga olinadi. Yer uchastka chegarasi kartografik asosga quyidagicha kiritiladi: - kadastr materiallariga asoslanib; Oldingi chegara texnik hujjatlarga to‘g‘ri bol’ib o‘zgarmagan bolsa, kartografik asosga ko‘chiriladi. Joylarda foydalanadigan yer uchastka planiari, nuqtalar koordinatasi, belgilar yo‘qoigan b oisa, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastka atrofidagi qo‘shnilar va yerdan foydalanuvchilar surishtirilib chegaralar qayta tiklanadi. Bu holda, yer uchastkasidan foydalanuvchilar ham qatnashishlari kerak. Ishtirokchilarga oldindan xabar yetkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xabarnomaga imzo qo‘ydirilib topshiriladi. Xabarnoma ikki nusxada boiib, biri qatnashuvchi -ishtirokchiga, ikkinchisi yer uchastka syomkasi texnik hisobotnomasiga tikiladi. Yer uchastkasini chegara chizig‘ o‘matilgan va kelishilgandan keyin xarakterli joylarga namunaviy belgilar yordamida belgilar qo‘yiladi. Yer uchastkasi burilish nuqtalariga qoziq belgilar o‘rnatiladi. Amalga oshirilgan va kelishilgan chegaralarga dalolatnoma tuzilib, imzo qo‘yilib tasdiqlanadi.
E’tiboringiz uchun rahmat! Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling