Kadirova diloromxon baxtiyor qizi


I-BOB 1.1 Metod tushunchasi. Metod va uning turlari


Download 369.49 Kb.
bet2/12
Sana21.06.2023
Hajmi369.49 Kb.
#1639209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Diloromga 2

I-BOB

1.1 Metod tushunchasi. Metod va uning turlari.




Ta'lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. «Metod» so'zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li» kabi ma'nolarni anglatadi.
O’qitishning didaktik usullari va ularni o’rni bilan yangilab borish o’qituvchilar oldiga yosh avlodni kamol toptirishdek muxim vazifani qo’yadi.
O’qitish usullari ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi, ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan yo’llarni o’z ichiga oladi.
Ta'lim tizimida o’quvchilarga bilim berishning eng qulay imkoniyatlariga asoslangan xolda o’qitish usullarini quyidagi turlarga bo’lamiz.
1.O’qitishning og’zaki usullari.
2.O’qitishning ko’rgazmali usullari.
3.O’qitishning amaliy usullari.
4.O’qitishning muammoli – izlanish va reproduktiv usuli.
5.O’qitishning induktiv va deduktiv usuli.
6.Mustaqil ish usullari.
7.O’quvchilarning o’quv faoliyatlarini rag’batlantirish va asoslash usuli.
8.O’qitishda nazorat va o’z–o’zini nazorat qilish usuli.
9.Kitob bilan ishlash usuli.
Muammoli vaziyat yaratish usullari deganda o’quv materialini o’quvchilar ongida ilmiy izlanishiga o’xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan qilib o’rganish tushuniladi. Ishning mohiyati o’qituvchi bu vazifalarga muammolik xarakterini qanchalik bera olishidadir. Vazifa quyidagi talablarni qondira oladigan bo’lsagina shu masalaning tub mohiyati bilish muammosiga aylanishi mumkin:
1.O’quvchilar uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya'ni o’rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish.
2.O’quvchilarda bilishga qiziqish uyg’otish.
3.Taxlil jarayonida o’quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish.
Namoyish metodi o'rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qoi keladi va ayni chog'da predmetning tashqi ko'rinishi va ichki tuzilishi haqida toiaqonli ma'lumot berishda keng qoilaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko'rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o'zaro munosabatlari)ga e'tibor qaratiladi, so'ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o'rganishga o'tiladi.
Tasvir (illvustratsiva) metodi namoyish metodiga chambarchas bog'liq bo'lsada, didaktikada alohida o'rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko'rinishlari — chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko'rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o'zaro bog'liqlikda bir-birini to'ldirgan holda qo'llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o'quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur boisa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o'rtasidagi bog'lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni. Qayd etib o'tilganidek, ta'lim metodlari tizimida og'zaki bayon qilish metodlari muhim o'rin tutadi. qobiliyatini rivojlantirish bilan bog'liqdir. Shuningdek, og'zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o'rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya — o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga boiib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko'p jihatdan o'qituvchining nuqt mahorati, so'zlarni o'z o'rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o'quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog'liq. Shu bois hikoya mazmuni o'quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amaiga oshiriiadi. O'qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg'u berishga e'tiborni qaratadi. Hikoya qisqa (5—10 daqiqa), shu bilan birga o'quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg'otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta'lim metodlari (xususan, namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro'y berishi mumkin.
Suhbat — savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi boiib, u fanga qadimdan ma'lum, xatto undan o'z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta'lim jarayonida ko'p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o'quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o'qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Amaliy ishlar metodlari o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko'nikina va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
2- O’quvchilarning mustakil ukishlarini faoolashtirish maqsadida seminar darslari o’tkazish mumkin. Bunday darsning muxim talabi xuddi o’qituvchidagidek butun sinf o’quvchilarining xam yukori darajali tayyorgarligidir. Bundan tashkari munozara darslari laboratoriya tipdagi darslar, amaliy mashgulotlar, konferentsiya darslari xam mavjud bulib, ular o’quvchilarning akliy faoliyatlarini yanada oshishiga bilimlarning chukurlashishisha va mustaxkamlanishiga yordam beradi.
Yangi materiallarni urganishi - bu butun ta’lim jarayonining asosi xisoblanadi, kolganlari yangi mavzuni urganishga buysinish, (mustaxkamlash, sestemalashtirish, nazorat), yoki uzviy boglik bulishi mumkin. (uyga vazifa, ta’lim jarayonida tarbiyalash). SHuning uchun yangi mavzuni o’qitish o’qituvchidan aloxida tayyorgarlikni talab kilidi.
Yangi mavzuni gapirishdan oldin o’quvchilarni uni yaxshi kabul kilishga tayyorlash kerak. Bunday tayyorgarlikdan maksad O’quvchilardan yangi bilimlarni egallashga xoxish va intilishni xosil kilishdir. Tajribali o’qituvchi bunga erishish uchun, yangi mavzuni urganishda darsning mavzusi, maksadi va rejasi to’g’risida axborot berish bilan boshlaydi.
Ko’rgazmalilik vositalaridan, o’quvchilarning shaxsiy tajribalari, turli uyin shakllaridan, yangi mavzuning utilganlari bilan alokadorligini aniklash, shuningdek avvalurganilganlarini takrorlash vositalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
O’quvchilarni yangi darsga kiziktirishda o’qituvchining darsni kanchalik kizikarli utish, uning fikrlari kanchalik anik va tugri ekanligi, darsda uzini tutish, O’quvchilarga yaxshi munosabati muxim axamiyat kasb etadi.
O’quvchilar yangi mavzuni kabul kilishga tayyorlanganlaridan keiyn, ukutuvchi uni o’quvchilarga urgatishga kirishadi. Endi o’qituvchining vazifasi- sinfni yangi materiallarni uzlashtirishga moslashtirish. Uni urgatishdan oldin o’qituchi o’quvchilarga rejani tanishtiradi.
Yangi mavzuni o’zlashtirishning yukori sifatida bo’lishiga kurgazmalilik vositalari yordam beradi, lekin ular maksadga muvofik tarzda foydalanishi kerak. O’qituvchi o’quvchiga o’rgatilishi kerak bo’lgan narsani sxemada, diagrammada, tablitsada kura olishga yordam berishi kerak.
Mavzuni yaxshi tushunishiga erishish uchun ish daftarlariga zarur narsalarni yozish zarurdir. Birinchilan bu, axborotlarni saklashning muxim shakllaridan biri, ikkinchidan- yozayotgan o’quvchi o’rganayotgan mavzuni yaxshirok eslab koladi va tushunadi.
Yangi mavzuni tushuntirayotganda o’qituvchi uning tarixiy manbalarini ko’rsatib berish kerak, bu esa o’quvchining dunyokarashini nafakat boyitadi balki uni shakllantiradi xam.
Yangi mavzuni o’rganishning navbatdagi boskichi-uning o’quvchi ega bulgan bilimlari bilan alokasini tushuntirish, shuningdekurganilayotgan davlat-huquqiy xodisalarni aloxida elimentlari urtasidagi alokalarni yetkazib berish. Bunda yana urganilayotgan davlat huquqiy xolatlarini avval urganilganlari bilan takkoslashdan foydalanish mumkin, yangi va avval egallagan bilimlarining bogliklik sababalari ochib beradigan savol javoblarni utkazish mumkin.
Utilayotgan mavzuning mustaxkamlash. Ta’limning samarasi ko’p jixatdan bilimlarning mustaxkamlashning to’gri tashkil etilgani bilan boglik, mustaxkamlash esa xotirada saklanishni ta’minlaydi.
Urganilgan mavzuni mustaxkamlashning samarali usuli bu- takrorlash. U kursning aloxida kismlarini bir-biriga boglashga, bilimlarni bir sestemaga tushurishga yordam beradi. Takrorlash darslari yanada kizikarli bulishi uchun uni metodik jixatdan xar xil bulishini ta’minlash kerak. Misol uchun, savollarni mavzuni dastlabki urganilgan paytdagidek boshkacharok kilib kuyish, yangi misollar keltirish va yangi vazifalar berish.
Takrorlash kundalik, umumlashtiruvchi va yakunlovchi bulishi mumkin. Kundalik takrorlash avvalo urganilganmavzu buyicha bilim va kunikmalarni mustaxkamlash bilan birga, yangi va avvalurganilganlar urtasida bogliklikni ta’minlaydi. Takrorlashning bu turida avval urganilganlarga doimiy murojat kilinadi, uning xotirada yaxshi saklanishini va mustaxkamlashni ta’minlaydi.
Umumlashtiruvchi takrorlash muxim axamiyatga ega bulib, uning asosiy vazifasi urganilgan bob yoki bulimni yakunlashdan iborat.
Yakunlovchi takrorlash esa butun programmani urganib bulgandan keyin utkaziladi.
Umumlashtirish va tizimlashtirish. Bilimni chukurlashtirish va tartibga solish, ularning tushunilishi va yodda saklashining samarali vositasi umumlashtirish va tizimlashtirish. Umumlashtirish deganda xodisa va ob’ektlar gruppasiga xos bulgan kandaydir sifatlarning ajralishi tushuniladi. Umumlashtirishda konunlar, nazariyalar va g’oyalar shakllanadi.
Umumiy printsplar ajratilish asosida bilimlarda tizimning yuzaga kelish jarayoni tizimlashtirish deb nomlanadi. Huquqiy xodisalar to’g’risidagi bilimlarni tizimalashtirilishiga misol kilib huquq tarmoklarining, davlat xokimiyati organlarining, sud organlarining tizimalashtirilishini kursatish mumkin.
Umumlashtirish va tizimlashtirish darsda egallagan bilimlarni yangi darajaga ko’tarishga yordam beradi, mavzularni yaxshi yodda saklashini ta’minlaydi va bilimlarni amaliy jixatdan ko’llanishini yengillashtiradi. Umumlashtirish urganilayotgan fanning aloxida faktlari, konunlarigina emas, balki ular urtasidagi strukturaviy alokalarni, umumiy konun me’yorlarini tushunishiga yordam beradi.
Umumlashtirish va tizimlashtirishda takkoslash muxim urin tutadi, chunki u xar bir xodisaning umumiy va xarakterli xususiyatlarini aniklashga,ularni ajratib turishini va boglab turganini bilishga imkon yaratadi.
Bilimlarni nazorat kilish va baxolash. O’quvchilar bilimni nazorat kilish mavzuni chukurrok va anikrok uzlashtirishni ta’linlaydi. Nazorat kilishning bosh vazifasi- o’quvchilarning o’quv mavzularni o’zlashtiriganini va uning tizimlashtirilganini, o’rganganlarini takrorlash va mustaxkamlashni tekshirish, o’quvchilarni (takrorlash) tizimlash ishlashga va ijodiy faoliyatga o’rganish, ularda uzlashtirilgan bilimlarning sifati uchun javobgarlik xissini rivojlantirish va xakozo.
Tekshirishning ob’ektlari: faktik mavzu to’g’risidagi bilim: yangi bilim va kunikmalarni mustakil o’rganilishi; ularni yangi xayotiy vaziyatlarda kullash. Tekshirish o’quvchilar nutkining rivojlanishi uchun xam muxim.
Nazoratning asosiy printsplari bu mukamalik, serkirralik va ob’ektivlik, shunidek o’quvchilarga ta’limiy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy ta’sirini ta’minlash. Mukammalik va serkiralik nazoratga o’quv materiallarining barcha asosiy elementlarini kiritilish, fakatgina bilimlarningina emas, balki dunyokarashlar, goyalarning uzlashtirilishini xam tekshirishlarini uz ichiga olish bilan ta’minlanadi.
Nazoratning ob’ektivligi bilim va ko’nikmalarni odilona baxolash bilan ta’minlanadi. Nazoratning ta’limiy ta’siri butun sinf o’quvchilarining o’rtoklari javoblarini tinglashlari, tuzatishlari va tuldirishlari orkali ta’minlanadi. Nazoratning tarbiyaviy ta’siri o’quvchilarja javobgarlik, burch, ma’suliyat, tartiblilik xislarining shakllanishiga ta’sir eta olish bilan yuzga keladi, rivojlantiruvchi ta’sir esa e’tibor, xotira, uzini uzi nazorat kilish kabilarning shakllanishi bilan yuzaga keladi. O’quvchilarning bilimini nazorat kilishning ikki asosiy usuli mavjud bular: og’zaki nazorat va yozma nazorat.
Og’zaki nazorat- individual yoki frontal surov yuli bilan amalga oshiriladi. Individual surovning vazifasi o’quvchilarning utilgan material yuzasidan bilimlarni uzlashtirish darajasini, kunikma vamalakalarini aniklash.
Frontal surovda mantikiy rivojlatiruvchi savollarni kuyish orkali utilgan mavzuni uzlashtirish darajasini yoki yangisini uzlashtirishga tayyorgarligini tekshiriladi.
Og’zaki so'rov, agar u to'gri tashkil etilsa, katta imkiniyatlarga ega.
Og’zaki so'rov- bu o’qituvchi va o’quvchi urtasidagi diolog emas, balki butun sinf O’quvchilari katnashadigan faol jarayondir. Lekin og’zaki surovga faol xarakatda bulish uchun sinfni urtoklarini e’tibor bilan tinglashga, javoblardagi xatoni topishga, uni tuldirishga uz fikrini ayta olishga, uzining javobi variantini aytishga urgatish zarur.
Yozma nazoratga biror bulim yoki mavzu programmasini urganib bulgandan keyin yoziladigan nazorat ishi kiradi. Nazorat ishida xama uchun bir xil ogirlikdagi vazifalar berilishi kerak.
Nazorat ishi test yoki programmalashtirilgan bulishi kerak.
O’quvchilar bilimini nazorat kilishda mustakil ish muxim axamiyatga ega, unda maksadga erishiladi.: o’quvchilar o’zlarining bilim va kunikmalari darajasini aniklashga va o’z bilimlarini kullay olish kunikmalarini yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Bilim, malaka, ijodiy ishlar tajribasi og’zaki va grafik ishlar uchun kuyilgan baxolar bilan baxolanadi. Baxolashda bilim va kunikmalarni xajmi va sifati, javoblarning to’g’riligi va to’likligi, yul kuyilgan xatolar soni, ular o’quvchilar tomonidan tugrilanishi, bu xatolarning kupol yoki axamiyatsiz ekanligi xisobga olinishi kerak.
Baxoni O’quvchiga uzini yomon tutganligin va yomon xalki, fikrlarning notugriligi, vazifani notugri bajarganligi uchun jazolash maksadida kuyilish aslo mumkin.

Download 369.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling