Kadirova diloromxon baxtiyor qizi


Download 369.49 Kb.
bet1/12
Sana21.06.2023
Hajmi369.49 Kb.
#1639209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Diloromga 2



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA‘LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
KADIROVA DILOROMXON BAXTIYOR QIZI

KURS ISHI

Mavzu: Metod tushunchasi. Ularning turlari va tasnifi. O'quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog'liqlik.


Rahbar: _________________
Andijon-2023
Kirish
Tarbiya va rivojlanishning o’zaro bog`liqligi to’g`risidagi muammo qator tadqiqotchilar, jumladan A.I.Leontьev., L.V.Zankov, CH.S.Kostyuk va boshqalar izlanishlarining asosiy mavzusi hisoblanadi.
Biologik jihatdan rivojlanish nerv faoliyati bilan insonni o’rab turgan borliqning o’zaro ta`siri natijasidir. Miya va butun nerv sistemasi bizni o’rab turgan muhitning uzluksiz ta`sirida rivojlanib boradi.
Lekin ularning rivojlanishida tarbiya to’laligicha hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Psixik rivojlanish nerv sistemasining rnvojlanishi bilan mustahkam bog`liq. Ayniqsa, katta miya yarim sharlari tarbiya jarayonida rivojlanadi va xatto rivoji tezlashadi.
I.P.Pavlovning fikricha: “Inson va hayvonning xatti-harakati faqat nerv sistemasining tug`ma xususiyatlari bilangina chegaralanmaydi, balki organizmning ayrim yashash davrida unga ko’rsatilgan va doimo ko’rsatib turiladigan ta`sir bilan ham belgilanadi, ya`ni keng ma`noda aytganda, inson va hayvonning xatti-harakati doimiy tarbiyaga va o’rgatishga bog`liq” (II.T. 269-bet).
Agar tarbiya va ta’lim bolaning ichki rivojlanish qonuniyatlariga mos bo’lsa, tarbiya ko’zlangan maqsadga erishadi. O’sayotgan inson doimiy murakkablashib borayotgan talablar ta`sirida rivojlanadi. Bu bilan bola tarbiyaviy ta`sirni shundayligicha qabul qilmaydi, balki o’zida uni qayta ishlaydi.
Tarbiya bilan rivojlanish o’rtasidagi bog`liqlik, ayniqsa, ta’lim jarayonida yanada yaqqol ko’zga tashlanadi.
Ayniqsa, bu o’rinda rus tadqiqotchisi L.S.Vigotskiy ta’limoti e’tiborga loyiqdir. Uning konsepsiyasiga ko’ra, bolaning aqliy rivojlanishida ikkita bosqich katta o’rinni egallaydi.Didaktik materialning xususiyatlari maqsadlarga, talabalarning xususiyatlariga va o‘qish sharoitlariga, shuningdek, infratuzilmalar va texnologiyalarga kirish imkoniyatlariga qarab farq qilishi mumkin. O‘rgatuvchi didaktik vositalar bizga tanish, hayotimizda uchraydi-gan, xatto biz foydalanib yurgan vositalar bo‘lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ―Yana bir muammoni hal etish o’ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va professor-o’qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta‘lim olish, ma‘naviy ma‘rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur – deb aytgan fikrlari ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasida ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, hamda uni rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida katta e‘tibor berib kelinmoqda. Hozirgi kunda uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi har qanday davlatni zamon talablariga hamohang ravishda innovatsion rivojlanishida hal qiluvchi va muhim omilga aylanganligi hammaga ma‘lum. Hozirgi kundagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko’p sonli tarmoqlariga, balki madaniy, ijtimoiygumanitar bilimlar, ta‘lim sohasiga ham innovatsion texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ma‘lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash ta‘kidlanib, uzluksiz ta‘lim sifatini oshirish va takomillashtirishning bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilangan edi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ta‘lim tizimiga yo’naltirilayotgan katta hajmdagi investitsiyalar O’zbekistonning eng ilg’or mamlakatlar qatoridan joy olishiga zamin yaratmoqda. Bugungi kunda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
“Harakatlar strategiyasi”ning “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan 5 ta yo’nalishining “Ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish” bandida shunday deyilgan:
- uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
- ta‘lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli choratadbirlarni ko‘rish; Oliy ta‘lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar sifatini tubdan yaxshilash zarur. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o’rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta‘minlamoqda. Uzluksiz ta‘lim tizimida oliy ta‘lim alohida o’rin egallaydi. Oliy ta‘lim muassasalari talabalari kasbiy tayyorgarligi sifatini ta‘minlashda ularni innovatsion ta‘lim texnologiyalari, o’qitishning yangi metod va vositalari, kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyat mohiyati bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” o’quv fani bo’lajak kadrlarni zamonaviy talablar asosida o’qitish metodikasi faoliyatni loyihalashtirish, tashkil etishning nazariy va didaktik asoslari bo’yicha ko’nikma-malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan.

Download 369.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling