4.12. TA’LIM SOHASIDA IJTIMOIY KAFOLATLARNI TA’MINLASH HAMDA BU
SOHANI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH
Pedagogik faoliyatning obro‘-e’tiborini va ijtimoiy maqomini oshirish yuzasidan davlat
siyosati ro‘yobga chiqariladi. Ta’lim oluvchilarning va pedagoglarning o‘qishi, sog‘ligi va dam
olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash organlari bolalar hamda o‘quvchi yoshlarning
sog‘ligini saqlash va mustahkamlash uchun zarur choralarni ko‘radilar. o‘quv-tarbiya
jarayonining sog‘lomlashtirishga qaratilgan yo‘nalishini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush
tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar ta’minlanadi. Ta’lim oluvchilarning tibbiy-gigiyena
madaniyatini oshirish, ularning jismoniy tarbiya va sport bobidagi faolligini kuchaytirish hamda
jismoniy kamolot darajasini oshirish uchun tashkiliy-uslubiy yondashuvlar takomillashtiriladi.
Sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi.
4.13. FAN BILAN TA’LIM JARAYONI ALOQALARINI RIVOJLANTIRISH
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg‘or amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi, ta’lim
sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish va ta’minlash maqsadida
pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish
faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning ta’lim jarayonidagi
ishtiroki rag‘batlantiriladi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi ta’minlanadi.
Yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |