Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash


Download 39.9 Kb.
bet4/9
Sana16.04.2023
Hajmi39.9 Kb.
#1360722
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

Kadrlar attestatsiyasi – bu xodimlarning malakasini bilim va ko‘nikmalarining darajasini, faoliyatining samaradorligini, ishdagi, xizmatdagi va boshqa sohalardagi fazilatlari, egallab turgan lavozimiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini aniqlab olish bo‘yicha bajariladigan jarayon va ish tartibidir.
Attestatsiya ishining ahamiyati nimadan iborat?
Kadrlar attestatsiyasi xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash, ularni oqilona joy-joyiga qo‘yish, xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarligini kuchaytirishga qaratiladi. Attestatsiya xodimlarni egallab turgan lavozimlariga qanchalik munosib ekanligini aniqlashning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. Kadrlar attestatsiyasi vaqti-vaqti bilan har yili yoki ikki-uch yilda bir marta ham o‘tkazilishi mumkin. Respublikada bozor iqtisodiyoti davrida kadrlar tayyorlash borasida bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat:
- ijtimoiy-psixologik diagnostika;
- kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash;
- bandlikni boshqarish;
- zaruriy bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash; - kadrlar salohiyati va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil etish;
- kadrlar marketingini belgilash;
- xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish;
- xodimlarning kasbiy va psixologik moslashuvi, ko‘nikishi;
- mehnat-huquqiy munosabatlar masalalari;
- mehnat etikasi va estetikasi.
Agar ma’muriy – buyruqbozlik tizimi sharoitida bu mezon va vazifalarga ikkinchi darajali deb qaralgan bo‘lsa, bozor munosabatlari sharoitida ular birinchi o‘ringa chiqarildi. Bu mezon va vazifalarga e’tibor berish sanoat taraqqiyotining barqaror va izchil rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Boshqaruvning barcha darajalarida inson rolining ortib borishi, iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda keng qamrovli tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi va raqobat darajasining o‘sishi kadrlarning boshqarishga yondoshuvini o‘zgartirishni taqozo etadi. Bunday yondoshuvlar quyidagilardan iborat:
- xodimlarning samarali ishlashlarini, faoliyat ko‘rsatishlarini tashkil etish;
- lavozimlar darajasini optimallashtirish, zaruriy mahorat va malakalar tizimini yaratish;
- ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;
- institutsional maqsadlarga erishish;
- o‘z jamoa va o‘z xodimlarining manfaat va ehtiyojlarini to‘laroq qondirish.

Download 39.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling