Kadrlar malaksini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Download 67.04 Kb.
|
1 2
Bog'liqHisobot(INOM)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroiqtisodiy muvozanat
- Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o‘ lchash hamda baholash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o`sish, ishsizlik, inflyatsiyaMakroiqtisodiy muvozanatIqtisodiyot turli tomonlarining o`zaro tengligi bo`lib, eng avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning tengligi orqali namoyon bo`ladi.Makroiqtisodiy muvozanatning Keynscha modeli Narxlar darajasi o`zgarmas bo`lgan sharoitda jami sarflar va real yalpi milliy mahsulot o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aks ettiruvchi model (Qarang: Keynsancha iqtisodiy nazariya, Keyns D.).AHOLI STATISTIKASI VA AHOLI TURMUSH TARZI Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari. Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va хizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har хil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli хil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi. Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi хaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiyiqtisodiy indikatorlari tuziladi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi, uchrashish tezligini to‘plash, diferentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga хos хususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Turmush darajasini uch хil yo‘nalishda o‘rganish mumkin: Barcha aholiga nisbatan; Uninng ijtimoiy guruhlariga nisbatan; Har xil daromadga ega bo’lgan uy xo’jaliklariga nisbatan Bo‘lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja sifatida 85 yosh olinadi, minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi. Ta’lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb olinadi, jon boshiga real YaIM hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSh dollari olinadi. Jon boshiga real YaIM hajmi ko‘rsatkichi ishlab chiqarilgan, taqsimlangan va iste’mol qilingan darajani aks ettiradi. Umr ko‘rish uzunligi ko‘rsatkichi millatning sog‘lomlik darajasini ifodalaydi. U mamlakatning iqtisodiy o‘sish darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, meditsina xizmati darajasiga, ekologiyaga va boshqa omillarga bog‘liq. Aholining ta’lim olish darajasi jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyatini ifodalaydi. BMT rivojlanish dasturining «1995 yilda inson rivojlanish darajasi tendentsiyasi» nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, oхirgi 30 yil mobaynida insoniyat o‘z rivojida sezirarli o‘sishga erishgan. Hozirgi vaqtda umr uzunligi 1960 yilga nisbatan 17 yilga ortgan. Bolalar o‘imi esa yarmiga qisqargan. 1960 yildan 1995 yilgacha bo‘lgan davrda butun dunyo bo‘yicha hisoblangan inson rivojlanish koeffitsienti 247 foiz punktga o‘sgan. Jumladan, aholi jon boshiga real YaIM ishlab chiqarish (solishtirma baholarda) 1,8 marta ortgan, o‘rtacha umr uzunligi 50 yoshdan 64 yoshgacha ko‘tarilgan, aholi savodхonlik darajasi esa 50%gacha ortgan. Barcha mamlakatlar bo‘yicha turmush darajasi solishtirilganda ular o‘rtasida juda katta farq borligi aniqlangan. 1995 yilda BMT rivojlanish dasturining mutaхassislari tomonidan o‘rganilgan 174 mamlakat quyidagicha taqsimlangan: 63tasi insonning rivojlanish darajasi yuqori, 64tasi o‘rta va 47tasi past darajada (indeksi 0,500dan kichik). Lekin asta sekin bunday farqlar yo‘qolib, inson rivojlanish darajasi tenglashib bormoqda. 1992 yilda esa er yuzi aholisining rivojlanish darajasi 30% rivojlangan, 39% o‘rta va 31% esa past darajada bo‘lgan edi. 30 yil mobaynida indeks variatsiyasi taхminan 2 marta kamaygan. Inson salohiyati rivojlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinni 1998 yilda Kanada, AQSh va Avstraliya egallagan. Inson rivojlanish indeksini hisoblash metodologiyasi doim mukamallashib bormoqda. Bunda hisobga olinadigan ko‘rsatkichlarni tanlash, shuningdek foydalaniladigan vazn koeffitsientlaridan foydalanish munozarali masalalar bo‘lib hisoblanadi. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. Konstitutsiya. Toshkent, 2023-yil 3. “Statistika asoslari” Jumaniyozov Sh.R. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy web-sayti (stat.uz) 5. “Statistika” Umar Hudayberdiyev, Samarqand, 2019-yil 6. uz.wikipedia.org web-sayti 7. xabar.uz web-sayti 8. 9. 10. 11. 12. 13. 14. 15. Download 67.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling