Kadrlar tayyorlash jarayonida mutaxassislarni nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish kasbga yo‘naltirishdagi muhim bo‘g‘in hisoblanadi


PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 2.67 Mb.
bet2/22
Sana20.06.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1634581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2-kurs 4 2 Malakaviy amaliyot kundaligi 2022

PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Talaba malakaviy pedagogik amaliyoti davomida quyidagi ishlarni amalga oshirishi kerak:

  • Oliy o'quv yurtida pedagogik amaliyot boshlanishiga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etish;

  • Pedagogik amaliyot o'tkaziladigan talim muassasasi ma’muriyati va pedagogik jamoasi bilan umumiy tanishish. Ta’lim muassasasi rahbarlari bilan o'tkaziladigan suhbatlarda ishtirok etish;

  • Ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalari bilan tanishish, unga bo'ysunish va o'quvchilar tomonidan amal qilishga pedagogik jamoaga yaqindan yordam berish;

  • Ta’lim muassasining o'quv binosi moddiy texnik bazasi, fan kabinetlari, kutubxona fondi bilan tanishish;

  • Ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim, tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar mazmuni bilan tanishish fan o'qituvchilarining olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatish, ularni tahlil qilish, fikr- mulohazalarini amaliyot daftariga qayd etish;

  • O'quv fanlari bo'yicha dars jadvali, o'quv yili uchun tuzilgan taqvim reja, DTS dasturlarini o'rganish va o'tkazilgan darslar mavzusini aniqlash o'zaro darslarni kuzatish hamda muhokamasida ishtirok etish;

  • O'quv fanlari bo'yicha darslar, darsdan tashqari ishlar, sayr-sayyohatlar mavzularini qayd etish;

  • Ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil etishning o'ziga xos xususiyatlarini o’rganish, iqtidorli o'quvchilarni aniqlash ular bilan olib boriladigan mashg’ulotlar mazmunini va o'tkazish tartibi hamda shaxsga individual yondashish yo'llarini o'rganish;

  • Pedagogik amaliyot davomida talabalar tomonidan o'tkaziladigan darslar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuzatish tahlil qilish, ularni muhokamada ishtirok etish, fikr va mulohazalami amaliyot daftariga qayd etish.

  • Ta’lim muassasasi tomonidan o'quvchilarni ota-onalar, mahalla, sogTom avlod uchun, jamoa va nodavlat tashkilotlari ishlar mazmuni bilan tanishish, ota-onalar majlislarida faol ishtirok etish.

  • O’quv fanlari uyushmalari va ta’lim muassasasining pedagogik kengashlarida ishtirok etish mazkur yo'nalish bo'yicha olib boriladigan tadbirlaming mazmuni bilan tanishish.

  • Malakaviy pedagogik amaliyot bo'yicha yuritilayotgan malakaviy pedagogik amaliyot kundaligi, malakaviy amaliyotni o’tganligi kabi hisobot malakaviy to’g‘risidagi asosiy hujjat hisoblanadi.

  • Talaba amaliyot davrida har kuni amaliyot dasturidagi vazifalarini bajarishi to'g'risidagi qisqa va aniq maTumotlarni kundalikka yozib quyish.

  • Talaba har haftada bit bora yuritiladigan amaliyot kundaligi kamchiliklarini tuzatgan holda va qo'shimcha topshiriqlar rahbariga taqdim etadi.

  • Talaba malakaviy amaliyot kundaligiga maktab ma’muriyati haqidagi umumiy maTumotlarni yozib qo'yadi.

  • Talabaga berkitilgan sinf haqidagi umumiy maTumotlarni kundalikka yozib qo'yadi.

AMALIYOTCHI TALABALARNING HUQUQ VA BURCHLARI
Amaliyotchi talabalar amaliyot dasturida belgilangan barcha turdagi ishlarni o'z vaqtida bajarishi, o'quv- tarbiyaviy ishlarni o'quvchilaming aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyalarini mushtarak tarzda olib borishi lozim.Amaliyotchi talaba amaliyot davrida o'zida ijobiy-ma’naviy va axloqiy sifatlami mujassamlovchi yosh mutaxassis, ishga va o’quvchilarga, kasbga chuqur muxabbat bilan qaraydigai inson sifatida ko'rsatishi, shuningdek, o'quv-tarbiya muassasasi jamoasi ishlarida faol ishtirok etishi lozim.
Amaliyotchi talabalar amaliyot davrida vujudga keladigan barcha masalalar bo'yicha awalo, universitet, fakultet, amaliyot rahbariga, o'quv-tarbiya muassasasi ma’muriyatiga va o'qituvchilariga murojaat qilishlari, o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, amaliyotni tashkil etishga oid takliflar kiritishlari,anjuman va majlislarda qatnashishlari, muassasadagi kutubxona, kabinetlardagi o'quv-metodik adabiyotlardan foydalanishlari mumkin.
Har bir talaba amaliyot davrida «Kundalik-hisobot» daftari tutadi va unda kundalik kuzatishlarini, o'quvchilar bilan olib borilgan o'quv-tarbiyaviy ishlar tahlilini qayd etib boradi. Shuningdek, talaba muayyan fan bo'yicha o'tkazadigan barcha darslari, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari aks etadigan reja-konspekt daftarini yuritadi.
Amaliyotchi o'z faoliyatini Qarshi DU Nizomidagi talablarga asosan tashkil etadi, ichki tartib-qoidalarga rioya kiladi, ma’muriyat farmoyishlarini va amaliyot rahbarlari ko'rsatmalarini bajaradi. Amaliyotchi talaba dastur talablarini bajarmagan hollarda mazkur semestr o'quv rejasini bajarmagan hisoblanadi hamda geografiya fakulteti Ilmiy Kengashining qarori bilan unga universitetdagi darslardan ajralmagan holda pedagogik amaliyotni bajarish majburiyati yuklatiladi.Amaliyot davrida mazkur o'quv-tarbiya muassasasida amaliyotni o'tayotgan talabalardan biri guruh tashkilotchisi etib tayinlanib, unga talabalaming davomatini hisobga olish, ishni umumiy tashkil etish, talabalami umumiy maslahatlar, seminarlar rejasidan xabardor qilish, amaliyot rahbari tomonidan berilgan qo'shimcha topshiriqlami bajarish vazifasi yuklatiladi.
MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOT DAFTARINI YURITISH

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling