Kadrlar tayyorlash jarayonida mutaxassislarni nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish kasbga yo‘naltirishdagi muhim bo‘g‘in hisoblanadi
Download 2.67 Mb.
|
2-kurs 4 2 Malakaviy amaliyot kundaligi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot davomiyligi boshlangan vaqti “___” 20___ y il tugagan vaqti “___” 20___yil Samarqand-2023 KIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI FAKULTETI KAFEDRASI _____________________ta’lim yo‘nalishi ___-kurs_____guruh talabasi ning TANISHUV PEDAGOGIK AMALIYOTI davrida yozgan KUNDALIK Amaliyot davomiyligi boshlangan vaqti “___” 20___yil tugagan vaqti “___” 20___yil Samarqand-2023 KIRISH O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida»gi nizom (OO‘MTVining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan) asosida hozirgi zamon andozalariga javob beradigan pedagogik kadrlarni tayyorlash talabi qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash jarayonida mutaxassislarni nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish kasbga yo‘naltirishdagi muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Talabalarning kasb faoliyatiga amaliy tayyorgarlik samarali tizim sharoitining asoslarini g‘oyaviy yo‘nalish, nazariy asoslanish, bilim olishining uzluksiz va afzalligi, bilim olishga majmuaviy yondoshishi hamda ta’lim- tarbiyaning mazmunini tashkil qilishga bog‘liq bo‘ladi. Kasb faoliyatiga tayyorlash o‘quv rejasida hamma mutaxassislik predmetlari tomonidan ta’minlanadi. Bu universitetdagi o‘quv-tarbiya ishlarining hamma jarayonida singdirilishi kerak. Uzluksiz o‘quv va pedagogik amaliyot jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: talabalarning pedagogik kasbga bo‘lgan e’tiqodini tarbiyalash, fan o‘qituvchisi burchini sezishni tarbiyalash; nazariy bilimlarni boyitish, chuqurlashtirish, mustahkamlash va ularni rejalashtirishda aniq vazifa qo‘yishda qo‘llash, fanlar tizimining har-xil guruhlarda mashg‘ulot olib borishda reyting nazorati o‘tkazish va asosiy shakllarni baholash; fan o‘qituvchisining kasb faoliyatini ko‘nikmalarini, shaxsiy kasb sifatlarini hamda malakalami rivojlantirish va shakllantirish; o‘z kasbiga bo‘lgan bilim talabini oshirish; talabalarda ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish; fan sohasida tadqiqot malakasini shakllantirish, mashg‘ulotlar jarayonida o‘rgatish va tarbiyaning eng samarador usullarini izlash; talabalarni jamoa uchun foydali faoliyatlarga jalb qilish va o‘quv muassasalarida o‘quv jarayonini yaxshilashga yordam berish; talabalarni o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ilg‘or tajribalardan foydalanishga ijodiy yondoshishni o‘rgatish; talabalarda har xil yosh va guruhlardagi o‘quvchilarning bilimlarga bo‘lgan talabini qondirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda tarbiyalash. Talabalar malakaviy amaliyot jarayonida quyidagi pedagogik kasb asoslarini egallashlari shart: o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv tarbiyaviy vazifalami aniqlash; o‘quvchilar shaxsini va jamoasini o‘rganib chiqish; pedagogik faoliyatida joriy va ko‘p yillik rejalashtirishni (darsni o‘tkazish, fanning sinfdan tashqari shakllari, ommaviy tadbirlarni) amalga oshirish, o‘quv tarbiya jarayonini nazorat qilish, baholash va b. ‘quv o‘rganish jarayonida rahbarlikni amalga oshirish, bilim berish, tarbiyalash vazifalarini qo‘yish va yechishni amalga oshirish, harakatlarga o‘rgatishda kerakli vositalarni tanlash va qodlash; dars mashg‘ulotlari jarayonida shug‘ullanuvchilar shaxsini shakllantirish; o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish va ularni o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘naltirish; faollarga va jamoaga tarbiyaviy ta'sir etuvchi usullami aniqlash, nazoratni tashkil qilish, ishni tahlil qilish va yakunlash; fan sohasida tashviqot va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; sinflarda turli tadbirlarni tashkil qilish va b. Download 2.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling