Kadrlar tayyorlash milliy dastirining umumiy qoidalar o’zbek tilini davlat tili sifatida o’qitish


Download 443.74 Kb.
bet6/16
Sana19.06.2023
Hajmi443.74 Kb.
#1611005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
22 talik mavzu hammasi bittada 3 listdan 22B1

BAYONNOMA (majlis bayoni).
Majlis bayoni - bayonnomalarni rasmiylashtirish ham barcha rasmiy idoralar hayotidagi ish yuritishning muhim qismlaridan hisoblanadi. Chunki turli tashkilot va muassasalar jamoalari faoliyatiga oid ko‘plab masalalar yig‘ilishlarda, demokratik yo‘l bilan hal bo‘ladi va ularni hal qilishga oid qabul qilingan qarorlar hayotga tatbiq etilishi uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Ana shu rasmiylashtirilgan hujjat bayonnoma sanaladi.
Bayonnomada turli yig‘ilishlardagi chiqishlar va qarorlar g‘oyatda siqiq va rasmiy tilda yozilgan hujjatdir. Shu hujjat asosida jamoaning faoliyati olib boriladi va nazorat qilinadi.
Bayonnomada uni rasmiylashtirayotgan tashkilot va muassasaning nomi, Bayonnoma degan so‘z, yig‘ilish raqami, sanasi va joyi, qatnashuvchilar, kun tartibi, uning muhokamasi tafsiloti (asosiy ma’ruzachi va so‘zga chiquvchilar), qabul qilingan qarorlar, majlisga raislik va kotiblik qilganlarning imzosi o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Agar zarur bo‘lsa, uning oxirida ilova ham berilishi mumkin.
Yig’ilish va boshqa shu turdagi anjumanlarning borishini, unda qatnashchilar bildirgan fikr va qabul qilingan qarorlarni aniq, ixcham qayd tuvchi rasmiy hujjat bayonnomadir.
Yig’ilishda ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, tanqid va takliflar bayonnomada yoritilishi lozim. Bu axborotlarning aniqligi, to’liqligi uchun mas’ul hisoblangan majlis raisim va kotibi bayonnoma oxiriga imzo qo’yadilar.
Bayonnomalar qisqa, to’liq, stenografiq fonografik shakllarda bo’ladi.
Qisqa bayonnomada yig’ilishning kun tartibi, ma’ruzachi va muhokamalarda qatnashuvchilarning ismi, familiyasi hamda qabul qilingan qarorlar ko’rsatiladi.
To’liq bayonnomada esa majlisda so’zga chiqqanlarning barcha fikr-mulohazalri to’liq berilishi lozim.
Bayonnoma kirish va uch asosiy qismdan tuziladi.
Kirish qismida yig’ilish o’tkazilgan tashkilot nomi, bayonnoma sanasi, tartib raqami, yig’ilish joyi, rais va kotibning ismi, familiyasi, qatnashuvchilarning ro’yxati va soni (15 kishidan oshmasa, ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi ko’rsatiladi) keltiriladi.
So’ngra KUN TARTIBI bosh harflar bilan yozilib, ikki nuqta qo’yiladi va ko’riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi.
Asosiy matndagi uch qism: ESHITILDI, SO’ZGA CHIQDILAR, QAROR QILINDI so’zlari ham katta harflar bilan yozilgan, ikki nuqta qo’yiladi va yangi satrdan ma’ruzachining ismi-familiyasi yoziladi.
Har bir tashkilot yoki muassasada, ularning bo‘lim va tarmoqlarida yig‘ilishlar muntazam ravishda bo‘lib turganligi uchun ular tartib raqami bilan rasmiylashtiriladi.
Zaruriyat yuzasidan majlis bayonnomasidan ko‘chirmalar berilishi ham mumkin. Ko‘chirma mazmuni ham aynan bayonnomaning o‘zi bo‘ladi. Farqi Shundaki, Bayonnomaso‘zi o‘rniga Bayonnomadan ko‘chirma yoziladi. Qaysi masala bo‘yicha ko‘chirma olish lozim bo‘lsa, faqat o‘sha qism olinadi va oxirida ko‘chirmaning asliga to‘g‘ri ekanligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi.


Download 443.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling