Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ning maqsadi. Reja: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
Download 325.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika 20 ta lik
Munavvar Qorining maoriftizimi;
O’zbekiston tarixidagi ma’rifatparvar jadid Munavvar Qori Abdurashidxonovning mafkuraviy g’oyalari hamda ovro‘pacha usuldagi xalq dorilfununi tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda dunyoviy fanlar o‘qitib, milliy ziyolilar tayyorlash g‘oyasini ilgari surish yo’lidagi islohotlari yoritib berilgan. Mamlakatimiz Birinchi prezidenti I.A.Karimov buyuk ajdodlarimizning ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligi haqidagi qarashlarini umumlashtirib: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir,” - deb ta’kidlagan edi. Shunday ekan inson shaxsini shakllanishida tarbiya ustivor ahamiyatga ega bo‘ladi. U ta’lim berish jarayonini, barcha ma’rifiy tadbirlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Har qanday ta’lim tarbiya bilan uyg‘unlashgandagina yetuk ma’naviyatga, ma’naviy barkamol, komil insonni voyaga yetkazishga zamin bo‘ladi. Munavvar Qori Abdurashidxonov mafkurasining ta’siri o’sha davrda ta’qiqlangan bo’lsada, u hali hamon o’z kuchini yo’qotgani yo’q. Uning qarashlari va g’oyalari milliy pedagogik tizimimizda o’z aksini topgan desak desak mubolag’a bo’lmaydi. Qo’shimcha qilib aytganda dunyoviy ilmlarni o’rganish bilan bir qatorda diniy bilimlarni ham mukammal o’zlashtirish inson vijdonining uyg’onishiga va bu jarayonda o’zini va atrofidagilarni muhofaza qila olishiga, iymonini mukammallashtirishiga olib keladi va bunday tizimda kadrlar har tomonlama og’ishmay ta’lim va tarbiya olishadi. Munavvarqori Abdurashidxonovning ma’rifiy -pedogogik qarashlari eng dolzarb bo'lgan “Ilm-fan, maorif va madaniyat, ta'lim va tarbiya va yangi maktablar masalalarini birinchi o'ringa qo'yganlar” - yoki, “Ilg’or musulmon ziyolilari mamlakat, taraqqiyot darajasi orqadaligini, ijtimoiy va mustamlaka zulmining asosiy sababini avvalambor xalqning ma'rifatsizligidan qidirdiki, shuning uchun muammolarning hal qilishning eng asosiy yo'li deb maorif va ma'rifat ko'zda tutildi. Buning oqibatida dastlab jadidlar diqqat e'tibori markazida maorifni isloh qilish vazifasi turdi. Munavvarqori Abdurashidxonov bu islohotlarni amalga oshirishning zarur ekanligini nafaqat nazariy jihatdan asoslab berdilar, balki yangi usulda o'qitiladigan maktablar ochib, kutubxonalar, qiroatxonalar barpo etib, o'quv qo'llanmalari yozib, o'z g'oyalarini amalda qo'llash yo'lida ulkan ishlar qildilar” – deydi. Munavvarqori Toshkentda ochilgan jadid maktablari uchun o‘zi tuzgan dastur va darsliklarni joriy etdi, ular asosida jamoat oldida ochiq darslar va imtihonlar tashkil qildi. Bundan asosiy maqsad, birinchidan, usuli jadid maktablarini badnom qiluvchi mutaassib qadimchilarning da’volari asossiz ekanligini xalq oldida namoyish etish bo‘lsa, ikkinchidan, xalq o‘rtasida ilm-ma’rifatga, yangi o‘qitish usuliga, zamonaviy turmush tarziga rag‘bat uyg‘otish edi. Shuning uchun ham Munavvarqori imtihonlarga o‘quvchilarning ota-onalaridan tortib, shariat- din peshvolarigacha, hatto o‘lkada katta e’tibor qozongan olimu shoirlarni, ma’rifatli boylarni ham taklif qilgan. Qo‘limizda uning Ishoqxon Ibrat va Hamza Hakimzodaga yuborgan “Da’vatnoma”si mavjud.Mana, ulardan biri:“Hurmatlu Ishoqxonhoji janoblarina! 1907 yil may oyindan ToshkenddaTarnovboshi mahallasinda “Xoniya” maktabinda talabalarning yillik imtihoni boshlanur. Siz hurmatludan rijo qilurmizki, tavobingizda bo‘lg‘on usuli jadidiya maktablari mudirlari ila imtihon majlislarina tashrif qilsangiz, muallim va shogirdlar Sizdan mamnun bo‘lur edilar. Muhibingiz Munavvar Qori. 15 mart 1907 yil”.Munavvarqori Abdurashidxonov jadid maktablarining kundalik o‘quv-tarbiya ishlaridan tortib, yillik bitiruv imtihonlarini uyushtirishgacha, “usuli savtiya” yo‘lini qobiliyatli yosh o‘qituvchilarga o‘rgatishdan tortib, maktablarni zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashgacha bo‘lgan uzluksiz jarayonni boshqardi. Uning bu faoliyati davrining ulug‘ mutafakkirlari tomonidan qo‘llab- quvvatlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling