Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar


Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar


Download 386.8 Kb.
bet21/30
Sana19.10.2023
Hajmi386.8 Kb.
#1709982
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar

Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar

Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar

1. Kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozisiyasidan farqlanishi mumkin.

2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya tusiga bog’liq bo’ladi.

3. Tili lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.

4. Dissertasiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.

5. O’rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.

Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi!

Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi!

Ortiqcha narsalar: kirish so’zlari va gaplari, murakkab gaplardan qoching!

“Klishelashtirilgan” iboralardan foydalanib, bir qator maqolalarga annotasiyalar tuzing: 

Annotasiya matnidagi klishelashtirilgan iboralar va so’z birikmalari:

Maqolada…lar ko’rib chiqilgan.

…ko’rsatilgan.

…ning tavsifnomasi katta o’rin egallaydi.

…keng material keltirilgan.

Tadqiqot …kabi muhim muammolarni ko’rib chiqish orqali yuritiladi.

… ning mohiyatini ochishda

Muallif …ning ilmiy ta’rifini birinchi marta beradi va hokazo.

Annotatsiya

Maskur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin ol

gan


14-MAVZU:
O’zbekiston fizik olimlari dunyo nigohida” mavzusida rasmli ko’rgazmali vosita tayyorlash va taqdim qilish

Qadimda yashagan odamlar to‘la-to‘kis tabiatga bog‘liq bo‘lganlar. Chunki hech narsani o‘z qo‘llari bilan yaratmasdan, atrofida borini iste’mol qilganlar. Yog‘in-sochin, sovuq va yovvoyi hayvonlardan g‘orlarda bekinib jon saqlaganlar. Asta-sekin ov qurollarini o‘ylab topganlar va olovdan foydalanishni o‘rganishgan. Natijada ularning turmushi yengillasha borgan. Shunga ko‘ra tabiatni o‘rganish, undan foydalanish va unga ta’sir ko‘rsatish boshlangan. Tabiat haqidagi bilimlarni o‘rganish va ular asosida tabiat boyliklaridan samarali foydalanishi natijasida insoniyat sovuq qotish, qorong‘ilikda qolish, och qolish kabi holatlardan va ko‘pchilik kasalliklardan qutula oldi. Inson yer yuzi bo‘ylab, havoda va suvda bemalol harakat qilmoqda.



Tabiiy fanlar ichida fizika yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Birinchi mavzuda aytib o‘tilganidek, uning o‘rganadigan sohasi keng qamrovlidir. Fizikaning har bir o‘rganilgan yangi qonuniyatlari jamiyat rivojlanishiga kuchli ta’sir ko£rsat adi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonimizda ham fizika fanini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O‘zbekiston Fantar akademiyasiga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari laboratoriyalaridagi olimlar shug‘ullanadilar.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti, Akademik S.A. Azimov nomidagi «Fizika-Quyosh» IICHB qoshidagi Fizika-texnika instituti va Materialshunoslik instituti, G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik va tovush hodisalariga doir ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda fizika fanining rivoji, boshqa fanlarni rivoji bilan bir qatorda o‘tgan asrning 20-30 yillaridan boshlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’lumki, O‘zbekistonda birinchi oliy o‘quv yurti 1920 yilda tashkil topgan bo‘lib, dastavval u Turkiston universiteti, keyinchalik O‘rta Osiyo universiteti, Toshkent davlat universiteti, hozirgi kunda esa O‘zbekiston Milliy Universiteti nomi bilan yuritiladi. Ushbu universitet negizida birin-ketin institutlar tashkil topaboshladi va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasini tuzishga zamin paydo bo‘laboshladi.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling