Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismlari, uzluksiz ta`limning moxiyati. Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi
Download 117.04 Kb.
|
kadrlar tayyorlash milliy dasturi. u
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va atamalar
Aim.uz Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismlari, uzluksiz ta`limning moxiyati. Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. Kasb ta`limi metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O`zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa o`rta umumta`lim maktablariga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetining kiritilishi bo`ldi. Informatika va axborotlar texnologiyalari bilan bog`liq bo`lgan fanlarni o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M. Z. Ziyoho`jaev, A. A. Abduqodirov, dotsent T. R. Azlarov va boshqalar tomonidan olib borilgan va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-hunar ta`limining kiritilishi bilan informatika yo`nalishidagi fan o`qituvchilari uchun informatika o`qitish metodikasini yaratish kabi dolzarb muammoni hal qilish lozim bo`ladi. Bunda asosiy muammolar: -informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari qanday; -o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak; -fanlardan o`quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o`quvchilarga yetkazilishi kerak; -fanlardan o`quv materialini to`liq va chuqur o`rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish lozim. Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar uchligi qo`yiladi: - fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun chuqur ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi, o`rta bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak o`qituvchilarni kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan. Zamonaviy ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli va madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim metodikasi» fani bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu fanlarning metodologiyalariga asoslanadi va ta`lim-tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma`lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi fiziologiya va psixologiya tomonidan o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi. Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir harakatni amalga oshirishdir. SHunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi, o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish bu o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani o`qitish kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?». Ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o`rni va vazifalaridan, jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin: o`quvchilarda komp yuter savodxonligini rivojlantirish; o`quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini ta`minlash; o`quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko`rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish; hayotida komp`yuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish; YUqoridagi masalalardan hech biri qolganlaridan uzilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda, bir-biri bilan chambarchas bog`liq holda amalga oshirilishi lozim, chunki o`quvchilar tomonidan yo`nalish fanlari asoslarini mustahkam egallash natijasida ularni tafakkurini tarbiyalash, ilmiy va kasbiy dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin. O`quvchilarni to`g`ri va chuqur xulosalar chiqarishga, mantiqiy mushohadalar qilishga o`rgatish, ularda har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondashishga olib kelib, turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko`rsata olishlariga imkon beradi. Aim.uz Download 117.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling