Kadrlar xizmatida ish yuritishning mohiyati
Download 17.14 Kb.
|
Kadrlar xizmatida ish yuritishning mohiyati hisobot
Kadrlar xizmatida ish yuritishning mohiyati Personalni boshqarish samaradorligi bu - tizimda hujjatlami rasmiylashtirish, ular bilan ishlash, mazkur xizmatda ish yuritishni oqilona tashkil etishga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Inson resurslari tashkilotda nafaqat oddiy shaxslar, balki ular tashkilotning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun o‘z hissalaini qo‘shadigan insonlardir. Inson kapitali tashkilotning imkoniyatlar, bilim, malaka, ko‘nikma va hayot tajribalarining umumiy boyligi hamda tashkiliy ishchi kuchlami rag‘batlantirishdir. Har bir korxona va tashkilotning personalni boshqarish xizmati xodimlaridan amaldagi qonunchilik me’yorlarini chuqur bilishlari, ularga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. Bugungi kunda korxona va tashkilotlar faoliyati turli sohalarini muvofiqlashtirishga qaratilgan huquqiy me'yorlaming eng asosiylari qatorida quyidagilami keltirish mumkin: — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; — O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; —O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,farmoyishlari,qarorlari; —O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari; — Vazirlik va idoralaming me’yoriy hujjatlari. Korxona va tashkilotlaming personalni boshqarish xizmatlari o‘z faoliyatida, ayniqsa ish yuritishda O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi: — Davlat tili to‘g‘risida; — Standartlashtirish to‘g‘risida; — Arxivlar to‘g‘risida; — Elektron imzo to‘g‘risida. Personalni boshqarish xizmatida ish yuritishni to‘g‘ri tashkil etish ayniqsa muhimdir. Xorijiy adabiyotlami o‘rgnaish natijasida shu aniqlandiki, “personal xizmatining eng muhim vazifasi tashkilotda ishlovchilariga bog‘liq barcha masalalarda tashubbus ko‘rsatib va yo‘nalishlami belgilash orqali unga o‘z maqsadlariga erishishga yordam berishdan iborat”. Ish yuritish atamasi ilmiy muomalaga va ma’muriy amaliyotga XVIII asrning ikkinchi yarmidan kirib kelgan bo‘lib, qaror qabul qilish yoki “ish yuritish” bilan bogiiq faoliyatni anglatadi. Hozirgi vaqtda ish yuritish korxona, tashkilot, muassasa ma’muriy boshqaruv faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanib, hujjatlashtirish hamda rasmiy hujjatlar bilan ishlashni, hujjat-axborot bazasini tashkil etishni anglatadi. Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash - ish yuritishning hozirgi davridagi axborot-texnologik xususiyatini ko‘rsatuvchi hujjatlami yaratish, ular bilan ishlash, saqlashdan iborat texnologik jarayon hisoblanadi. Boshqaruvni hujjat bilan ta’minlashning asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, korxonalar to‘g‘risidagi qonunda, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarida huquqiy jihatdan asoslab berilgan. Boshqaruvni hujjat bilan ta’minlashning eng muhim tarkibiy qismi hujjatlashtirish hisoblanib, u boshqaruv faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlarni belgilab qo‘yilgan talablar va me’yorlar asosida rasmiylashtirishni anglatadi. Download 17.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling