Iqtisodiyotning buyuk kashfiyoti ayriboshlash birligi pul bugun, nafaqat, naqd shaklda, balki miitti plastik shaklida ham kishilarga xizmat qilmoqda. Jismoniy shaxslar bu ikkisiga qanday qaraydi
Download 14.46 Kb.
|
10-yanvar. Esse
Esse Iqtisodiyotning buyuk kashfiyoti – ayriboshlash birligi – pul bugun, nafaqat, naqd shaklda, balki miitti plastik shaklida ham kishilarga xizmat qilmoqda. Jismoniy shaxslar bu ikkisiga qanday qaraydi?Qaysi birini ko‘proq ahamiyatli sanaydi? Odamlarimiz naqd pulning issig’iga o‘rganishgan, to‘g‘risi.Qo‘lda changal- changal pulning zavqidan hali ham hech kim voz kechishni istamasa kerak.Bu tuyg‘uga AQSH dollarlari qog‘ozining ,,hamohangligi” -chi? Naqdina so‘zi shu paytgacha ko‘zingni o‘ynatadigan qog‘ozga qaratilgan. Ammo bugun- chi?Ochiq aytganda, plastik kartalaridan o‘tkaziladigan summaga nisbatan-chi?Yo‘q, bizningcha.Nega?Chunki bu to‘lov , bu o‘tkazmalarda foiz degan narsa borki,busiz pul qabul qiluvchi o‘zini naqdni qo‘lga kirityapman deb hisoblamaydi.Chunonchi, bizning bozorlarda savdogar o‘z tovarini plastik savdosi uchun oshirib narxlaydi.Asosiysi, pul o‘tkazuvchi va qabul qiluvchi orasida uchinchi omil – barcha karta turlari o‘z komissiyalarining ulushini olish bilan xizmat qiladi. Yuqorida plastic orqali boshqariladigan mablag‘imiz bo‘yicha tejamkorlik va baraka masalasi salbiy holatni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, vaqtimizni tejash masalasida bu mitti dastyorning xizmati tengsiz,ijobiy.Biz shu jihatdan o‘z qat’iy qarorimizni ham chiqarishimiz oson.Plastikdan foydalanish uzog‘imizni yaqin , og‘irimizni yengil qilib turibdi.Pkastikning ishini naqd pul bajara olgani yo‘q. Ammo naqd pulning ishini, qay tarzda bo‘lmasin, bu qulay kartochka uddalaydi.Bir manzildan ikkinchi manzilga eltadigan mablag‘imiz hamyonimizni puchaytirmaydimi?Yo‘l yurib yo ‘qotadiganimiz oldida boyagina achinayotgan foizimiz hech narsa bo‘lmay qoladi. Naqd pulingiz texnologiyaning buyuk ixtirosiga – telefon klikiga joylangan kabi bo‘loladimi? Yana ham kim biladi, deysiz hali qarasa, naqdni plastikka joylayapmiz, hali qarasa plastikni naqdga aylantiryapmiz.Mana bu haqiqiy bir muammo sifatida hali ancha vaqt kishilik jamiyatida, haqiqatan ham , ko‘p savollarni tug‘dirishi, tabiiy. Bu kurashda plastik kartochka yutib chiqsa , ajab emas. Chunki taraqqiyot, ayniqsa, ixchamlikni, qulaylikni qo‘llab- quvvatlaydi. Bu borada plastik naqddan ustun turadi. Download 14.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling