Kadrlarga oid m a’lumotlar ’ bazasi


Mutaxassislar axborot tizimlari


Download 115.83 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi115.83 Kb.
#1539496
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

Mutaxassislar axborot tizimlari ma’lumotlar bilan ishlovchi mutaxassislar, loyihachilar, muhandislar 
mehnat unumdorligini oshirishda yordam beradilar. Ularning vazifasi qog‘ozli axborotlarni qayta ishlashni 
osonlashtirish va yangi ma’lumotlarni tashkilot bazasida integratsiyalashdan iboratdir. 
Jamiyat va ishlab chiqarish taraqqiyoti, iqtisodiyotning o‘sishi kelajakda mana shunday axborot 
tizimlarining keng ko‘lamda joriy etilishiga bog‘liq. Bunday tizimlarda ikki guruhni alohida ajratib 
o‘tish o‘rinlidir: 
• ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari; 
• bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari. 
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o‘zining soddaligi va keng qamrovligi tufayli ixtiyoriy 
tashkiliy bo‘g‘in xodimlari tomonidan faol ishlatiladilar. Ko‘pincha ulardan o‘rta maxsus ma’lumotga 
ega bo‘lgan kichik mutaxassislar, buxgalterlar, kotibalar va hattoki yuqori malakaga ega bo‘lgan 
mutaxassislar foydalanadilar. Asosiy maqsad – ma’lumotlarni qayta ishlash, ish yuritish samaradorligini 
oshirish va axborotlarni qayd qilish, ularni izlash, so‘rovlar bo‘yicha muayyan shakllar yoki jadval 
ko‘rinishidagi hisobotlarni tayyorlashni tezlashtirishdir. 
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari axborot xizmati ko‘rsatish sohalari xodimlarini xaridorlar, 
buyurtmachilar, iste’molchilar bilan aloqani o‘rnatish imkonini yaratadi. Ularning faoliyati asosan hujjatlar 
yuritish, kommunikatsiyani boshqarish, reja-jadvallar ishlab chiqishni qamrab oladi. Bunday tizimlar 
quyidagi funksiyalarni bajaradilar: 
• turli matn protsessorlari asosida kompyuterda matnlarni qayta ishlash; 
• yuqori sifatli bosma mahsulotlarni ishlab chiqish; 
• hujjatlarni arxivlash; 
• elektron kalendarlar va ish yuritishga doir ma’lumotlarni elektron yozuv daftarchasida saqlash; 
• elektron va audiopochta; 
• video- va telekonferensiyalar. 
Bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlar muhandislar, 
huquqshunoslar, olimlar uchun yangi mahsulot yaratishda foydalaniladigan zarur bilimlarni qamrab 
oladilar. Ularning vazifasi yangi axborot va yangi bilimlarni yaratishdir. Masalan, muhandislik va ilmiy 
loyihalashning ixtisoslashtirilgan ishchi stansiyasi yuqori darajadagi sifat talablariga javob beradigan 
texnik ishlanmalarni yaratish uchun imkoniyat yaratadi. 
oliq tizimida axborot texnologiyalari
(2 soat)
Ma’ruza rejasi:
1. Soliq ishini tashkil qilish
2. Soliqning funksiyalari
3. Davlat soliq inspeksiyasida boshqaruv tizimi
4. Soliq tashkilotlarida axborot texnologiyalarning roli va ularni rivojlantirish yo‘llari.
5. Soliq tashkilotlaridagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi

1.Soliq ishini tashkil qilish


Soliq tizimi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar
oladigan daromadlardan davlat soliq idoralari (organlari) undiradigan soliqlar majmui,
shuningdek soliq solish usullari va qoidalaridir.
Davlat soliq organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
 Soliq qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi, soliqlar to‘liq
va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
 Soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shartlarni ta’minlash, soliq
majburiyatlarni bajarishda soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish;
 Soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;
 Soliq solish sub’ektlari va ob’ektlarini to‘la va o‘z vaqtida hisobga olishni
ta’minlash;
 Soliqqa doir huquqbuzarliklarni aniqlash, va oldini olish va bartaraf qilish;
 Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik
faoliyatini tekshirish va taftish kilishlarining hammasini muvofiqlashtirish;
 Jismoniy va yuridik shaxslarni, byudjetga soliqlar va boshqa to‘lovlarni
to‘lovchilarni, yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish ob’ektlarni hisobga
olishning to‘laqonli bazasini yaratish;
 Yagona telekommunikatsiya tizimini yaratish;
 Tashkiliy va kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish va kuchaytirish;
 Me’yoriy –huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
 Belgilangan bashorat ko‘rsatkichlarga muvofiq byudjetga to‘lovlarning to‘liq
tushishini ta’minlash;
 Soliq tizimining unumdorligini va samaradorligini oshirish, salbiy ta’sir va xatar
darajasini pasaytirish;
Davlat soliq xizmati organlari ishining samarali bo‘lishi uchun davlat soliq ko‘mitasi
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
 Soliq axborotini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashning eng sermehnat
jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida soliq tushumlari, barcha soliq to‘lovchilar
– yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi;
 Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika ta’minoti, materiallar va
uskunalarga ajratilgan fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
 Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlanish va moddiy-texnika ta’minoti
maxsus fondini to‘g‘ri shakllantirish, taqsimlash va ishlatish ustidan nazorat qiladi.


116
 Soliqlar va soliq to‘lovchilarning hisobga olishlarining yagona kompyuter tizimini
yaratish, davlat soliq xizmati organlarini moddiy – texnikaviy ta’minlash, kadrlar
malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshiradi va xorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.

2.Soliqning funksiyalari


Soliq tizimida uning beshta asosiy funksiyasi ajratib ko‘rsatiladi:
 soliq hisobining fiskal (xazinaga oid) funksiyasi;
 qayta taqsimlash funksiyasi;
 rag‘batlantirish funksiyasi;
 soliq hisobining nazorat funksiyasi;
 soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi.
1. Soliqning asosiy funksiyasi – fiskal vazifa hisoblanadi (lotincha fiscus – xazina).
Buning ma’nosi shuki, soliqlar yordamida pul zahiralarining markazlashtirilgan fondi tashkil
etiladi, unga davlat apparati, qurolli kuchlarni tutib turish, shuningdek zarur ijtimoiy-iqtisodiy
funksiyalarni bajarish uchun mamlakat xukumati egalik qiladi, ya’ni eng muhim umumdavlat,
xalq xo‘jaligi vazifalarini hal etish uchun, korxona va fuqarolar olgan daromadlar bir qismini
soliq to‘lovlari sifatida olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish
soliqlar fiksal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Bozorlar munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning yana bir
muhim tomoni ularning iqtisodiyetdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat
soliqlar yordamida tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini
tartibga soladi va bu bilan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish
uchun muayyan «soliq muxiti» yaratadi.
2. Soliqlarning yana bir funksiyasi qayta taqsimlashdir, ya’ni soliqlar tushishidan hosil
bo‘ladigan pul zahiralarining davlat fondi (davlat byudjeti) orqali davlatdan olingan
daromadlarning bir qismini qayta taqsimlaydi, ularni ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarga investitsiyalashga yo‘naltiradi.
3. Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib,
ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy-xom ashe resurslari, shuningdek moliyaviy va
mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy
axvolni mustaxkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi.
4. Nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqga tortish ob’ekti,
soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-
kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralarga
belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini
qanday bajarayotganlarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
5. Soliqlarni hisoblash jarayenini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. Mazkur
funksiya amaldagi qonunlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishlari shart bulmagan
shaxslar uchun solik majburiyatlarini to‘g‘ri hisoblashga doir zarur soliq axborotini yig‘ish va
qayta ishlash imkonini beradi. Masalan, soliqqa tortiladigan jismoniy shaxslar yil davomida
olgan daromadlari va qilgan harajatlarini hisobga olishlari shart. Jismoniy shaxslar
buxgalteriya hisobini yuritishlari shart bo‘lmagani uchun barcha hisob funksiyalari soliqqa
tortish maqsadlari uchun hisobga, ya’ni soliq hisobiga yuklanadi.


117
3.Davlat soliq inspeksiyasida boshqaruv tizimi
Tuman soliq inspeksiyasining rahbariyati asosan quyidagilardan iborat bo‘ladi, ya’ni:
 Boshliq,
 Boshliq muovini,
 Boshliq muovini,
 Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis,
 Nazorat qilish bo‘yicha Viloyat Davlat Solik Inspektori,
 Ijro nazorati bo‘yicha mutaxassis.
Bundan tashqari har bir bo‘limda nazorat ishlari bo‘yicha boshliq va boshliq
o‘rinbosarlari mavjud.
Tuman Davlat Solik Inspeksiyasida boshqaruvchilarining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
1 Davlat soliq inspeksiyasining faoliyatini boshqarish;
2 O‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi Qaror va Farmoishlari va
yuqori soliq organlari, buyruq va ko‘rsatmalari asosida va ularni bajara borib, davlat
soliq inspeksiyasining barcha xodimlari ijro etishlari shart bo‘lgan buyruqlar
chiqaradi, ko‘rsatma va tavsiyalar beradi;
3 Jinoiy protsessual majmuasiga muvofiq, davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
surishtiruv organining rahbari hisoblanadi, surishturuvchining qarorlarini tasdiqlaydi;
4 Davlat soliq inspeksiyasi xodimlarini o‘z vakolati o‘z doirasida lavozimiga
tayinlaydi, lavozimni o‘zgartiradi, lavozimdan ozod qiladi;
5 Alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarga faxriy unvon va mukofotlar, soliq idoralari
xodimlari uchun xukumat tomonidan belgilangan maxsus shaxsiy unvonlar berishga
tavsiya qiladi;
6 Berilgan vakolatlar doirasida boshqa qonuniy huquqlarga ham ega.

4.Soliq tashkilotlarida axborot texnologiyalarning roli va ularning rivojlantirish


yo‘llari.
Tuman Davlat Soliq Inspeksiyasining xodimlari o‘z vazifalarini bajarishlari uchun
ularga ko‘pgina axborotlar kerak bo‘ladi. Bu axborotlarni banklardan yoki boshqa
muassasalardan tez olish uchun ular ko‘pgina axborot texnologiyalaridan foydalanishlari lozim
bo‘ladi. Inspeksiyaning har bir bo‘limlari zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan
jihozlangan, ya’ni idoradagi soliq to‘lovchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitob ishlari to‘la
avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Inspeksiyaning har bir xodimi o‘z avtomatlashgan ish
o‘rniga ega bo‘lishi, ular kerakli ma’lumotlarga tez va yuqori sifatda texnik vositalar orqali
ishlov bera olishlari zarur.
Umuman olganda soliq inspeksiyasida avtomatlashtirilgan axborot tizimidan
foydalanish, bu yerda qo‘l mehnatini qisqartirishga va shu sababdan soliq to‘lovchilar bilan
bo‘ladigan hisob-kitob ishlarini osonlashtirishga olib keladi. Har qanday tashkilot va
korxonalar bo‘yicha axborotlarni juda tezlik bilan qo‘lga kiritish va yuqori tashkilotlarga
taqdim etish imkoniyati yaratiladi. Bu esa Tuman Davlat Solik Inspek-siyasining xodimlarini
mehnat unumdorligini va samaradorligini oshiradi.
Tuman Davlat Solik Inspeksiyasining kelajakdagi asosiy maqsadlaridan biri - bu
inspeksiyani bundan ham yuksak texnik vositalar bilan ta’minlash, soliq to‘lovchilar bilan


118
bo‘lgan hisob-kitob ishlarini yanada osonlashtirish, axborotlarni banklardan tez olish va
axborotlarga ishlov berishni tezlashtirish hisoblanadi.
Soliq tashkilotlarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (STAAT) – bu
zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari va usullari asosida ma’lumotlarni qayta ishlash
orqali soliq tashkilotlarini boshqaruvini zamonaviy shakli bo‘lib xizmat qiladi.
STAAT ning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. qabul qilinadigan qarorlarning sifatini oshirib, soliq tashkilotini faoliyatini samarasini
oshirish;
2. soliq inspektorlarining soliq qonunlari bilan ta’minlash;
3. soliq inspektorlarini ish unumdorligini oshirish;
4. soliq to‘lovchilarning ro‘yxatini doimiy kuzatish va soliq qonunlarini bajarilishini
nazorat qilish;
5. soliqlar tushumini nazorat qilish va ularning dinamikasini aniqlash;
6. yuqori bo‘g‘indagi rahbarlarni barcha ma’lumotlar bilan ta’minlash;
7. qog‘oz ishlarini kamaytirish.
STAAT ning funksional quyi tizimlarini belgilab olish bevosita soliq tizimining
strukturasiga bog‘liqdir.


Ikkinchi pog‘onada quyidagi quyitizimlarni ajratib olish mumkin:
 Namunaviy hisobot shakllarini tayyorlash. Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha soliqlar
tushumini tasniflovchi statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tayyorlangan bo‘ladi.
 Nazorat qilish faoliyati. Bu yerda asosan jismoniy va yuridik shaxslarning
ro‘yxati olib boriladi.
 Uslubiy, taftish qilish va huquqiy faoliyati. Bu yerda xukumat qarorlari va
normativ hujjatlar bilan ishlash mumkin. Pastki pog‘onadan soliq qonunlarini
bajarilishi yoki buzilishi haqidagi ma’lumotlar qayta ishlanadi.
 Tahliliy faoliyati. Tushumlarni tahlil qilish va bashoratlash, pastki pog‘onadagi
soliq tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish.
 Tashkilotning ichki masalalari. Bu yerda bevosita soliq tashkilotining ichki
masalalari, ya’ni faoliyatini boshqarish nazarda tutiladi.
Uchinchi pog‘onada quyidagi quyitizimlarni ajratib olish mumkin:
 korxonalarni ro‘yxatga olish;


119
 tashkilotlardan hisobotlarni qabul qilish;
 korxonalar kartochkalarini olib borish;
 hujjatiy tekshiruvlar;
 normativ va huquqiy hujjatlarni olib borish;
 tashkilotning ichki masalalari;
 jismoniy shaxslarning hujjatlarini qayta ishlash.

5.Soliq tashkilotlaridagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi


Tuman Davlat Soliq Inspeksiyasi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining sxemasi




Bu avtomatlashtirilgan ish joylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Tahlil bo‘limi AIJ
1 shaxsiy hisob varaqalarning hisobotlarini kiritadi;
2 inkassa talabnomalarini kiritadi;
3 korxonalar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalar qilinadi;
4 bankdan kelgan elektron talabnomalarni kiritadi;
Kadrlar bo‘limi AIJ
1 boshliq tomonidan buyruqlarni kiritadi,
2 e’lonlar yoziladi,
3 inspeksiyaga kerak bo‘lgan hujjatlarni bosib chiqaradi.
Boqimonda bo‘limi AIJ
1 boqimondalarni hisoblaydi;
2 korxonaning qarzlari bo‘yicha ogoxlantirish talabnomalari yoziladi;
3 solishtirish dalolatnomalari tuziladi;
4 qarzlari bo‘yicha xo‘jalik sudlari bo‘yicha materiallar tayyorlaydi;
5 muddati kelgan to‘lov talabnomalarini ro‘yhatini chiqariladi;

120
Buxgalteriya bo‘limi AIJ


1 to‘lov talabnomasi bilan ishlaydi;
2 to‘lov topshiriknomasi bilan ishlaydi;
3 ma’muriy jarima kiritiladi va boshqalar bilan ishlaydi.
Huquqiy bo‘lim va jismoniy bo‘limlarning AIJ
1 dalolatnomalar yoziladi, o‘zgartiriladi;
2 hisobotlar kiritiladi va boshqalar.
Axborot bilan ta’minlash bo‘limining administratori quyidagi vazifalarni bajaradi:
1 butun axborotlar bazasini har kuni arxivlaydi;
2 axborot tizimini takomillashtirish;
3 axborotlar bazasidan foydalanish uchun parol beradi;
4 korxonalar to‘g‘risida boqimonda bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantiradi;
5 hamma dasturlarni to‘liq ishlashi uchun javob beradi;
Axborot bilan ta’minlash guruhida har kunlik bankdan kelgan axborotlar kompyuter
orqali bosib chiqarilib, boshqa bo‘limlarga taqdim qilinishi shart.
Inspeksiyaning ishini yaxshilash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
1 xodimlar malakasini oshirish,
2 tezkor kompyuterlarni sonini oshirish,
3 INTERNET kompyuter tarmog‘iga kompyuterlarni ulanishi,
4 banklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani o‘rnatish.
Umuman olganda soliq inspeksiyasida avtomatlashtirilgan axborot tizimini
shakllantirish qo‘l mehnatini qisqartirishga va soliq to‘lovchilar bilan hisob-kitob ishlarini
osonlashtirilishga olib keladi. Har qanday tashkilot va korxonalar bo‘yicha axborotlarni juda
tezlik bilan qo‘lga kiritish va yuqori tashkilotlarda taqdim etish imkoniyatini beradi, bu esa
mehnat unumdorligi va samaradorligini oshiradi.
Davlat byudjetining daromadlari asosan yuridik va jismoniy shaxslar-dan olinadigan
soliqlar hisobidan to‘ldirilib boriladi. Soliqlarning qanchalik to‘g‘ri, to‘liq va aniq hisoblanishi
soliq xizmatiga bog‘liq va uni qanchalik bajarilishi byudjet daromadini oshishi yoki
kamayishiga ta’sir etadi. Shunday qilib, respublika soliq idoralarining bosh vazifasi –
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning soliq
qonunlariga nechog‘li rioya etayotganliklarini tekshirib turishdan iboratdir.
Shu bilan birga, taqdim etilgan hisobotlarni soliq idorasida ko‘zdan kechirish, joyiga
borib buxgalteriya hujjatlarini, hisob ro‘yhatlaridagi yozuvlar, statistika va operativ
materiallarini ko‘rib chiqish lozim. Bu o‘tqaziladigan tekshirishning asosiy maqsadi hisob-
kitob ma’lumotlarining to‘g‘riligini aniqlashdan, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati
ko‘rsatkichlarini soxtalashtiruvchi turli-tuman xatolarni topib, to‘lovlarni hisoblash va
to‘lashda qonuniylikka rioya etilishini va byudjet oldidagi majburiyatlar bajarilishini
ta’minlashdan iboratdir.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarilishida axborot texnologiya-larining qo‘llanilishi
ularning ishlarini bir muncha yengillanishini, ya’ni ma’lumot bazalari-ing anik, tez va sifatli
bajarilishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pchilik korxonalar ma’lumotlarni
xuddi boshqa mulk turlari kabi saqlash, foydalanish va himoya qilish kerak bo‘lgan qimmatli
zahira sifatida qaraydilar.
Soliq xizmatida bir qancha hisob-kitob hujjatlari va varaqalari ishlatiladi. Bu hisob-kitob
hujjatlari Davlat Soliq inspeksiyasi va soliq to‘lovchilar o‘rtasida Huquqiy bulim va jismoniy

121
bo‘limlarning AIJ larida to‘ldiriladi va yuritiladi. Quyidagilar asosiy soliq to‘lovchilar


hisoblanadi:
1. Jismoniy shaxslar.
2. Yuridik shaxslar.
Yuqoridagi har ikkala shaxslar o‘rtasida bir-birinikidan farq qiluvchi turli xildagi hisob-
kitob hujjatlari mavjud.
Yuridik shaxslar bilan hisob-kitoblar jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-
kitoblarga qaraganda bir muncha qiyinroqdir. Yuridik shaxslar bilan, ya’ni korxona yoki
firmalar bilan Davlat Soliq inspeksiyasi o‘rtasida soliq ob’ektlarining bir nechta turi bo‘yicha
hisob-kitob ishlari olib boriladi. Bu hisob – kitob ishlari bir vaqtning o‘zida ham Davlat Soliq
inspeksiyasi idoralarida, ham korxona yoki firmaning o‘zida olib boriladi. Bu hisob-kitob har
oyda, kvartalda yoki yillik hisobot shaklida har bir korxona yoki firma va Davlat Soliq
inspeksiyasi o‘rtasida qilinadi. Bu hisobotda korxonaning butun faoliyati va faoliyat natijalari
ko‘rsatiladi. Shu bilan bir qatorda soliq ob’ektlari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan belgilangan
soliq stavkalari, summalari va to‘lov muddatlari ko‘rsatiladi. Hisobot o‘z ichiga quyidagilarni
kiritadi:
1. Buxgalteriya balansi.
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
3. Soliq ob’ektining barcha turlari.
4. Ma’lumotnomalar (debetorlik va kreditorlik qarzlar haqidagi, yiliga bir marta to‘lanadigan).
5. Korxonaning hisoboti.

Takrorlash uchun savollar


1. Davlat soliq organlarining asosiy vazifalari?


2. Soliq tizimining asosiy funksiyalari?
3. Soliq tashkilotlaridagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini tasniflang.

Tayanch so‘z va iboralar


Test savollari


1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar oladigan


daromadlardan davlat soliq idoralari (organlari) undiradigan soliqlar majmui - bu?
A). soliq tizimi
B). axborotlar tizimi
C). axborotlar texnologiyasi
D). ekspert tizimi
E). ma’lumotlar bazasi
Download 115.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling