Kafedra faoliyati haqida ma’lumot


Download 16.13 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.13 Kb.
#1502442

KAFEDRA FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT:
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasida jami 22 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 18 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 2 nafari esa ichki o‘rindoshlik, 4 nafari tashqi o’rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 1 nafar fan nomzodi, 3 nafar dotsent, 2 nafar katta
o‘qituvchilar, 9 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Joriy o’quv yili uchun kafedra o’quv yuklamasi 22 440 soatni tashkil etadi.
Boshlang’ich ta’lim kafedraning ilmiy salohiyati 36 % ni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda kafedraning barcha prof-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqdalar.
Jumladan, kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan “Jismoniy madaniyat va sport nazariyasi” o’quv va sport to’garaklari yo’lga qo’yilgan bo’lib, gazeta-jurnallarga tavsiya etish ishlari doimiy yo’lga qo’yilgan va ular bilan maqolalar chop etilib kelinmoqda hamda yoshlarga Kurash, Dzyudo, Engil atletika, Futbol, Basketbol, Voleybol, Gandbol sport turlaridan to`garaklar faoliyat yurutilmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi tuzilgan, darsdan keyin iqtidorli talabalar bilan qo’shimcha dars va sport to`garaklar kafedra professor o’qituvchilari tomonidan o’tilmoqda. Kafedra o’qituvchilari umumta’lim maktablari, akademik litsey va mahalla yoshlarin bilan hamkorlik
ishlarini amalga oshirishdi.
Shuningdek ta’lim muassasalari bilan pedagogik amaliyotni yo’lga qo’yish bo’yicha hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo’lsada ammo tumanlar kesimida pedagogik amaliyotni nazorat qilish, ularga uslubiy ko’rsatma berish imkoni qiyin kechmoqda.
Kafedradagi xujjatlar yig’ma jildlari o’rganilganda, kafedrada fakultet dekanati bilan hamkorlikda talabalar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy, ta’limtarbiya ishlarining samaradorligini oshirish, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini shakllantirish, ularda yuksak insoniy fazilatlarni, ona Vatanimiz va halqimizga sadoqat ruhini singdirish shuningdek, “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish borasida tegishli tadbirlar amalga oshirilgan.
KAFEDRA TARIXI. Kafedra 2021-2022 o’quv yilining 26-avgustida “Jismoniy madaniyat” kafedrasi negizida tashkil topdi.
· Tarix, san`at va sport fakultetida “Jismoniy madaniyat” kafedrasi deb nomlandi.
· 2022 yildan boshlab kafedra “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” deb ataldi.
· 2021- hozirgi vaqtgacha kafedrani dots. I. A Daminov boshqarib kelmoqda.
Kafedraning o’rtacha yoshi 44 yosh, kafedrada o’qitiladigan fanlar soni – 29 ta, jumladan 11 tasi tanlov fanlaridan iborat.
O’quv yili davrida kafedrada 19 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan, 1 nafari fan nomzodi (Q. A Alimov), 3 nafar dotsentlar (I. Daminov, I.Xasanov, O. Begimqulov), katta o’qituvchi 2 nafar (O`. Salimov, N. Muxammadiyev va 13 nafar o’qituvchilardir.
Kafedraning ilmiy ishlari. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Web of Science”, “Scopus” jurnallarida 3 ta, Xalqaro miqiyosida 86 ta, Respublika jurnali va ilmiy-amaliy konferentsiyalarida 100 dan ortiq ilmiy ishlar chop etildi. Shuningdek, kafedra o’qituvchilari 4 ta darslik (I. Daminov, O. Begimqulov), monografiya 1 ta (I.Xasanov), 4 ta o’quv qo’llanmalar nashr etilgan. Kafedra o’qituvchilari I. Xasanov, N. Muxammadiyev va J. Amirqulovlarning qator ilmiy-metodik ishlari nashr ettirilmoqda, I.Daminov, O`.Salimovlar monografiya, M Usmonov o’quv qo’llanma chiqarish arafasida.
Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan barcha o’qitilayotgan fanlardan raqamli uslubiy ta`minotlarning qog’oz va elektron variantlari yaratildi. Fanlardan test banklari, kurs ishlari banklari qayta tayyorlandi.
Kafedra professor-o’qituvchilar reja asosida kafedra miqyosida ochiq darslar tashkil etildi. O`tgan o’quv yili davomida kafedra bo’yicha ochiq dars, ilmiy seminarlar rejalashtirilgan bo’lib muvafiqqiyatli bajarilib kelinmoqda.
Institut o’quv boshqarmasi rejasiga muvofiq 2022 yil oktabr oyidan hozirgi kungacha quyidagi kafedra prof-o’qituvchilaridan Oliy ta’lim tizimi pedagog va kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida mutaxassislik bo’yicha qayta malakasini oshirish rejalashtirilgan
Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling