Kafedra: Marketing va menejment Fan: Ish yuritish etikasi Amaliy ish Mavzu


Download 33.63 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi33.63 Kb.
#1567080
  1   2   3
Bog'liq
Etika MI


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Kafedra:Marketing va menejment
Fan: Ish yuritish etikasi

Amaliy ish
Mavzu: Mehnat havfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari.
Bajardi: BUE001-2guruh talabasi
Meylikov Bahodir
Tekshirdi: Xadjiyeva Nazokat

Reja:



  1. Korporativ madaniyat modellari.

  2. “Boshqaruv madaniyati” tushunchasi, uning darajasini belgilaydigan omillar va shartlar.

  3. “ Davr bank ” korporativ madaniyati va etikasi.

Korporativ madaniyat” tushunchasi yagona to‘g‘ri talqinga ega bo‘lmagan boshqaruv fanlari tushunchalari sinfiga mansub. Deyarli har bir tadqiqotchi tashkilot madaniyatining o‘z original ta’rifini keltiradi. Barcha ta’riflar ikkita asosiy guruhga bo‘linishi mumkin. Birinchi guruhga korporativ madaniyat elementlari ko‘rsatiladigan ta’riflar kiradi. Masalan, tashkiliy madaniyat – tan olingan qadriyatlar, e’tiqodlar, me’yorlar va tashkilotdagi xulq-atvor shakllari. Ikkinchi guruh tashkilot madaniyati tashqi muhitga moslashuv, mavjudlik usuli sifatida ko‘rib chiqiladigan ta’riflarni birlashtiradi. Masalan, E.Sheynning quyidagi keltirilgan ta’rifi: “Korporativ madaniyat” tushunchasi ko‘plab ma’no va mazmunga ega. Edgar Sheynning fikriga ko‘ra, korporativ madaniyat bu tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashish va ichki integratsiya muammolarini hal qilishda guruh tomonidan olingan jamoaviy asosiy g‘oyalar namunasi bo‘lib, uning samaradorligi qimmatli deb hisoblash uchun va guruhning yangi a’zolariga aytib o‘tilgan muammolarni to‘g‘ri idrok etish va ko‘rib chiqish tizimi sifatida yetarli bo‘lib chiqadi. Maykl Armstrong korporativ madaniyat deganda ehtimol, so‘zlar bilan ifodalanmagan, lekin insonlar o‘zini qanday tutishi va qanday harakat qilishini shakllantiradigan qadriyatlar, me’yorlar, ko‘rsatmalar va taxminlar modeli tushuniladi. Girt Xofstede, milliy madaniyatning ish o‘rniga ta’sirini tadqiq etish borasidagi kashshof, tashkiliy madaniyatni “bir tashkilot a’zolarini boshqa tashkilot a’zolaridan farqlaydigan fikrlarni jamoaviy dasturlash” sifatida ta’riflaydi.




Download 33.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling