Kafedra: Radio elektron qurilmalar va tizimlari
Adaptiv antenna tizimlari
Download 57.88 Kb.
|
Уринбоев
Adaptiv antenna tizimlari
Hozirgi vaqtda antenna texnologiyalari radiotarmoqlarning sig’imini oshiruvchi “oltin kalitga” aylandi. Bu jarayon 60º va 120º yo’naltirish diagrammasi (YD) ga ega bo’lgan va bir sota sifatida ishlagan sektorli antennalardan boshlangan edi. Masalan, GSM tarmoqlarining sig’imi uchta 120- gradusli sektorli antennalar ishlatilishi tufayli uch martaga oshishi mumkin. Yangi panjarali adaptiv antenna tizimlari tor YD – nurlardan foydalanib fazoviy multiplekslash imkoniyatini kengaytiradi. Panjarali adaptiv antennalar tizimlariga signalning kelish yo’nalishi - DoA (ingl. Direction of Arrival) ni aniqlash va mos ravishda o’z YD ni sozlash imkoniyati bilan farqlanadigan “aqlli” (intellektual) antennalar ham kiradi. Yo’naltirilgan antennalar, shuningdek, umumiy nurlantiriladigan quvvatni xam sezilarli kamaytirishga imkon berib, kanallararo interferensiyani kamaytiradi. Abonent uskunalari bilan teskari aloqa bor-yuqligidan qat’iy nazar “aqlli” antennalar mustaqil ravishda AU ga yo’naltirilgan nurlarni shakllantirishi mumkin. Ammo, qo’shimcha, AU bilan teskari aloqa bo’lsa, murakkab antenna panjaralarini soddalashtirish imkoni paydo bo’ladi. Aksincha, MIMO tizimlari, odatda, AU bilan teskari aloqa mavjudligini talab qiladi. “Nurlarni shakllantirilish” - bu antenna panjarasining nursimon YD ni yaratish uchun foydalaniladigan usuldir. U barcha antenna panjaralari tizimlarida qo’llanilishi mumkin. Buni hisobga olganda “aqlli” antenna tizimlari ikki guruhga bo’linishi mumkin (1-rasm) Oldindan aniqlangan turg’un (rus. fiksirovannыy) YD larning cheklangan soniga ega fazalashtirilgan antenna panjaralari tizimlari (yoki, nurlarni turg’un tarzda shakllantirish); Real vaqt rejimida radiomuhitning real sharoitlariga moslashtirilgan YD larning cheksiz soniga ega adaptiv antenna tizimlari (ingl. Adaptive Antenna System, AAS) (yoki, nurlarni adaptiv (moslashuvchan) tarzda shakllantirish). (1 rasm) Nurlarni turg’un va adaptive tarzda shakllantirilishi Download 57.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling