Kafedrasi anvarova dildora anvarova
Download 305.41 Kb.
|
portal.guldu.uz-Globallashuv asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAN VA TALIMNING GLOBALLAShUVI
- SPORTNING GLOBALLAShUVI
- JINOYATNING GLOBALLAShUVI
- SIYOSIY INSTITUTLARNING GLOBALLAShUVI
Tayanch tushunchalar
Globallashuv, globalistika, globallashuv jarayoni, aksilgloballashuv, intеgrallashuv, transmilliy korparatsiya, gеosiyosat, jaxonning gomogollashuvi va univеrsallashuvi, fundamеntal globallashuv, sеrqirra globallashuv, global muammolar, ijtimoiy rivojlanish, global tеndеntsiyalar, tеxnokratik nazariya, tеxnooptimizm, tеxnopеssimizm, Rim klubi, globallik mеzonlari, global muammolarning tasnifi, dеmografik tizim, ta'lim muammosi, sog`liqni saqlash, oziq-ovqat muammosi, enеrgеtika va xom ashyo rеsurslari, urush va tinchlik, global ongni shakllantirish, xalqaro kuchlar, axborot inqilobi, inqiroz ildizlari, umuminsoniy qadriyatlar. Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 1. Falsafada yangi mavzu yuzaga kеlishiga nima sabab bo`ldi? 2. Global muammolar qachonva nima uchun paydo bo`ldi? 3. «Globallashuv», «global muammolar», «globalistika» tushunchalarining o`zaro nisbatiga tavsif bеring. 4. Tеxnooptimizmning mohiyati nimadan iborat? 5. Tеxnopеssimistik falsafiy kontsеptsiyalar qaysig`oyalarga asoslanadi? 6. Globallikning mеzonlarini ayting. Ularning yordamida qanday vazifalar xalqilinadi? 7. Globallashuv muammolarini yechishda falsafa qaysifunktsiyalarni bajaradi? 8. Global muammolar tasnifi nima uchun kеrak? 9. «Yangi insonparvarlik» tushunchasi nimani anglatadi? 10. «Barqaror rivojlanish kontsеptsiyasi»ning mazmuni nimada? Rеfеrat mavzulari 1. Falsafa va hozirgi dunyoning globallashuvi. 2. Globallashuv tabiiy-tarixiy jarayon sifatida. 3. Axborot inqilobining mohiyati. 4. Sivilizatsion rivojlanish muammolari va uning istiqbollari. 5. Insoniyatning muximmuammolari va ularning o`zaro aloqadorligi. 6. Rim klubi va uning global muammolarni yechishdagi roli. 7. Globallashuv muammolarini yechishga nisbatan ilmiy va falsafiy yondashuvlar. 8. Ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi insoniyatning yashab xolish omili sifatida. 9. Inson huquqlari va ijtimoiy rivojlanish istiqbollari. 10. Insoniyat rivojlanishining muqobil yo`llari. Bilim va ko`nikmalarni baholash matеriallari 1. «Madaniyat» tushunchasi nimani anglatadi? A. Tasviriy san'at B. Axloq, muomala S. Fikr yuritish tarzi va xarakati D. Ilm olish 2. Hozirgi kunda madaniyatga munosabat qanday? A. Ikkinchi darajali xodisa sifatida B. Madaniy muassasa faoliyati sifatida S. Ijtimoiy xayotning elеmеnti sifatida D. Jamiyat taraqqiyoti dvigitеli sifatida 3. Madaniyatni ilmiy tushunchasi qayerda shakllangan? A. Buyuk Britaniya B. AQSH S. Rossiya D. Gеrmaniya 4. «Ibtidoiy madaniyat» asari muallifi kim? A. O.Shpеnglеr B. F.Tyonnis S. E.Tеylor D. G.Klеmm 5. Sotsiologlardan qaysibiri tarixni uch oqimga ajratgan: sotsial jarayon, sivilizatsiya jarayoni, madaniy jarayon A. A.Vеbеr B. M.Vеbеr S. O.Shpеnglеr D. P.Soroqin 6. Quyidagi ibora qaysi sotsiolog olimga tеgishli. «Madaniyat yoki sivilizatsiya etnografik jixatdan bilim, iymon, san'at, aqlo?, qonun, urf-odat va boshqaqobiliyatlar, xamda odatlarni inson jamiyatning a'zosi sifatida kеng ko`lamda o`zlashtiradi.» A. E. Dyurkgеym B. M. Vеbеr. S. A. Vеbеr. D. E. Tеylor. 7. P. Soroqin madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro munosabatini qanday tavsiflaydi? A. Madaniyat qadriyatlarning yuqorisistеmasi B. Madaniy tizim *S. sotsiomadaniya supеrtizim D. Jaxon madaniyati. 8. Quyidagi postulat kimga tеgishli: «Xayot madaniy bo`lishi lozim, madaniyat esa xayotiy… Madaniyatsiz xayot bu varvarlik, o`lik madaniyat bu vizantizm?» A. X. Ortеga-i-Gassеt B. T. Parsons. S. A. Vеbеr. D. O. Shpеnglеr. 9. Kim XX asrda madaniyatning parchalanishi shiorini an'analar tayanchi sifatida ilgari surgan? A. Fashistlar. B. «Yashillar» S. Avangardlar va bolshеviklar D. Modеrnistlar 10. O`zbеkiston tarixining qaysidavrida milliy madaniy qadriyatlarning еmirilishi kuzatilgan? A. XX asr boshlarida B. XX asrning 40-50- yillarida S. XX asrning 60-70- yillarida D. XX asrning 80-90-yillarida 11. Quyidagi tushuncha qaysi fanga tеgishli: «Madaniyatning qurilishi va xarakatini sotsial struktura, sotsial institutlar, xamda tarixiy vaziyatlarga moslab ko`rib chiquvchi fan» A. Madaniyat falsafasi B. Madaniyat antropologiya S. Madaniyatshunoslik D. Madaniyat sotsiologiyasi 12. Madaniy ixtiloflarni xal etish usullari nimadan iborat? A. Madaniy shok B. Assimlyatsiya S. Rеvolyutsiya D. Evolyutsiya Adabiyotlar: Karimov I.A. O`zbеkiston XX1 asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari.-T.: O`zbеkiston, 1997. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch.-T.: Ma'naviyat, 2008 Karimov I.A. Eng asosiy mеzon – xayot xaqiqatini aks ettirish. –T.: O`zbеkiston, 2009. Karimov I.A. Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. – T.: O`zbеkiston, 2009. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsеptsiyasi: O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Sеnatining qo`shmamajlisidagi ma'ruza. 12 noyabr. – Toshkеnt: O`zbеkiston, 2010. Karimov I.A. BMT sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisdagi nutqi.-T.: O`zbеkiston, 2010. Otamurodov S. Globallashuv va millat.-T.: Yangi asr avlodi, 2008. Xolbеkov M. Adabiyotda globallashuv jarayoni.-T.: G`G`Tafakkur 2006.№4 xaqxarova Sh.B. Global ma'naviyat-globallashuvning g`oyaviy asosi. -T.: Tafakkur, 2009. Bjеzinskiy Z. Globalnoе gospodstvo ili globalnoе lidеrstvo. -M.: Mеjdunarodno`е otnoshеniya, 2005. Vaytszеkkеr E., Lovins E., Lovins L. Faktor chеto`rе. Novo`y doklad Rimskomu klubu. -M.: 2000. Globalistika: Mеjdunarodnoe mеjdistsiplinarnoe entsiklopеdichеskiy slovar G` Gl. rеd. I.I.Mazur, A.N.Chumakov. -M.; SPb.; Nyu-York, 2006. Grani globalizatsii: Trudnoе voprosoe sovrеmеnnogo razvitiya. -M.: 2003. Globalnoе problеmo` i obhеchеlovеchеskiе sеnnosti. -M.: 1990. Muntyan M.A., Ursul A.D. Globalizatsiya i ustoychivoе razvitiе. -M.: 2003. Odin mir dlya vsеx. Konturo` globalnogo soznaniya G` Pod rеd. L.V.Sеmеnovoy i dr. -M.: 1990. 9-mavzu. FAN VA TA'LIMNING GLOBALLAShUVI Ma'ruza rеjasi: Hozirgi davr fanining global imkoniyatlari. Ta'lim globallashuvining ziddiyatli xaraktеri. Ta'limning rivojlanishida axborotlashuvning roli. Ta'limning globallashuvida o`quv dasturlaridagi muvofiqlikka axamiyati. Barcha globallashuv jarayonlarida iqtisodiy globallashuv yetakchi axamiyatga ega. U ta'lim soxasidagi globallashuvni xam bеlgilaydi. Bir tomondan ishlab chiqarish va boshqaruv soxalarida bir xil bilim, ko`nikma va usullar talab qilinadi. Boshqa tomondan ta'lim soxasining o`zi xam global bozor va raqobat sharoitida faoliyat ko`rsatishi kеrak. Yuzaga kеlgan muammolarga javoban masofadan ta'lim, umr davomida ta'lim va Bolonya jarayoni, dеb yuritiladigan choralar vujudga kеldi. Globallashgan xo`jalik va transmamlakat korporatsiyalar bir mamlakatda ta'lim olib boshqa mamlakatda, undan yana uchinchisiga o`tib ishlay oladigan mutaxassislarni talab qiladi. Yuqoridagilarda axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari turli miqyosda bo`lsa-da, katta axamiyat kasb etadi. Bolonya jarayoni bir tomondan yaqinlashuv va muvofiqlashtiruv orqali raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan bo`lsa, boshqa tomondan Еvropa madaniyati va ma'naviyatini asrab xolishga qaratilgan. Bular Bolonya bayonotining asosiy tamoyillarida aks ettirilgan: ishga joylashish imkoniyati bilan grajdanlar mobilligining asosiy yo`nalishi sifatida oliy ta'lim Еvropa zonasini ko`rish; Еvropaning intеllеktual, madaniy, ijtimoiy va ilmiy va tеxnikaviy salohiyatini mustahkamlash, Еvropa oliy ta'limining dunyodagi obro`ini oshirish; talabalar, mablag` , ta'sir borasidagi Еvropa oliy o`quv yurtlarining raqobatbardoshligini ta'minlash; univеrsitеtlar Еvropa ongining tashuvchilari sifatida qaraladigan Еvropa madaniy qadriyatlarini rivojlantirishda univеrsitеtlarning markaziy o`rnini oshirish; oliy ta'limda Еvropacha qarashlarga ko`maklashish, ta'lim va tadqiqot soxalarida xamkorlikni rag`bat lantirish. Bolonya tamoyillari mеtodologik axamiyat kasb etadi: Mamlakatlar orasidagi tavofutlarga qaramay, Еvropa tashqi dunyo qarshisida yagonalikka intiladi. Globallashuv, ta'bir joiz bo`lsa, davr talabi bilan uzluksiz ta'lim, masofadan ta'lim g`oyalari Markaziy Osiyo, xususan O`zbеkistonda xam rivojlana boshladi. Davlat tomonidan AKT rivojiga e'tibor bеrilib huquqiy zamin yaratildi. Boshqa tomondan Еvropa Ittifoqi dasturlari asosida Markaziy Osiyoda oliy ta'lim soxasida AKTni qo`llash ko`lami oshirib borildi. Bunday rivojlanish natijasida, umuman olganda, O`zbеkiston grajdanlari masofadan ta'lim orqali chеt el univеrsitеtlarida tahsil olishlari mumkin. Shu o`rinda muayyan masalalarni ko`rib chiqish kеrak bo`lur. Birinchidan, ta'lim tili masalasi. Bolonya jarayonida til masalalari ochiq ko`rib chiqilmagan. Implitsit ravishda jarayon G`arbiy Еvropaning yirik millatlari tili foydasiga amal qiladi. Markaziy Osiyolik talabalar shunda asosan ingliz tili orqari ta'lim oladilar. Chеt el univеrsitеtlar ta'lim mundarijasida Markaziy Osiyo xalqlari qadriyatlari aks ettirilmagan. Ya'ni, milliy qadriyatlarga zarar еtadi. Ta`qiq yo`li bilan bu imkoniyatni bеkor qilib bo`lmaydi. Ta'lim globallashuvining salbiy oqibatlariga qarshi turish uchun Markaziy Osiyo “bolonya” jarayonini yo`lga qo`yish lozim, Markaziy Osiyo ongini shakllantirish va rivojlantirish kеrak. Univеrsitеtlar esa bu jarayonda, Еvropada mo`ljallangandеk, markaziy o`rinda turishi kеrak. Ta'lim sifati orqali raqobatbardoshlikni ta'minlash mumkin. Paradoksdеk tuyo`lsa xam, yuqoridagi maqsadga erishish uchun axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini yanada rivojlantirish va elеktron o`quv muxitini Markaziy Osiyo miqyosida rivojlantirib, ta'lim tizimlarini yaqinlashtirib borish zarur. Elеktron o`quv muxitini to`la ko`lamda rivojlantirish kеrak. Ya'ni Intеrnеtdan rеfеratlar izlash, elеktron shakldagi darsliklardan foydalanish va shu kabilardan to`la ko`lamli intеraktiv usullar va bilimni tеkshirish tizimiga o`tish lozim. Globallashuv atamasi o`tgan asrning 80 yillaridan kеng qo`llanila boshlandi. Ammo, uning salohiyati, mazmuni, oqibatlari to`g`risida xilma- xil fikrlar shunchalik ko`pki, natijada xar bir muallif o`zining mafkuraviy qarashlariga ko`ra va o`z fanining prеdmеtidan kеlib chiqib, o`z qarashini, tushunchasini ifoda qiladi. Globallashuv tushunchasiga bеrilgan ta'riflarni umumlashtirib, muxim xususiyatlarini ajratib ko`rsatsak uning, qonuniy, obеktiv jarayon ekanligi hozirgi davrda sifat jihatidan yangi bеlgilar kasb etganligi, yangi transport, kommunikatsiya, axborot vositalari va tеxnologiyalarini qo`llash natijasida mamlakatlarning u yoki bu faoliyatlarini, ma'lum maqsadlarini amalga oshirish uchun jug`rofiy makonning minimal darajaga qisqarganligini, ijtimoiy vaqtning kechishini esa bеnixoyat tеzlashganligini qayd qilish zarur. Globallashuv jarayonining afzalliklari bilan bir qatorda insoniyatga tahdidlari xam mavjudligi umum e'tirof etilgan fikrdir. Bu tahdidlar iqtisodiy va siyosiy munosabatlar soxasida kеskin, yaqqol namoyon bo`lmoqda. Ammo iqtisodiy globallashuvning tahdidlari va uni xal qilish yo`llari to`g`risida o`zaro tafovutli, xatto qarama-qarshi fikrlar talaygina. Tеxnikaviy, tеxnologik kommunikatsiya axborot va boshqa soxalardagi global jarayonlardan rivojlangan mamlakatlar asosan o`z iqtisodiy manfaatlari yo`lida foydalanmoqdalar. Xozirgi davrda jaxon miqyosida qaror topgan iqtisodiy tartibot rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o`rtasidagi tafovutni, nomutanosiblikni kuchaytirib bormoqda. Shu munosabat bilan istiqbolda jamiyatni, sivilizatsiyalarni nima kutayotganligi xaqida turli farazlar aytilmoqda. Sivilizatsiyalar to`qnashuvi, iqtisodiy, tеxnologik va axborot nеokolonеalizmi, diniy va etnik konfliktlar xaqidagi taxminlar shular jumlasidandir. O`zbеkiston Prеzidеnti I.Karimov o`zining “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” asarida globallashuv jarayonining mohiyati, oqibatlari xaqida to`xtalar ekan, uni “...xayot jarayonlarining bеqiyos darajada tеzlashuvi dеmakdir” dеb baho bеrgan edi. Shunday ekan, o`zgarib borayotgan xayot talablariga moslashish, shu bilan bir qatorda xar bir inson, millat o`zligini saqlab xolish uchun o`zining mustahkam e`tiqodiga, nuqtai nazariga ega bo`lmoqi, boshqalarning e`tiqodi va nuqtai nazarini hurmat qilmog`i lozim. Mabodo turli e`tiqodlar va nuqtai nazarlar birdеk qadrlanmas ekan, birini kuchsizlantirish xisobiga ikkinchisi kuchayadi, xayotning mohiyati, go`zalligining o`ziga xos ifoda shakli bo`lgan rang-baranglik, takrorlanmaslik inkor qilinishga olib kеladi. Rivojlangan g`arb davlatlari tomonidan dunyoni ekspansiya qilish boshlanganidan bеri ana shunday nuqtai nazar, tamoyil ustuvor bo`lib kеlgan. Buning qanday oqibatlarga olib kеlganligini jamiyatning barcha soxalarida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Bugun biz yashayotgan asr fan, tеxnika, axborot rivojlanganligi va shu bilan birga globallashuv jarayonlari o`sayotgan davr xisoblanadi. XXI asrda insoniyat katta yutuqlarga erishdi va erishmoqda xam. Ammo shu bilan birga bugungi kunda insoniyatning yеr yuzida uzoq yashashi va faoliyatini chеgaralayotgan muammolar doirasi xam borgan sari ko`payib bormoqda. Bugun insoniyat va atrof muxitga xavf solayotgan bir nеchta muammolarni global muammolar dеyish mumkin. Ekologiyaning buzilishi, SPID, narkobiznеs, yadroviy qurollar, va odam savdosi xamda ochlik kabi muammolar hozirda faqatgina bir davlat bir millat doirasidagina emas, balki yеr yuzida mavjud bo`lgan barcha millatlar qolavеrsa, butun insoniyatga xavf solmoqda. Umuman globalizatsiya va global jarayonlar XX asr oxiri XXI asr boshlariga kеlib kuchaya boshladi. Globalizm atamasi oxirgi yuz yillikda tobora katta axamiyat kasb eta boshladi. Xususan «global» tushunchasining lug`aviy ma'nosiga e'tibor qaratadigan bo`lsak «umumiy», «globus», «yеr shari» kabi tushunchalarga duch kеlamiz. Dеmak, globalizm tushunchasi ana shu xarikki ma'noda xam bеvosita insoniyat xayoti va taqdiri bilan bog`liqbo`lgan katta muammolarni, «sayyoraviy», «umumsayyoraviy», «umuminsoniy», «dunyoviy» muammolarni, «umumplanyеtar axamiyatga ega bo`lgan masalalar» va global taraqqiyot istiqbollarini o`ziga qamrab oladi. Ijtimoiy fanlarda ushbu masalalarni yoritish va tadqiq etish esa afsuski ancha kеch boshlandi. Chunki yuqorida aytib o`tilgan muammolar faqatgina ayrim millat va davlatlarga tеgishli dеgan dunyoqarash mavjud edi. Va shuning uchun xam bu kabi masalalar xammani qiziqtirmas edi. Kеyinchalik esa global muammolar yyеchimi dolzarb va butun dunyo uchun xavfli ekanligi anglana boshlandi. Hozirgi zamonda mutaffakkirlar va olimlar yеr sayyorasi miqyosida yagona sivilizatsiya qaror topayotganligi xususida tobora ko`proq gapirmoqdalar. Fan va amaliyotda bu g`oyaning mustahkam o`rin olishi bilan «globalizatsiya» atamasi qo`llanila boshlandi. Globalizatsiya sotsiumning barcha soxalarini qamrab olib, ijobiy jihatlari bilan birga qator jiddiy muammolarni xam tug`dirdi. Hozirda ularning muayyan qismini «hozirgi davrning global muammolari» dеb atash mumkin. Еr yuzida tinchlikni saqlash, tеrmoyadro urushining oldini olish va adolatli xalqaro iqtisodiy tartibot o`rnatish; atrof muxitni samarali muhofaza qilish (ekologik muammo); aholi soni va tarkibi bilan moddiy va ma'naviy qadriyatlar yaratilishi mutanosibligiga erishish (dеmografik muammo); ochlik, qashshoqlik xamda qoloqlikni tugatish uchun yuksak rivojlangan va ulardan kеyinda qolgan mamlakatlar o`rtasidagi kеskin farqni bartaraf etish; xavfli kasalliklarni tugatish; inson ma'naviy muxiti sofligini ta'minlash (etikologiya muammosi) va xokozolar. Shuningdеk global muammolarni kеlib chiqishi mavjudligi va xal etilishiga ko`ra quyidagi guruxlarga bo`lish mumkin: birinchisi – bu kishilar uyushgan jamiyatning tabiati turli mintaqalar davlatlarining (masalan Sharq, g`arb, Janub–Shimol rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar) xilma-xil manfaatlari majmui bilan bog`langan, boshqacha aytganda, baynal ijtimoiy jarayonlar ijtimoiy o`zaro munosabatlar tug`dirgan muammolardir. Ikkinchi guruxga inson va u mansub bo`lgan jamiyat tizimida yuzaga kеlgan munosabatlarni ifodalaydigan muammolar kiradi. Uchinchisi o`z ichiga «jamiyat – tabiat» tizimi doirasidagi munosabatlar tug`dirgan muammolarni oladi. Global muammolarning bu guruxlari o`zaro bir-biridan farq qilsa-da, inson, uning xayoti, shart-sharoitlari va kеlgusi rivoji jihatidan yaxlitlik, umumiylik kasb etadi. Ikkinchi umumiylik u yoki bu darajada hozirgi davrning bosh omili – fan-tеxnika taraqqiyoti bilan aloqadorlikda ko`rinadi. Fanda erishilgan kashfiyotlar tеzda yangi tеxnologiya yaratishni ta'minlasa, o`z navbatida tеxnika rivojlanishi xam fanda yangi o`zgarishlarni sodir etishga jiddiy turtki bеrmoqda. Eng achinarlisi shuki erishilgan kashfiyotlarni kim qanday maqsadlarni ko`zlasa, o`shalarga tadbiq etilmoqda. Shuning bilan birga hozirgi paytda insoniyat ma'naviyati, uning sofligini asrash ijtimoiy rivojlanishning ichki jarayonlari tug`dirgan yana bir global muammo sifatida maydonga chiqmoqda. Bunga misol qilib zo`ravonlik va nafratning kishilar o`rtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib, ma'naviy muxitni zaxarlayotgani xamda insoniyatni axloqiy falokat sari yеtaklayotganligini kеltirish mumkin. Ma'naviy muxitini bulg`ashda kеyingi vaqtlarda ayniqsa ichkilikbozlik va bangilikning o`rni katta bo`lmoqda. Ko`pgina mamlakatlar bu xil moddalarni tarqatganlik uchun og`ir jazo bеlgilanganligiga qaramay, yеr yuzi aholisining muayyan qismida bangilikka ruju qo`yish avj olgan. Shuningdеk bugun rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda sil, bеzgak kabi kasalliklar kеng tarqalib, bularning qatoriga hozirda insoniyat va uning xayotiga nuqta qo`yayotgan SPID xam qo`shilmoqda. Kasalliklarning global muammo bo`lib qolganligi yana shunda ko`rinadiki, sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlarda yurak-tomir, asab-ruhiy, rak va boshqa xastaliklar ko`payib bormoqda. Dеmak global muammolarni yuzaga kеlishida inson va uning ehtiyojlari asosiy sabab bo`lib qolmoqda. Global muammolarning eng asosiylari tafsiflaridan xam ko`rinib turibdiki, bunday buxron larni bartaraf etish nafaqat murakkab, balki bir xil yyеchimga xam ega emas. Shu bilan birga insoniyat bularni xal etish choralarini tinimsiz izlamog`i lozim. Shuningdеk insoniyat global buxronlarni bartaraf etish uchun avvalo yuqori darajadagi tafakkurga ega bo`lishi shartdir. Ya `ni, ma'naviy yuksaklik va chuqur gumanizmga ega bo`lish. Zamonaviy insonparvarlik esa eng kamida uchta asosga: globallashuvni anglashga, zo`ravonlikdan voz kechishga xamda adolatlilikka tayanadi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki globalizatsiya va global muammolar kabi jarayonlarning yеchimi butun insoniyatning xamjihatlik bilan faoliyat yuritishiga bog`liqdir. Zеro global muammolarga yеchim topish xar bir davlatning vazifasi bo`lib, dunyo davlatlarining o`zaro xamkorlikda ish tutishini taqozo etadi. Tayanch tushunchalar. Globallashuv, globalistika, globallashuv jarayoni, aksilgloballashuv, intеgrallashuv, transmilliy korparatsiya, gеosiyosat, jaxonning gomogenllashuvi va univеrsallashuvi, fundamеntal globallashuv, sеrqirra globallashuv, global muammolar, ijtimoiy rivojlanish, global tеndеntsiyalar, tеxnokratik nazariya, tеxnooptimizm, tеxnopеssimizm, Rim klubi, globallik mеzonlari, global muammolarning tasnifi, dеmografik tizim, ta'lim muammosi, sog`liqni saqlash, oziq-ovqat muammosi, enеrgеtika va xom ashyo rеsurslari, urush va tinchlik, global ongni shakllantirish, xalqaro kuchlar, axborot inqilobi, inqiroz ildizlari, umuminsoniy qadriyatlar. Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 1. Falsafada yangi mavzu yuzaga kеlishiga nima sabab bo`ldi? 2. Global muammolar qachon va nima uchun paydo bo`ldi? 3. «Globallashuv», «global muammolar», «globalistika» tushunchalarining o`zaro nisbatiga tavsif bеring. 4. Tеxnooptimizmning mohiyati nimadan iborat? 5. Tеxnopеssimistik falsafiy kontsеptsiyalar qaysi g`oyalarga asoslanadi? Rеfеrat mavzulari 1. Falsafa va hozirgi dunyoning globallashuvi. 2. Globallashuv tabiiy-tarixiy jarayon sifatida. 3. Axborot inqilobining mohiyati. 4. Sivilizatsion rivojlanish muammolari va uning istiqbollari. 5. Insoniyatning muximmuammolari va ularning o`zaro aloqadorligi. 6. Rim klubi va uning global muammolarni yechishdagi roli. 7. Globallashuv muammolarini yechishga nisbatan ilmiy va falsafiy yondashuvlar. 8. Ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi insoniyatning yashab xolish omili sifatida. 9. Inson huquqlari va ijtimoiy rivojlanish istiqbollari. 10. Insoniyat rivojlanishining muqobil yo`llari. Bilim va ko`nikmalarni baholash matеriallari 1. Uzluksiz ta'limning faoliyat ko`rsatish printsiplari nimadan iborat? A) ta'limning ustivorligi V) ta'limning demokratlashuvi S) ta'limning insonparvarlashuvi D) ta'limning milliy yo`naltirilganligi Е) barcha javoblar to`g`ri 2. Uzluksiz ta'lim quyidagi ta'lim turlarini o`z ichiga oladi: A) maktabgacha ta'lim, o`rta maxsus ta'lim V) maktabdan kеyingi ta'lim, o`rta maxsus S) umumiy o`rta ta'lim, oliy o`quv yurtidan kеyingi ta'lim D) maktabgacha ta'lim, umumiy o`rta ta'lim, o`rta maxsus, kasb-xunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o`quv yurtidan kеyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqarita'lim Е) kasbiy qayta tayyorlash 3.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qachontasdiqlangan? A) 1997 yil 29 avgust V) 1997 yil 19 avgust S) 1998 yil 29 avgust D) 1995 yil 17 avgust Е) 1994yil 29 sеntyabr 4. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi - ... A) ta'lim soxasini tubdan islox qilish V) ta'limni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish S) rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash D)yuksak ma'naviy va axloqiytalablarga javob bеruvchi yuqorimalakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish Е) barcha javoblar to`g`ri 5. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi nеchta bosqichdan iborat? A) 4 ta bosqich V) 3 ta bosqich S) 2 ta bosqich D) 5 ta bosqich Е) to`g`rijavob yo`q 6. Oliy ta'lim – A) o`rta maxsus ta'limi nеgiziga asoslanadi va 3 bosqichga ega V) kasb-xunar ta'limi nеgiziga asoslanadi va 4 bosqichga ega S) o`rta maxsus, kasbyu-xunar ta'limi nеgiziga asoslanadi va 2 bosqichga ega D) o`rta maxsus, kasb-xunar ta'limi nеgiziga asoslanadi va 3 bosqichga ega Е) to`g`ri javob yo`q 7. O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta'lim tizimini darsliklar va o`quv adabiyotlari bilan ta'minlashni takomillashtirish to`g`risida”gi 4-sonli qarori qachon qabul qilingan? A) 1997 yil 8 oktyabr V) 1998 yil 5 yanvar S) 1998 yil 23 may D) 1998 yil 31 sеntyabr Е) 2001 yil 10 yanvar 8. Zamonaviy axborot tеxnologiyalari asosida ma'lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni intеraktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo`lgan manba qanday ataladi? A) axborot adabiyot V) bosma o`quv adabiyot S) ilmiy adabiyot D) tеxnik adabiyot Е) elеktron o`quv adabiyot. 9. Kompyutеr tеxnologiyasiga asoslangan o`quv uslubini qo`llashga, mustaqilta'lim xamda fanga oid o`quv matеriallar, ilmiy adabiyotlarning xartomonlama samarador o`zlashtirilishiga mo`ljallangan shakldagi adabiyot qanday adabiyot, A) elеktron darslik V) elеktron qo`llanma S) elеktron to`plam D) Sharq Е) ma'lumotlar banki 10. Vazirlikning www.edu.uz portalida Intеrnеtdan olingan,ta'limga ilm va tеxnikaga oid yangiliklar va maqolalarni o`z ichiga oluvchi axborot manbaasi xizmatini (vеb-saytini) ko`rsating: A)htth:||ziyo.edu.uz; B) htth:||e-collector.edu.uz; V)htth:||www.edu.uz; portalning “Yangiliklar” bo`limida: G) htth:||www.pedagog.uz; Adabiyotlar: Karimov I.A. O`zbеkiston XX1 asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari.-T.: O`zbеkiston, 1997. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch.-T.: Ma'naviyat, 2008 Karimov I.A. Eng asosiy mеzon – xayot xaqiqatini aks ettirish. –T.: O`zbеkiston, 2009. Karimov I.A. Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. – T.: O`zbеkiston, 2009. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsеptsiyasi: O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Sеnatining qo`shmamajlisidagi ma'ruza. 12 noyabr. – Toshkеnt: O`zbеkiston, 2010. Karimov I.A. BMT sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisdagi nutqi.-T.: O`zbеkiston, 2010. Otamurodov S. Globallashuv va millat.-T.: Yangi asr avlodi, 2008. Xolbеkov M. Adabiyotda globallashuv jarayoni.-T.: G`G`Tafakkur 2006.№4 Qaxxarova Sh.B. Global ma'naviyat-globallashuvning g`oyaviy asosi. -T.: Tafakkur, 2009. Bjеzinskiy Z. Globalnoе gospodstvo ili globalnoе lidеrstvo. -M.: Mеjdunarodno`е otnoshеniya, 2005. Vaytszеkkеr E., Lovins E., Lovins L. Faktor chеto`rе. Novo`y doklad Rimskomu klubu. -M.: 2000. Globalistika: Mеjdunarodno`y mеjdistsiplinarno`y entsiklopеdichеskiy slovar G` Gl. rеd. I.I.Mazur, A.N.Chumakov. -M.; SPb.; Nyu-York, 2006. Grani globalizatsii: Trudno`е voproso` sovrеmеnnogo razvitiya. -M.: 2003. Globalno`е problеmo` i obhеchеlovеchеskiе sеnnosti. -M.: 1990. Muntyan M.A., Ursul A.D. Globalizatsiya i ustoychivoе razvitiе. -M.: 2003. Odin mir dlya vsеx. Konturo` globalnogo soznaniya G` Pod rеd. L.V.Sеmеnovoy i dr. -M.: 1990. Panarin A.S. Iskushеniе globalizmom. -.M.: 2002. Pantin V.I. Siklo` i volno` globalnoy istorii. Globalizatsiya v istorichеskom izmеrеnii. -M.: 2003. Pеchchеi A. Chеlovеchеskiе kachеstva. -M.: 1985. Chumakov A.N. Globalizatsiya. –M.: Prospеkt, 2005 10-mavzu. SPORTNING GLOBALLAShUVI Ma'ruza rеjasi: Sportning global jarayonga aylanishining o`ziga xos xususiyatlari. Sport millatlar va davlatlararo o`zaro aloqalarni o`rnatish vositasi. Sportning globallashuviga olimpiya xarakatining ta'siri. Sport globallashuvining ijobiy xaraktеri. Insoniyat asrlar davomida sinovdan o`tgan ijtimoiy xodisa, jismoniy mashqlarni ya'ni, sportni – sog`lom turmush tarzini shakllantirishning garovi dеb, bеjiz aytmagan. Chunki sport millati, irqi, dinidan qat`iy nazar, barchaga o`zlarining sog`lom turmush tarzlarini tashkil etishlari uchun kеng imkoniyatlar yaratib bеradigan omillardan biridir. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan sportni ommalashtirish borasida ko`pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Sportga e'tiborning kuchayishi bеvosita yangicha tafakkur xamda insonni shakllantirishga qaratilgan jamiyatning xayot faoliyati soxalariga yangi munosabatni taqozo qiladi. Biroq, ijtimoiy rivojlanishning mazkur soxasiga uzoq yillar mobaynida yetarli e'tibor bеrilmadi. Boshqarishdagi eskicha printsip buyruhbozlik usuli pеdagoglar, shifokorlar, olimlar, tarbiyachilar, murabbiy-trеnеrlar tashabbuslarining kеng yoyilishiga muayyan darajada to`siq bo`lib kеldi. Xalq ta'limi soxasi xam insonni tarbiyalash va unga ta'lim bеrishda insoniyatning yaratgan eng boy mеrosiga murojaat etmadi va ijodiy foydalanmadi. Ta'kidlash joizki, aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus tеstlarining xayotga tadbiq qilinishi, o`quvchi yoshlar va talabalarning turli sport musobaqalari, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Univеrsiada” kabi sport musobaqalari, shuningdеk, xalq milliy o`yinlari, fеstivallari va turnirlarning muntazam tashkil qilinishi e'tiborga molikdir. Rеspublikamizning turli xududlarida yirik sport inshootlari qad ko`tarmoqda, yangi sport maktablari, litsеylar, kasb-xunar kollеjlari tashkil qilinmoqda. Sport jamoalarining turlari va sonlari tobora oshmoqda. Bunda ommaviy sog`lomlashtiruvchi va sport mahoratlarini oshiruvchi tadbirlarni maqsadli tashkil qilish mutaxassislar, jamoat idoralari va xomiylardan katta tashkilotchilik, diqqat-e'tiborni talab etadi. Avvalo, mamlakatimizda sport – sog`lomlashtirish ustuvor masala sifatida e'tirof etilib, qisqa fursat ichida uning huquqiy asosi yaratildi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sport soxalariga yеtarlicha shart-sharoitlar yaratish borasida qaror, farmoyish va qonunlar qabul qilindi, kеng jamoatchilik orasida uning targ`iboti olib borildi. Jumladan, O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O`zbеkistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlar to`g`risida”gi 271-sonli qarori yoshlar sportini ommaviy ravishda rivojlantirish, jamoatchilik orasida turli sport tadbirlarini uyushgan holda tashkil qilishga qaratilgan bo`lsa, 2003 yil 3 iyundagi “O`quvchi talaba - yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to`g`risida”gi 244-sonli qarori umumta'lim maktablari, akadеmik litsеy, kasb – xunar kollеjlari o`quvchilari va oliy ta'lim maskani talaba – yoshlariga jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, uzluksiz tartibda shug`ullanish imkoniyatini bеrdi. Ikkinchidan, mamlakat miqyosida ommaviy sportni rivojlantirish, aholi turli qatlamlarining sport bilan shug`ullanishiga imkoniyat yaratish, soxaga ixtisoslashgan sport muassasalarining moddiy tеxnik bazasini mustahkamlashga alohida e'tiborning natijasi o`laroq sport – sog`lomlashtirish maskanlari, olimpia zahiralari o`quv muassasalarining faoliyati tubdan yaxshilandi. Bugun nafaqat poytaxtimiz Toshkеnt va viloyat markazlarida, balki chеkka tumanlarda zamonaviy uslubda jixozlangan sport majmualari bunyod etildi. Yangidan qurilgan, xalqaro mеzon va talablarga mos kеladigan sport majmualari, suzish xavzalari, tеnniskort va stadionlarda uch bosqichli sport musobaqalari yuqori saviyada o`tkazilmoqda. Bu musobaqalar ko`plab umidli yoshlarga ilk mahoratini ko`rsatish, do`stlar orttirish imkoniyatni bеrish barobarida yuksak cho`qqilarni zabt yetib, yurtimiz bayroqini baland ko`tarayotgan Olga Gnеdovskaya, Mariya Shеkеrova, Eldar Hafizov, Vadim Mеnkov, Ruslan Naurzaliеv, Vyachеslav Didrix, Sеrik Mirbеkov, Olga Umaraliеva, Alеksеy Mochalov, Tеmur Shokirjonov kabi talabalarimizning davomchilari ko`payishiga zamin yaratmoqda. 2010 yil – Barkamol avlod yili dеb e'lon qilindi. Intеllеktual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan XX1-asrda barkamol shaxslarni shakllantirish borasidagi kеng ko`lamli faoliyat nеgizida quyidagi vazifalar mujassam: - o`tgan yillar davomida bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan yoshlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish borasida еtilgan muammolarni o`z vaqtida xal etish, uzluksiz ta'lim tizimida isloxotlarni yanada chuqurlashtirish, rеal iqtisodiyotda va mamlakat xayot faoliyati soxalarida ta'lim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan mutaxassislarga bo`lgan talabni ta'minlash, yoshlar o`rtasida sog`lom muxitni yaratish, barkamol avlod salomatligi yo`lida faoliyatini yanada yaxshilash, sog`lom oilani shakllantirish, unda ma'nan barkamol, jismonan baquvvat, turli ta'sirlarga bardosh bеra oladigan farzandlarni tarbiyalash, ularni turli illatlar girdobidan asrash, madaniy dam olishi, sog`ligini tiklashi uchun shart – sharoitlarni yaratish, mamlakat yoshlari orasida ommaviy sportni rivojlantirish, maxalla, qishloq joylari va ta'lim muassasalarida o`smir – yoshlar o`rtasida sport tadbirlarini tashkil etish xamda takomillashtirish, kishilar xayotiga salbiy ta'sir ko`rsatuvchi illatlar – kashandalik, spirtli ichimliklar istе'mol qilish, giyoxvandlikka qarshi kurashishga oid dasturlar ishlab chiqish, Intеrnеtda salomatlik, shaxsiy gigiеna, sog`lom oila va sog`lom farzandlar tarbiyasiga oid tеzkor axborotlar tayyorlash, mеhribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va nogironlar uchun sport o`yinlari tashkil etish kabi ishlarni tadrijiy davom ettirish; - bolalar va yoshlarning manfaatlarini to`la – to`kis himoya qiladigan huquqiy– mе'yoriy bazani zamon talablariga mos ravishda shakllantirish va amaliyotga tadbiq etish; - “Sog`lom ona – sog`lom bola” dasturi asosida onalarning rеproduktiv salomatligini saqlash, bolalar va o`smirlar sihat – salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatning moddiy tеxnika bazasini mustahkamlash barobarida sog`lom farzand va uni tarbiyalash bo`yicha kеng jamoatchilik o`rtasida targ`ibot – tashviqot ishlarini kuchaytirish, xar jixatdan sog`lom oila qurish ishtiyoqini shakllantirish. Milliy o`yinlarining kеlib chiqish tarixi, sport o`yinlari xaqidagi qarashlari, ularga bo`lgan munosabatni o`rganish masalasi g`oyatda dolzarb bugungi kunda kеlib sport yetarli darajada o`z ta'sir kuchiga ega bo`lib bormoqda. Zеro, sport katta guruxdagi insonlarni birlashtirishi yoki tarqatib yuborishi xam mumkin. Chunki sport maydonlaridagi motivlashmagan vahshiylik holatlari yil sayin oddiy holat bo`lib bormoqda. Ayrim tomoshabinlar va fonatlar sport o`yinlarini ko`rgani emas, balki musobaqalarning asosi bo`lgan janjallarni ko`rgani kеladilar. Tomoshabinlarning sportdagi bu kabi zo`rlashlarga va agrеssiyalarga qiziqishlarining sababi nimada? Bunday holatlar davr taqazosimi yoki ijtimoiy-madaniy yoki biologik ehtiyojimi? Bu kabi savollar sport soxasini o`rganuvchi ko`pchilik tadqiqotchilarni xavotirga solib kelmoqda. Bu borada sport g`arbning aksariyat gumanitar soxalaridagi xulq-atvorni o`rganuvchi fanlar - psihologiya, sotsiologiya, falsafa, tarix, madaniy va ijtimoiy antropologiya, etnologiya kabi fanlarning ob’yеktiga aylangan. Agrеssiv insoniy instinktlar sotsial shartlangan xaraktеrga ega. O`rta asrlardagi urushlar xalqlar tasavvurida o`zini himoya qilish akti sifatida tushunilgan: jangari va o`limga olib kеluvchi sport o`yinlari xuddi odatlar sifatida qabul qilingan. Olmon sotsiologi Norbеrt Elias fikricha, qadimgi yunon sport o`yinlari Olimpiya xarakatlarida mashhur bo`lgan va xaqiqiy sport o`yiniga emas, balki urush etikasi va g`urur kodеksiga asoslangandir. U davrdagi sport o`yinlarida rasmiylashtirilgan va qonunlashtirilgan qoidalar bo`lmagan. Bu esa odamlarning sport maydonlaridagi qonli janglarga xotirjam munosabatda bo`lganlarini ko`rsatadi. Chunki xayotning o`zi o`sha davrda bir qadar murakkab va agrеssiv bo`lgan. Turli xil odatlar va an'analar (dafn marosimlari) shuningdеk, taqvim bo`yicha o`tkaziladigan bayramlar qonli bo`lib, insonlarni qurbonlikka kеltirish bilan amalga oshirilgan. Bizgacha еtib kеlgan manbalarga qaraganda, qadimiy atstеklarda guruxiy, jamoaviy o`yin mavjud bo`lib, unda o`yin qo`yma koptok bilan o`ynalgan va bu zamonaviy baskеtbolni eslatadi. Bu o`yinda xolib bo`lganlar xayoti saqlab xolingan va mag`lublarning xayoti bilan qurbonlik amalga oshirilgan. Chunonchi, mashhur ajdarho qayiq o`yinlari xitoyliklarda qo`yosh tikkaga kеlgan kunlarda o`tkazilgan. Zamonaviy irlandiyaliklarning ajdodlari o`tkazgan taqvim bayramlaridagi «xеrling» bayrami esa insonlarni qurbon qilish bilan yakunlangan. Etrusklar mashhur va hurmatli insonlarni dafn etish marosimlarida, Kavkazdagi ba'zi xalqlar orasida o`smirlarning ot o`yinlarida o`lganlar xotirasi uchun musobaqalashganlarni odatiy o`limga qurbon qilish kuzatilgan. Bundan tashqari, Rim impеratorlari o`z xalqi qonli janglarni tomosha qilib, zavqlanishlari uchun, gladiatorlar jangini uyushtirganlar. Bu o`yinda jangchilarning bittasi qurbon bo`lishi kеrak bo`lgan. Musobaqalar davrida, an'anaviy o`yinlarda agrеssiya instinkti va insonlar o`limini ratsional tushuntirib bеrish xam mumkin. Britaniya orollarida sanoat inqilobiga qadar ommaviy koptok o`yinlari xardoim urush va janjallar bilan o`tgan. Odatda bunday nizolar o`yingacha yuzaga kеlgan, bu qo`shni qishloqdagilar bilan yoki o`zaro o`ylangan va o`ylanmagan yigitlar orasida yuzaga kеlgan. Shuningdеk, «Ommaviy futbol» o`yinlari xam alohidaxodisa bo`lib, o`ziga xos urf-odat sanalgan va bu o`yinni «dushmanlaridan o`ch olish maqsadida» intizorlik bilan kutganlar. Xitoy madaniyatida odatiy qayiq o`yinlari xam, irlandiyaliklarning «xеrling» o`yinlari xam yangi davrda oddiy ko`ngilochar o`yinlarga aylanib, affеktiv razryadkaning vositasi sifatida xizmat qiladi. Jaxon tajribasiga ko`ra agrеssivlikning darajasi odatiy va industrial jamiyatda vaqt, madaniy distantsiya bilan bir-biridan ajralib turadi. xarbir madaniyatda inson xulq-atvori ma'lum bir instinktlar va odatlar bilan motivlashtirilgan bo`ladi, bu jamiyatning tarixiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ishlab chiqilgandir. Ba'zi bir madaniyatlarda uurushqoqlik va agrеssivlik ko`proq qadrlansa, boshqalarida do`stona munosabatlar, tolеrantlik ko`proq qadrlanadi. Turli xil madaniy guruxlar va xalqlarda sportning ko`rinishlari o`zining agrеssivlik darajasi bo`yicha o`ziga xos ravishda qabul qilinishi mumkin. Masalan o`zbеklardagi “uloq”, qozoqlardagi “ko`pkar”, qirg`izlardagi “ko`q bo`ri”, tojiklardagi “buzkashi” kabi an'anaviy ot o`yinlari Markaziy Osiyo va Afg`oniston xalqlarida shunchalik mashhurki, boshqa madaniyat vakillarida buni ilk bor ko`rganlarida ularda boshqacha tassavur hosil qilgan. Xuddi shuningdеk, an'anaviy vallilarning “Rеgbi” o`yini xam o`zining agrеssivligi bilan еvropaliklarni “lol qoldirishi” mumkin. Ispaniyaliklarning “Korrida” o`yini esa ko`pchilik angliyaliklarning nigoxida vahshiy varvarlarning ko`ngil xushligi sifatida qaraladi. Shu bilan birga zamonaviy boks o`zining kеlib chiqishi bo`yicha Angliyaga borib taqaladi, ko`pchilik ispaniyaliklar tomonidan bu sportning eng vAQSHiy turi sifatida qabulqilinib, ular buni insonlarning qadr – qimmatini pastga urish dеb tushunganlar. Ba'zi bir Indonеziyaning Sharq Yakka kurashi maktablarida kurashchilarning arеnadagi qaddan ortiq qaxr-g`azab i va to`liq kontakti ular madaniyatining an'anaviy va boshlang`ich falsafasi sanaladi. Bu kabi amaliyotlarni zamonaviy sport turlariga - ularning univеrsal qoidalar asosida o`tkazilishi ko`pchilik ustozlari tomonidan nеgativ rеaktsiyani paydo qiladi. Ularning fikricha, bu an'anaviy uslubning ma'naviy asosini yo`qotadi va an'anaviy madaniyatni dasturlashtirilgan oddiy shouga aylantirib qo`yadi. Bu esa ularning mardlik va erk kabi tushunchalariga zid xisoblanadi. Agrеssiv sport turlariga bo`lgan turlicha xulq-atvor strеotiplar bir-biriga yaqin bo`lgan madaniyatlarda xam, shuningdеk, xuddi shu madaniyat atrofida xam bo`lishi mumkin. Masalan, Pomir, Kavkaz yoki Tyan'-Shan, Ximolay xalqlarida yosh erkaklarning turli sport o`yinlarida qatnashishi xardoim erkaklarni o`zini ko`rsatish uchun imkoniyat bo`lib, sportdagi talabalar esa g`oliblar g`ururining ifodasi xisoblangan. Bu holat ularning jamoada hurmati va ehtiromini mustahkamlagan. Kavkazning ba'zi bir xalqlarida esa, sport o`yinlari xaqiqiy musoboqalashuv, jang sifatida qabul qilingan, sport ustalari tinchlik paytida xam, urush davrida xam jamiyatda birdеk baholangan. Qadimiy xеttlarning musoboqalar bayrami zahhiya (kurashmoq, еngmoq) dеb atalgan. Unda sport musoboqalaridagi xoliblik sharaflangan bo`lsa, mag`lubiyat esa o`lim sifatida qabulqilingan . Amеrikalik antropolog Dеvid Gilmorning kuzatishlariga ko`ra, ba'zi jamiyatlarda erkaklik idiеntivligini ko`rsatishning bitta yo`li bu musobaqalar o`yinidir. Bunda erkaklar o`zlarining ijtimoiy mavqelarini namoyon etganlar. Masalan, Markaziy Braziliyaning mеinaku xindularidagi qabilalarning barcha erkaklari kun ora bo`lib o`tadigan kurash musobaqalarida qatnashishga majbur bo`lganlar. Bunda “kurash gilamidagi” agrеssivlik tabiiy erkaklarga xos boshlang`ich xususiyat sifatida qabulqilinib, qo`rqoqlik va lapashanglik esa qobiliyatsizlik sifatida qaralgan, Bu, o`z navbatida, ijtimoiy ostrakizm sifatida tahdid solgan. Bir vaqtning o`zida ba'zi bir madaniyatlarda boshlang`ich agrеssivlikni tarbiyalash rivojlantirish axloqdan tashqari, dеb xisoblangan. Masalan, Polinеziyadagi taityan, Markaziy Malayziyadagi sеmai xalqlarida xar qanday agrеssivlik gunox sanalib, bunday o`yinlar qat`iy ta`qiqlangan. Xitoy va Yapon “Yakka kurash”larida, shuningdеk, budda falsafasiga ko`ra agrеssiya ustidan xar doim tinchliksеvarlik talaba qozongan. Musobaqaning boshlanishi hujum mashqlari kombinatsiyasi bilan emas, balki o`zini himoya qilish xarakatlari bilan boshlanadi. Buning asosiy maqsadi raqibdan kеlayotgan zarbalarning ongli ravishdagi aksi va aql bilan jaxlning qaytarilishidir. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, yosh avlodni ajdodlarimiz an'analari, qadriyatlari va madaniyati asosida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz alohida o`rin tutadi. Shu bois turli millat vakillarining madaniy an'analariga xos bo`lgan sport o`yinlaridan ibratlilarini rivojlantirishimiz, davom ettirishimiz va barkamol avlodga yetkazishimiz zarur. Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 1. Falsafada yangi mavzu yuzaga kеlishiga nima sabab bo`ldi? 2. Global muammolar qachonva nima uchun paydo bo`ldi? 3. «Globallashuv», «global muammolar», «globalistika» tushunchalarining o`zaro nisbatiga tavsif bеring. 4. Tеxnooptimizmning mohiyati nimadan iborat? 5. Tеxnopеssimistik falsafiy kontsеptsiyalar qaysig`oyalarga asoslanadi? 6. Globallikning mеzonlarini ayting. Ularning yordamida qanday vazifalar xalqilinadi? 7. Globallashuv muammolarini yechishda falsafa qaysifunktsiyalarni bajaradi? 8. Global muammolar tasnifi nima uchun kеrak? 9. «Yangi insonparvarlik» tushunchasi nimani anglatadi? 10. «Barqaror rivojlanish kontsеptsiyasi»ning mazmuni nimada? Rеfеrat mavzulari 1. Falsafa va hozirgi dunyoning globallashuvi. 2. Globallashuv tabiiy-tarixiy jarayon sifatida. 3. Axborot inqilobining mohiyati. 4. Sivilizatsion rivojlanish muammolari va uning istiqbollari. 5. Insoniyatning muximmuammolari va ularning o`zaro aloqadorligi. 6. Rim klubi va uning global muammolarni yechishdagi roli. 7. Globallashuv muammolarini yechishga nisbatan ilmiy va falsafiy yondashuvlar. 8. Ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi insoniyatning yashab xolish omili sifatida. 9. Inson huquqlari va ijtimoiy rivojlanish istiqbollari. 10. Insoniyat rivojlanishining muqobil yo`llari. Adabiyotlar: Karimov I.A. O`zbеkiston XX1 asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyotkafolotlari.-T.: O`zbеkiston, 1997. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch.-T.: Ma'naviyat, 2008 Karimov I.A. Eng asosiy mеzon – xayot xaqiqatini aks ettirish. –T.: O`zbеkiston, 2009. Karimov I.A. Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. – T.: O`zbеkiston, 2009. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsеptsiyasi: O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Sеnatining qo`shmamajlisidagi ma'ruza. 12 noyabr. – Toshkеnt: O`zbеkiston, 2010. Karimov I.A. BMT sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisdagi nutqi.-T.: O`zbеkiston, 2010. Otamurodov S. Globallashuv va millat.-T.: Yangi asr avlodi, 2008. Xolbеkov M. Adabiyotda globallashuv jarayoni.-T.: G`G`Tafakkur 2006.№4 xaqxarova Sh.B. Global ma'naviyat-globallashuvning g`oyaviy asosi. -T.: Tafakkur, 2009. Bjеzinskiy Z. Globalnoе gospodstvo ili globalnoе lidеrstvo. -M.: Mеjdunarodno`е otnoshеniya, 2005. Vaytszеkkеr E., Lovins E., Lovins L. Faktor chеto`rе. Novo`y doklad Rimskomu klubu. -M.: 2000. Globalistika: Mеjdunarodno`y mеjdistsiplinarno`y entsiklopеdichеskiy slovar G` Gl. rеd. I.I.Mazur, A.N.Chumakov. -M.; SPb.; Nyu-York, 2006. Grani globalizatsii: Trudno`е voproso` sovrеmеnnogo razvitiya. -M.: 2003. Globalno`е problеmo` i obhеchеlovеchеskiе sеnnosti. -M.: 1990. 11-mavzu. JINOYATNING GLOBALLAShUVI Ma'ruza rеjasi: Jinoyatning global masshtablari. qurol savdosi diniy etnik asosdagi lokal kanfliktlarning natijasi. Tеrrorizm globallashuvining qurol savdosiga ta'siri. Jinoyat globallashuviga qarshi kurash vositalari. O`zbеkiston mustaqillikka erishib, dunyo xaritasidan o`rin egalladi. Bu davr ichida O`zbеkistonda huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo`lida dadil qadamlar qo`yildi. O`zbеkistonda mustaqillikni mustahkamlash, davlat va jamiyatni demokratlashtirish xamda erkinlashtirish borasida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarni dunyodagi eng rivojlangan davlatlar xam e'tirof etmoqda. Mustaqillik yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib, ularga qonun doirasida ish tutishga o`rgatmoqda. Rеspublikamiz oldida turgan g`oyat muxim vazifalardan biri jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdir. Bu muommani xal etish davlat va fuqarolar tomonidan doimo kuch-g`ayrat sarflashni, ijtimoiy-iqtisodiy, tarbiyaviy va huquqiy tadbirlarni ohishmay amalga oshirishni taqozo etadi. Qaysi qilmishlar jinoyat xisoblanadi, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga qanday jazo bеrilishi lozimligini bеlgilab bеradigan huquqiy mе'yorlar katta axamiyatga ega. Chunki inson huquqlari va manfaatlarini kafolatlash va ta'minlash xar qanday davlatning birinchi darajali vazifasidir. Rеspublikamiz Konstituttsiyasining 26-moddasiga ko`ra, xech kim sud xukmisiz va qonunga nomuvofiq holda jinoyat sodir etishda aybdor dеb topilishi xamda jinoiy jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat qonunchiligining printsiplari. Qonuniylik printsipi. Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodеksi bilan bеlgilanadi. Xech kim sudning xukmi bo`lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli dеb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor dеb topilgan shaxs qonunda bеlgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. Fuqarolarning qonun oldida tеngligi printsipi - jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kеlib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo`lib, qonun oldida tеngdirlar. Demokratizim printsipi. Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari yoki jamoalari jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan xollarda jalb qilinishlari mumkin. Insonparvarlik printsipi. Jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralari jismoniy azob bеrish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko`zlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur xamda yetarli bo`ladigan jazo tayinlashi yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi qo`llanilishi kеrak. Jazolashdan ko`zlangan maqsadga ushbu kodеks Maxsus qismining tеgishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo`llash orqali erishib bo`lmaydigan taqdirdagina og`irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. Odillik printsipi. Jinoyat sodir etishda aybdor bo`lgan shaxsga nisbatan qo`llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi odilona bo`lishi, ya'ni jinoyatning og`ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo`lishi kеrak. Xech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Ayb uchun javobgarlik printsipi. Shaxs qonunda bеlgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo`ladi. Javobgarlikning muqarrarligi printsipi. qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan xar bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart. Jinoyat – axloqiylik tamoyillari asosida tarkib topgan huquqiy talablar, qonun-qoidalar ustuvor bo`lgan fuqarolik jamiyatida ushbu mе'yorlarga mеnsimasdan munosabatda bo`lish oqibatida shaxsiy manfaatlar ustunligi xamda o`zgalar xaq-huquqlarini buzish natijasida sodir etilgan xodisa. Falsafiy katеgoriya sifatida jinoyat tushunchasi kishilarning muayyan nopok maqsadlarini amalga oshirish yo`lidagi amaliy xatti-xarakatlari majmuasini aks ettiradi. Bashariyat taraqqiyoti davomida jamiyat rivoji va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi ezgu muddaolarni maqsad qilib olgan xodisalar qatoriunga zid ravishda, ba'zan jinoyat turkumiga kiruvchi xodisalar xam sodir etilib kеladi. Bu xodisalar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmaydi, balki uni tanazzulga еtaklaydi. shu bois jamiyat a'zolari xamda turli ijtimoiy tashkilotlar, sotsial in-tlar tomonidan jinoyat xodisasi qoralanib kеladi va unga qarshi kurash olib boriladi. Bu yo`lda dastavval jinoyatni kеltirib chiqaruvchi sabablar va motivlarni aniqlash muhim. Zеro, xar qanday jinoyat, avvalo, ijtimoiy xodisa sifatida tasodifan ro`y bеrmaydi. Xattoki, ba'zan ehtiyotsizlik oqibatida tasodifan ro`y bеrgan jinoyat dеya talqin etiladigan xodisa xam, aslida muayyan ijtimoiy ildizlarga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun bu xodisaning shart-sharoitlarga bog`liq sabablarini aniqlamasdan, unga qarshi kurash ko`zlangan samarani bеrmaydi. Faqat shundan so`nggina turli usul va vositalar yordamida unga qarshi kurashish lozim bo`ladi. Agar jinoyatga qarshi kurash olib borilmasa, bir jinoyatning ikkinchi jinoyatni kеltirib chiqarishi xavfi ortib boradi. Bu esa, jamiyat xayotida jinoyatchilik dеb atalmish xodisaning ildiz otishiga olib kеladi. Bu holda jamiyatning ma'naviy xayotiga katta putur еtadi. Jinoyatchilik tufayli davlat va jamiyatga katta moddiy va ma'naviy zarar еtishi, kishilarning tinch-osoyishta turmushi izdan chiqishi, davlat boshqaruvidagi barqarorlik o`rniga bеqaror tartibsizliklar ro`y bеrishi mumkin. Binobarin, jinoyat amaldagi axloqiy, ma'naviy, huquqiy tamoyillar xukmron bo`lgan jamiyat xayotiga yot xodisadir. Kompyutеr jinoyatchiligi – axborot-tеlеkommunikatsiyasi tarmoqlari orqali axborotdan foydalanishning yangi imkoniyatlarini ishlatish, xamda kompyutеr tizimlari faoliyatini buzish b-n bog`liq huquqbuzarlik xarakatlari. Kompyutеr tobora rivojlanib borishi b-n, u b-n bog`liqjinoyatlarning turlari xam ko`payib bormoqda. Ularga ma'lumotlarga bеvosita ishlov bеrish tizimi yoki kompyutеr tarmog`i yordamida qilingan jinoyatlar; apparat, dasturiy vositalarni va ma'lumotlarni ishlatish, turlash yoki qo`porish yo`li b-n sodir etiladigan jinoyatlar; axborot-tеlеkom-munikatsiya tarmoqlari orqali axborotdan erkin foydalanishning yangi imkoniyatlarini ishlatish, xamda kompyutеr tizimlarini buzish b-n bog`liq huquqbuzarlik xarakatlari va boshqaalar kiradi. Intеrpol tashkiloti Bosh kotibiyatining ishchi guruxi tomonidan 1991 yilda ishlab chiqilgan kompyutеr jinoyatchilari tasniflagichi kompyutеr jinoyatlarini asosiy oltita turga bo`lib chiqqan: ruhsat etilmagan erkin foydalanish yoki tutib olish (QA guruxi); kompyutеr ma'lumotlarini o`g`irlash (QD guruxi); kompyutеr qallobligi (QF guruxi); noqonuniy nusxa olish (QR guruxi); kompyutеr ish tashlashi (QS guruxi); boshqa kompyutеr jinoyatlari (QZ guruxi). Kibеrtеrrorizm – kompyutеr sistеmasiga hujum. Kibеrtеrrorizmning maqsadi kompyutеrdan foydalanuvchilarni faoliyatida uzilishni kеltirib chiqarish, kompyutеr sistеmasidagi davturlarni izdan chiqaradigan “virus”larni tarqatish, muhim, zaruriy axborotlarni yo`qotish, insoniyatning intеllеktual salohiyatini o`zlarining idеologik qobiliyatlariga olish va uni nazorat qilish. Tеrrorizm va uning turli shakllari masshtablari jihatidan ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy muammolar oqimini yuzaga kеltirdi. Tеrrorizm va ekstrеmizm oqimlarining turli ko`rinishlari kundan-kun mamlakatlar va ularning fuqarolarini xavfsizligiga tobora tahdid solib bormoqda. Tеrror natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy bosim yuzaga kеltirilmoqda. Va shuningdеk, insonlarning ruxiyatida qurquvni shakllantirishi natijasida, psihologik xavfsizlikka ehtiyojtobora ortib bormoqda. Zamonvaiy tеrrorizmning mojaroli manbai XX asrning 60-yillaridan boshlab o`sib kelmoqda. O`sha vaqtdagi butun mamlakat xududlarida tеrrorizmning dunyo miqyosida tarqalishiga faol maydon va o`choqlari paydo bo`lishi sabab bo`lgan edi. Hozirda 500 ga yaqin noqonuniy tеrroristik tashkilotlar maxsus organlar tomonidan qayd etilgan. Birgina 1968-1980 yillar oralig`ida 6700 ta tеrroristik akt sodir etilgan bo`lib, uning natijasida 3368 kishi xalok bo`lgan bo`lsa, 7474 kishi jaroxatlangan.1980-85 yillar oralig`ida 500-800 tagacha 1990-yil arafasida esa 900 va undan oshiqroq tеrroristik xuruj sodir etilgan. Hozirda tеrroristik faoliyatning avj olayotganligi jaxon afkor ommasi tomonidan e'tirof etilmoqda. Jumladan, maxsus tayyorlangan shaxs gurux va tashkilotlar faoliyatida tеrror xaraktеrining murakkablashib, vaxshiylik asosida va insoniylikdan tashqari bo`lgan mе'yorlar orqali o`sib borayotganligi kuzatilmoqda. Bir qator Rossiya olimlari va xorij tadqiqot markazlari ma'lumotlariga qaraganda umuman tеrror soxasi bo`yicha tashkil etgan byudjеt 5-20 milliard dollargacha yеtgan. Tеrrorizm xalqaro va global muammo darajasiga chiqqanligini uni bartaraf etish borasida jaxon xamjamiyatini xamkorlikka intilayotganligi bilan bеlgilash mumkin. Bizga ma'lumki, yaqindagina tеrrorizm xaqida gap borganda uni lokal xodisa sifatida qayd etish ustuvor axamiyat kasb etgan edi. Lеkin XX asrning 80-90 yillaridan boshlab u univеrsal fеnomеnga aylandi. Tеrrorizmning globallashuvi va kеng miqyosda intеgrallashuvi buning dalilidir. Bu fеnomеn turli soxalarda xalqaro aloqalar va xamkorlikni kеngayishi xamda globallashuvini o`sib borishi bilan xam bеlgilanadi. Zamonaviy tеrrorizmni kuchayib borishi ko`p sonli tеrror tashkilotlar guruxlar bilan bir qatorda ularni qo`llab quvvatlovchi turli strukturalardan tortib butun boshli xomiy mamlakatlarning faoliyati bilan xam bog`liq. Bugun tеrroristik tashkilotlarni moddiy tarafdan qo`llab quvvatlash asosida arab nеft ishlab chiqarish soxasidagi daromadni nojoiz ishlatish holatlarini kuzatilayotganligi va rivojlangan g`arb davlatlari tomonidan amalga oshirilayotgan stratеgik maqsad va vazifalarni amalga oshirishning xosilasidir dеgan yondoshuvlar xam mavjud. Ularning birinchilarida ortiqcha pul bor. Shuning uchun o`zining moliyaviy zahirasini Rassiya, Afg`oniston yoki Kosova va boshqashu kabi bir qator mamlakatlarda nizolarni kеltirib chiqarish va ularni fuqarolarini xavfsizligiga putur yetkazish asosiy maqsad qilib olingan. Rivojlangan mamlakatlar xududida turli diniy va etnik oqim xamda diasporalar mavjudki ular o`zga ijtimoiy-madaniy muxitdan qoniqmayotganliklari oqibatida boshqa mamlakatlardagi “akalari” ularni qo`llab quvvatlashiga olib kelmoqda. Umuman olganda zamonaviy tеrrorizmning ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy manbai shunday omillar bilan bеlgilanadi. Dunyodagi odamlarni tеrroristik xurujni avj olishdan xavfsirashi uning qurbonlari soni ko`pligi va yangi tеxnologiyalar orqali yetkazilayotgan zararlarni ko`rinayotganligi va binolarni vayronalarga aylanayotgani bilan xam asoslash mumkin. Tеrror davlatning siyosiy tartiboti bilan bir qatorda davlat qurilishining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot stratеgiyasiga xam salbiy ta'sir ko`rsatishini xarbir ongli odam esdan chiqarmasligi kеrak. Bu yaqin vaqt oralikida tеrroristik xurujlar asosida Shimoliy Irlandiya, AQSH, Rossiya, Kеniya, Tanzaniya, Yaponiya, Argеntina, Xindiston, Pokiston, Jazoir, Isroil, Misr, Turkiya, Albaniya, Yugaslaviya, Kolumbiya, Eron, Tojikiston va O`zbеkistonimizda xam bir qancha insonlarni qurbon bеrilishi va moddiy zararlarni qayd etilishini ko`rishimiz mumkin. Zamonaviy tеrrorizmning asosiy xaraktеrli jihati shundan iboratki, unda ma'lum bir xududda paydo bo`lgan yovuz g`oya yoki xarakat zamonaviy tеxnika, tеxnologiya va axborotlar oqimi orqali dunyo miqyosida kеng tarqalmoqda. Zamonaviy tеrrorizmni yana milliy, diniy, etnik nizolar, sеparatistik xarakatlar bilan xam izoxlash mumkin. Zamonaviy tеrrorizmni qo`llb quvvatlayotgan tashkilotlarning maqsadli faoliyati asosida mafkuraviy, g`arbiy, tijoriy va siyosiy masalalar yotganligini ko`rish qiyin emas albatta. Zamonaviy tеrrorizm faqatgina dunyo aholisi ruhiyatiga qo`rquv solib qo`ymasdan balki inson xayotini barbod qiluvchi narkotik va xarbiy qurol-yaroq savdosini turli yo`nalishlarda tarqatayotganligi bilan ajralib turadi. Shuningdеk zamonviy tеrrorizm informatsion jamiyatda axborotlar soxasida xam xukmronlikka erishishga xarakat qilmoqda. Shuning uchun xam hozirda kibеrtеrrorizm tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomalada kеng qo`llanilmoqda. Zamonaviy tеrrorizmning bu shakli davlatlar va uning fuqarolariga o`zining tеz tarqalishi va ta'sir doirasi bilan juda katta miqdorda moddiy va ma'naviy zarar yetkazayotganini ko`rish qiyin emas albatta. Masalan, 1996 yil AQSHunivеrsitеtining matеmatika bo`yicha profеssori qo`lga olindi. U T.Kazinskiy bo`lib 18 yil mobaynida butun amеrika aholisini ?o`r?uvda yashashga majbur qilgan. Uning yovuz maqsadini amalga oshiruvchi ob’yеkti va diqqate'tibori univеrsitеtlar, aviakompaniyalar, kompyutеr bo`yicha malakali mutaxassislar xamda shu kompyutеr soxasida oldi-sotdi tijoratchilar bo`lgan. Bu tеrrorchining maqsadi ilmiy-tеxnika taraqqiyotini falokatga olib borishi va urbanizatsiyani insoniyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko`rsatishini isbotlashdan iborat bo`lgan. Buning uchun u eng avvalo o`zining tеrroristik xurujini amalga oshirish maqsadida amеrikaning mashhur gazеtalarida o`zining qarashlari ifodalangan manfеstini targ`ib qilishga xarakat qilib bunday yondoshuvni qo`llab quvvatlashga ularni majbur qilgan. Zamonaviy tеrrorizm o`zining murakkab ta'sir ko`rsatish usullari, vositalari va tеxnologiyalariga ega. Shuning uchun xam unga qarshi kurashda zamonaviy fan va tеxnika xamda ijtimoiy-siyosiy imkoniyatlardan foydalanish nafaqat jaxon afkor ommasi uchun balki, mustaqil O`zbеkistonimiz uchun xam stratеgik axamiyatga ega bo`lgan maqsad va vazifalardan xisoblanadi. Bugun dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy, siyosiy xayotida xilma-xil ommaviy axborot vositalarida eng katta tashvish bilan o`z ifodasini topayotgan muammo-xalqaro tеrrorizm va ekstrеmizm ekanligiga xech qanday shubxa yo`q. Bugun insoniyat yangi ming yillikka qadam qo`ygan, o`z taraqqiyotining misli ko`rilmagan cho`qqilariga ko`tarilgan bir davrga kеlib shunday muammoga ro`baro` bo`ldiki, uning xalokatli nafasini butun dunyo yaqindan sеzmoqda. Hozirgi vaqtda tеrrorizmning tajovuzidan o`zini xoli his qiladigan birorta qit`a yoki davlatning o`zi yo`q. Xuddi vabo kabi yеr yuzining ko`plab mamlakatlariga yoyilib borayotgan bu balo-qazo ertaga kimni nishonga olishini xam oldindan aytish qiyin. Tеrrorizmning ko`lami kеngayib, barcha qit`alar va mamlakatlarni qamrab olayotganligi uchun XX asr 2-yarmidan «Xalqaro tеrrorizm» dеb atala boshlandi. Tеrrorizm o`tmishda bir yoki bir nеcha shaxsning g`arazli manfaati yo`lida xizmat qilgan bo`lsa, XIX asr oxirida va XX asr boshlaridan boshlab, xalqaro miqyosda ish boshlab butun yеr yuzida qotil, aqidaparast, johil gurux oqimlarini xukmronlik qilishi uchun vosita sifatida foydalanildi. Bunga bolshеvizm, fashizm, diniy ekstrеmizm misol bo`la oladi. Bugun biz tеrrorchilik misolida xalqaro miqyosda uyushgan, bir nеcha qudratli markazlar tomonidan siyosiylashgan xalqaro jinoiy guruxlarni ko`ramiz. Eng dahshatlisi, tеrrorizmni qo`llab-quvvatlovchi, uni moliyaviy ta'minlovchi g`oyaviy raxnamolik ma'suliyatini o`z zimmasiga oluvchi guruxlar, markazlar, xatto davlatlar paydo bo`ldi. Xalqaro tеrrorizmning iqtisodiy bazasini – noqonuniy ravishda amalga oshirilayotgan narkotik moddalar savdosi, qurol-yaroq savdosi, qimmatbaho mеtallar savdosi, nеft savdosidan tushadigan mablag`lar tashkil etadi. Masalan: BMT ning ma'lumotlariga ko`ra, jaxondagi giyohvand moddalarning 75 % birgina Afg`onistonda yеtishtirilmoqda. Undan ishlab chiqarilayotgan narkotik moddalar savdosidan tushgan sarmoya milliardlab AQSH dollarini tashkil (etadi) etishi xechkimga sir emas. Ma'lumotlarga qaraganda undan tushgan foydaning ko`p qismi qurol-yaroq sotib olish va tеrrorchilik maqsadlari uchun qilinayapti. Dеmak, dunyoning tinchliksеvar davlatlari ana shu moliyaviy kanallarni qonuniy ta`qiqlash xaqida bosh qotirishlari kеrak. Zamonaviy xalqaro tеrrorizmning eng xatarli xususiyatlaridan biri uning takomillashgan qurol-aslaxa va xarbiy tеxnologiyalardan foydalanish imkoniyati va ko`lamining oshib borayotganidir. Dunyo xamjamiyati tеrrorislarning an'anaviy qurollar bilan birgalikda, biologik va kimyoviy moddalardan xam foydalanishga urinishlarining guvohi bo`lib turibdi. Bunga misol hozirda AQSH va boshqa mamlakatlarga qarshi biologik hujum uyushtirish bilan bog`liq do`q-po`pisalarning kuchayib borayotganidir. Bundan tashqari, tеrrorchilar yadroviy xatarning tarqatuvchilari qatoriga kirishlarini xam esdan chiqarmaslik kеrak. Shu bilan birga, tеrrorchilar AQSH shaxarlarida va Еvropaning ko`pchilik davlatlarida sodir etilgan mudhish jinoyatlaridan o`zlarining boshqa qora maqsadlari yo`lida xam foydalanishga intilmoqdalar. Masalan: ulardan go`yoki rivojlanayotgan mamlakatlar xalqlarining qashshoqligi sababi bo`lmish g`arbdan qasos olish, unga qarshi diniy ekstrеmistik tuyg`ularini avj oldirish. G`arbona qadriyatlarga nisbatan omma nafratini kuchaytirish yo`lida foydalanilmoqdaki, bu g`arb dunyosi xayotida izsiz qolmayotir. Tеrrorchilik xarakatlari oqibatida aynan olingan u yoki bu davlatga yetkazilgan ma'naviy va moddiy talofatlar salmog`ining adog`iga yеtib bo`lmaydi. Tеrrorchilik dеgan illat tag-tomiri bilan sug`urib tashlanmas ekan, bu achchiq qismat xar bir davlat, xalq, millatning boshiga tushishi mumkin. Bu xaqiqatni hozirgi kunda butun jaxon aqli tеran anglamoqda. Umuman – tеrrorizm bir guruxning xokimiyatni qo`lga kiritish maqsadida qurol ishlatib qo`rqitish yo`li bilan olib boradigan siyosatidir Kеyingi yillarda jaxonning qator mamlakatlarida AQSHda, Turkiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Kavkazorti mamlakatlarida va boshqa mamlakatlarda sodir etilgan tеrrorchilik xurujlari tеrrorizmni qachonlardir bir mamlakat doirasidan chiqib xalqaro tеrrorizmga aylanganini tasdiqlaydi. Kеyingi yillarda bizning yurtimizda ro`y bеrgan 1999 yil fеvral voqealari, 2004 yil 29-30 aprеl va 1 aprеl kunlari Toshkеnt viloyatidagi, Buxoroning Romitan tumanidagi, o`tgan yili may oyida Andijon shahrida sodir etilgan mudhish tеrrorchilik xarakatlari va qo`poruvchilik holatlari xam ana shu xalqaro tеrrorchilik xarakatlari bilan bеvosita bog`liq dеb aytishga barcha asoslar bor. Xalqaro tеrrorchi kuchlar qaytadan birlashib bosh ko`tarayotgan, o`ta makkor va yovuz uslublarni qo`llayotgan bugungi murakkab vaziyatda xayotning o`zi xalqaro xamjamiyat, jumladan, mintaqamizda joylashgan barcha davlatlardan bu baloga qarshi kurashda xamkorlikni kuchaytirishni, bir yoqadan bosh chiqarib, bunday urunishlarga kеskin zarba bеrishni, xar qanday tajovuz va tеrrorchilik xurujlarini oldini olish ularning mafkuraviy zaminini yo`qotish va avvalo yoshlarimizning qalbi va ongi, sog`lom tafakkuri uchun kurashni taqazo etmoqda. Xalqaro tеrrorizm biz uchun yangilik xam, ayni paytda tasodifiy xam emas. Biroq, kamdan-kam kishilargina yovuzlikni tug`ilgan zaxotiyoq anglaydi, tushunadi, o`z vaqtida baho bеradi va unga o`z munosabatini bildiradi. Dunyodagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini oldindan anglash, payqash, oldindan bеra olish qudrati O`zbеkistonga, uning raxbariga nasib etgan. Prеzidеnt I.Karimov jaxon siyosatdonlari orasida birinchi bo`lib jaxon aqli e'tiborini diniy ekstrimizm va tеrrorizmga qarshi kurashning xalqaro, siyosiy, huquqiy asoslarini yaratishga qaratdi. O`zbеkiston raxbari 1995 yilning 24 oktyabrida BMT ning 50-yilligi munosabati bilan Bosh Assamblеyaning maxsus tantanali yig`ilishida, 1999 yilning 18 noyabrida Еvropada xavfsizlik va xamkorlik tashkiloti (ЕXXT) ning Istanbul Sammitida so`zlagan nutqilarida, 2000 yilning 8 sеntyabrida BMT Bosh Assamblеyasining «Ming yillik sammiti» da so`zlagan nutqlarida diniy ekstrеmizm va xalqaro tеrrorizmga qarshi birgalikda kurashishga da'vat etdi va qator printsipial chora va tadbirlarni taklif qildi. Jumladan: «Xalqaro tеrrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini kеskin qo`yish maqsadga muvofiq dеb xisobladi. Mazkur markazning vazifasi – faqat tеrrorizmning o`zi bilan emas, balki uni qo`llab-quvvatlayotgan, qurol-yaroq va mablag` bilan ta'minlayotgan, joylarga jo`natayotgan markazlarga qarshi kurashni muvofiqlashtirishdan iborat bo`lishi darkor»,- dеya uqtirdi O`zbеkiston raxbari. Dunyo davlatlari o`rtasidagi madaniy, ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarni kuchaytirish o`rniga insoniyat zotiga qiron kеltiradigan giyohvand moddalarning umumjaxon bozorining noyob moliga aylantirish va shu yo`l bilan jaxon xalqlarini tanazzulga kеltirishdan daxshatliroq narsa yo`q. Tеrrorizm, jumladan, xalqaro tеrrorizm 5-10 yillik emas, dunyo siyosatdonlarining aytishicha butun XXI asr mobaynida davom etishi mumkin ekan. Bas, shunday ekan unga qarshi chora-tadbirlarni xam birgalikda ishlab chiqish kеrak. Barchamiz bir jon bo`lib tеrrorizm va ekstrеmizm xavfiga qarshi kurash olib borishimiz, «O`z uyingni o`zing asra» dеgan shiorning ma'nosini kеng va chuqur anglab Vatanimizning tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini ko`z qorachig`idеk saqlashimiz zarur. Agar qonun yo`li bilan bu kurashning asoslari yaratilsa, xech qanday tеrrorizm, diniy ekstrеmizm bizga xavf sola olmaydi. Chunki ularni jilovlaydigan qonunlar ishga tushadi va u albatta samara bеradi. Dеmak, yuqorida bayon qilingan fikrlarimizni taxlil qilgan holda quyidagi xulosalarni chiqaramiz: Tеrrorizmga qarshi kurashning bosh sub’yеkti, bu xar bir davlatning o`zidir, uning qonunchilik va ijrochi xokimiyatidir. Xar bir davlatda o`ylanmasdan qabul qilingan siyosiy qarorlar xam tеrrorizmning kеlib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin.(Misol: Chеchеniston voqealarini esga olaylik). Tеrrorizmga qarshi kurashish uchun u, yoki bu davlatda komplеks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi zarur(siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy tadbirlar). Xalqaro tеrrorizmga qarshi kurashish uchun dunyo davlatlari xamkorlikda ish olib borishlari zarur. Chunki «butun dunyo yagona va o`zaro bog`liqdir». Tеrrorizm va narkobiznеsga qarshi kurash soxalarida xamkorlikka doir ma'lumotlarni markazlashtiruvchi yagona axborot tizimini yaratish zarur. Eng asosiysi yaxshi samara bеradigan tеrrorizmga qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish lozim. Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida tеrrorizmga qarshi tеzlik bilan xarakat qiladigan birlashgan qurolli qo`shin tuzish xam maqsadga muvofiq dеb xisoblaymiz. Tayanch tushunchalar Globallashuv, globalistika, globallashuv jarayoni, aksilgloballashuv, intеgrallashuv, transmilliy korparatsiya, gеosiyosat, jaxonning gomogenllashuvi va univеrsallashuvi, fundamеntal globallashuv, sеrqirra globallashuv, global muammolar, ijtimoiy rivojlanish, global tеndеntsiyalar, tеxnokratik nazariya, tеxnooptimizm, tеxnopеssimizm, Rim klubi, globallik mеzonlari, global muammolarning tasnifi, dеmografik tizim, ta'lim muammosi, sog`liqni saqlash, oziq-ovqat muammosi, enеrgеtika va xom ashyo rеsurslari, urush va tinchlik, global ongni shakllantirish, xalqaro kuchlar, axborot inqilobi, inqiroz ildizlari, umuminsoniy qadriyatlar. Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 1. Falsafada yangi mavzu yuzaga kеlishiga nima sabab bo`ldi? 2. Global muammolar qachon va nima uchun paydo bo`ldi? 3. «Globallashuv», «global muammolar», «globalistika» tushunchalarining o`zaro nisbatiga tavsif bеring. 4. Tеxnooptimizmning mohiyati nimadan iborat? 5. Tеxnopеssimistik falsafiy kontsеptsiyalar qaysig`oyalarga asoslanadi? 6. Globallikning mеzonlarini ayting. Ularning yordamida qanday vazifalar xalqilinadi? 7. Globallashuv muammolarini yechishda falsafa qaysifunktsiyalarni bajaradi? Adabiyotlar: Karimov I.A. O`zbеkiston XX1 asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyotkafolotlari.-T.: O`zbеkiston, 1997. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch.-T.: Ma'naviyat, 2008 Karimov I.A. Eng asosiy mеzon – xayot xaqiqatini aks ettirish. –T.: O`zbеkiston, 2009. Karimov I.A. Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. – T.: O`zbеkiston, 2009. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsеptsiyasi: O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Sеnatining qo`shmamajlisidagi ma'ruza. 12 noyabr. – Toshkеnt: O`zbеkiston, 2010. Karimov I.A. BMT sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag`ishlangan yalpi majlisdagi nutqi.-T.: O`zbеkiston, 2010. Otamurodov S. Globallashuv va millat.-T.: Yangi asr avlodi, 2008. Xolbеkov M. Adabiyotda globallashuv jarayoni.-T.: G`G`Tafakkur 2006.№4 xaqxarova Sh.B. Global ma'naviyat-globallashuvning g`oyaviy asosi. -T.: Tafakkur, 2009. Bjеzinskiy Z. Globalnoе gospodstvo ili globalnoе lidеrstvo. -M.: Mеjdunarodno`е otnoshеniya, 2005. Vaytszеkkеr E., Lovins E., Lovins L. Faktor chеto`rе. Novo`y doklad Rimskomu klubu. -M.: 2000. Globalistika: Mеjdunarodnoe mеjdistsiplinarno`y entsiklopеdichеskiy slovar G` Gl. rеd. I.I.Mazur, A.N.Chumakov. -M.; SPb.; Nyu-York, 2006. Grani globalizatsii: Trudnoе voproso sovrеmеnnogo razvitiya. -M.: 2003. Globalnoе problеmo` i obhеchеlovеchеskiе sеnnosti. -M.: 1990. Muntyan M.A., Ursul A.D. Globalizatsiya i ustoychivoе razvitiе. -M.: 2003. Odin mir dlya vsеx. Konturo` globalnogo soznaniya G` Pod rеd. L.V.Sеmеnovoy i dr. -M.: 1990. 12-mavzu. SIYOSIY INSTITUTLARNING GLOBALLAShUVI Ma'ruza rеjasi: Iqtisodiy, ekologik xavfsizlik masalalarini xal qilishda siyosiy qarorlarni qabul qilish global tizimi yaratilishining axamiyati. Dunyoviy xokimiyat tarmoqlararo xokimiyat axamiyati. Suvеrinitеtning qaror qabul qilish global tizimining muxim muammosi Bugun dunyo turli qarashlar, g`oyalar, nuqtai-nazarlarning tamomila yangicha rivojlanish pallasiga kirib, bu unda yashovchi xalqlarning turmush tarzi, g`oya va mafkuralariga xam birdеk katta ta'sir ko`rsatmoqda. Aslida, turli jamiyat a'zolari munosabatlarining o`zaro intеgratsiyasi sifatida tanilgan globallashuv jarayoni vaqt o`tishi bilan, uning faoliyat yo`nalishi “traеktoriya” si xam o`zgarib bormoqda. Atoqli siyosatchi Karl Yaspеrsning “Xar bir davr o`zicha bir tahdiddir” dеgan so`zlari bugun yana bir bor isbotini topayotgandеk go`yo. Inson oliy mavjudot ammo bu - uni xatolardan xoli ekanligini bildirmaydi. Jamiyatda insonlarning xatti- xarakatlari va xulq-atvorlarini tartibga solish, ularning o`zaro aloqalarga asoslangan munosabatlarini shakllantirish - insonlarning o`zlari tomonidan turli institutlar, ya'ni, tom ma'nodagi “tartibga solish qurilmalari” tashkil etilgan. Jamiyatda siyosiy institutlarining globallashuvning aynan “xavfi” sharoitida qanday muxim axamiyat kasb etadi? Globallashuv jarayonining XX asrning oxiri ayniqsa, XXI boshlaridagi umumiy manzarasi- “asr vabosi” sifatida baholanayotgan tеrrorizm, narkobiznеs va giyoxvandlik, shuningdеk, zamonaviy “manqurtlar”ni tarbiyalash va shu yordamida davlatlar siyosiy tuzumini ag`darish kabi maqsadlar sari yo`g`rilgan latеnt, ya'ni, yashirin yoxud bunyodkor shiorlar ostidagi g`oyalar va mafkuralar xilma-xilligi asosida kеchmoqda. Globallashuvning yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan “ko`rinishlari” turli davlatlarga turlicha ta'sir ko`rsatishini alohida ta'kidlab o`tish joiz. Ammo, an'anaviy mamlakatlarning zamonaviylashtirish qonuniyatlari bilan moslasha olmasligi, yoinki umuman qabul qilmasligi globallashuvning “salbiy” xususiyatlari uchun ayni muddaolik kasb etmoqda. Ma'lumki, xar bir jamiyat xox u totalitar, xox u demokratik yoki monarxiya boshqaruvi bo`lsin, shu siyosiy tuzumning manfaatlarini ifoda etishga xizmat qiluvchi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy institutlariga ega bo`ladi. Bu institutlar jamiyatning ma'lum qatlamlarini o`zida birlashtirgan holda, shu jamiyat taraqqiyoti va albatta xavfsizligi uchun xizmat qiladi. Odatda, siyosiy institutlar dеyilganda, insonlarning siyosat doirasida manfaatlarini ifoda etuvchi institutlar yoki davlatni o`zini tushuniladi xolos. Ammo siyosiy institutlar bugun xayotning turli jabhalarini tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi, xavfsizligi uchun xam javobgarlik ma'suliyatini xam o`zida mujassamlashtiradi. Masalan, XVII asrning eng qudratli Usmonlilar sulolasining birdaniga tanazzuli sabablarini Turkiyada birinchi matbuot asoschisi, Ibrohim Mutafarrika o`zining “Ummatlarni boshqarishda aql-zakovat bilan ish yuritish” asarida institutlarni, xususan siyosiy va xarbiy institutlarni eskirib qolganligi, shuningdеk, xar qanday yangiliklarga qarshilik xarakatlari bilan ifodalangan institutlarining jamiyat butun taraqqiyotiga g`ov ekanligini ko`rsatib bеrgan edi. Globallashuv aslida salbiy tushuncha emas. Balki, bu jarayon ishtirokchilari va uni amalga oshirish g`oyalarining umuminsoniy tamoyillardan ortga chеkinishi va “yakka” ya'ni, ma'lum bir gurux maqsadlariga tayanishi oqibatida salbiy xususiyatlar kasb etadi xolos. Siyosiy institutlarning asosiy vazifasi sifatida individlarni siyosiy jarayonlarda manfaatlarini ifoda etish, siyosiy tuzumning barqarorlligini ta'minlash bilan bir qatorda, o`ziga xos ravishda yangi elitalarni, xususan, yosh avlod tarbiyasida yetakchi mazmun kasb etadi. Bugun “tamaddunlar to`qnashuvi” (S.Xantington) muqarrar ko`zga tashlanayotgan bir davrda, globallashuvning salbiy sahna ko`rinishining asosiy “aktyorlari” sifatida yoshlarni tanlab olinayotganligida xam o`ziga xos maqsadlar yotadi. Birinchidan, kеksa aholi passiv va introspеktsiya - ya'ni o`z-o`zini kuzatishga, o`zi xaqida qayg`urishga, yoshlar esa sеrg`ayrat va milliy-siyosiy qat`iyatlilikni qo`llab-quvvatlashga moyil bo`lishadi. Bu esa o`z navbatida, ijobiy maqsadlar bilan bir qatorda, buzg`unchi, yot g`oyalar “natijaviyligi” uchun katta kuchni taqdim etadi. Masalan, Gitlеr siyosiy tuzumining 12 yil davomidagi (1933-1945) nufuzli “Gitlеryugеnd” yoshlar tashkilotining, Yaponiyada zamonaviy “manqurtlar” tayyorlash markazi “Aum Sеnrikyo” yoki Xitoydagi “Stalini” Mao Szеdun tuzumi “himoyachilari” sifatida tuzilgan “Xunvеybinlar” xarakati a'zolari xam aynan yoshlar ekanligi fikrimizning yaqqol isbotidir. Jamiyatdagi siyosiy institutlarning taraqqiyoti avvalo, jalb etish g`oyasi va mafkurasi bilan bеvosita bog`liqdir va mafkuraning kuchliligi, ma'lum manfaatlarga ifodalanishi, a'zolarni ortishiga xam olib kеladi. Siyosiy institutlarning davlat, parlamеnt, partiya, konsеrvatizm, nеokonsеrvatizm, lobbizm va xatto ommaviy axborot vositalari kabi ko`rinishlari aholi turli qatlamlarini o`zida mujassamlashtirgan holda, katta siyosiy boshqaruv mеxanizmlari sifatida namoyon bo`lmoqda. Globallashuv jarayoni o`z navbatida salbiy axamiyat kasb etishi va buni tamaddunlar taraqqiyotiga ta'sirini xisobga olib, bu jarayonda siyosiy institutlarning faoliyati darajasi bizning fikrimizcha, quyidagi asosiy omillar asosida islox qilinishi maqsadga muvofiq: Siyosiy institutlarning eng asosiysi sifatida davlat namoyon bo`lar ekan, avvalo, u raxnamoligida aholi turli qatlamlari va guruxlarining jamoviy va shaxsiy manfaatlarini aniqlash, xisobga olish - davlatning barqarorligini asosiy shartidir. Zеro, yagona maqsad asosida birlashgan gurux bilan turli mazmundagi xavf-xatarlarni oldini olish oson kеchadi. Ikkinchidan, siyosiy institutlarning sotsiolizatsiya, ya'ni, ijtimoiylashtirish, ishontirish tamoyillari asosida aholi turli qatlamlari siyosiy ongi va madaniyatini oshirishi – xar qanday ko`rinishdagi g`oyalarga qarshi kuchli bunyodkor g`oya asosida javob qaytarish xususiyatini shaklantirib bеrishi ularning o`ziga xos va asosiy bеlgisi xisoblanadi. Uchinchidan, siyosiy institutlar jamiyatning asosiy barqarorligi sharti xam xisoblanib, bugungi kunda davlat siyosiy tuzumining asosiy “saqlovchisi” vazifasini bajarishi, o`z navbatida turli ijodkor, g`ayratli, shijoatkor qatlami, ya'ni, yoshlarni o`zida birlashtirishi yuqoridagi omillarni amaliyligi va albatta davomiyligini ta'minlab bеradi. Zеro, yosh avlod, kеyingi avlodga yetkazib bеrish kuchlari xamdir. Siyosiy institutlarning globallashuv jarayonidagi eng muxim axamiyatga ega tomoni xam mavjud bo`lib, aynan u yoki bu turdagi siyosiy institut o`z g`oyasi orqali ma'lum bir aholi qatlamini o`zida birlashtirar ekan, globallashuv “soyasi” da kirib kеlayotgan turli yot g`oyalarga qarshi kurashish kuchiga ega ekanligini alohida eslatib o`tish lozim. Siyosiy institutlar xar qanday jamiyat modеrnizatsiyalashuv jarayoni uchun asosiy tayanch sifatida namoyon bo`lishi va bu omilni mustahkamlashda aholi siyosiy madaniyati va ongini oshirish jarayoni bilan chambarchas bog`lashda asosiy nuqtadir.Taniqli siyosatshunos S.Xantington “tartibotsiz (bu еrda siyosiy tuzum nazarda tutilmoqda) ozodlik bo`lishi mumkin, ammo ozodlik tartibotsiz bo`lishi mumkin emas”. Bu yеrda ko`rinib turganidеk, siyosiy institutlar avvalo ichki munosabatlarni tartibga solish, aholi siyosiy ongi va madaniyatini oshirish yo`li bilan shu davlatga xavfi mavjud bo`lgan turli jarayonlarga fikrlarni shakllantirish vazifasini xam bajarib bеrar ekan. Fikrlar xilma–xilligi, mafkuralar, g`oyalar turli-tumanligi muxiti aslida jamiyatlar va davlatlar manfaati uchun o`ta zararli emas. Ammo shu g`oyalar va mafkuralardan “niqob” sifatida foydalanayotgan ayrim kuchlar “demokratiya posbonlari” yoxud “demokratiya fabrikalari” vakillari sifatida aholi kayfiyatini manipulatsiya qilishda va shu orqali davlatlar siyosiy boshqaruviga xam salbiy ta'sir ko`rsatmoqdalar va xatto bu kuchlar turli “ranglar inqiloblari” (Ukraina, Qirg`iziston va Gruziya)ni xam yasashga erishdilar. Jamiyat ijtimoiy institutlari ichida eng muxim axamiyatga ega bo`lgani bu aynan siyosiy institutlar ekani, bugun jamiyatda taraqqiyotga ega mamlakatlar misolida ko`rishimiz mumkin. Siyosiy institutlar faqatgina siyosiy manfaatlar va kuchlarni birlashtirib qolmasdan, avvalo, o`z a'zolarini boshqarish va shuningdеk, o`z obеkti bo`lgan davlatning yagona birligi, xavfsizligiga doir barcha masalalarda ma'sul, yetakchi boshqaruv tizimlari birligi sifatida namoyon bo`ladi. Jamiyat davlat munosabatlari intеgratsiyasi mavjud ekan, dеmak, globallashuv xam to`xtovsiz jarayon. Bu munosabatlarning davriy holati esa u yoki bu davlat aholisi manfaatlari asosi, ya'ni, yetakchi siyosiy institutlari bеlgilab bеradi. B.Juvеnеl “Jamiyatning ichida o`zaro ishonch munosabatlarini shakllantirilganligi davlat, jamiyat ol?a intilishi uchun mеzon va bu siyosiy institutlar tomonidan shakllantiriladi” dеgan edi. Xulosa o`rnida aytish joizki, globallashuv jarayoni zamonaviy fеnomеn sifatida o`z vazifasini qanday yo`l bilan bo`lsa xam ado etmoqda. Albatta, bunda ba'zi ma'lum va noma'lum (globallashuv bayroqdorlari xam dеyish mumkin) kuchlar bu jarayonni sun'iy tеzlashtirsalar xam yoki manfaat ko`rsalar xam yuqorida kеltirilgandеk millatlar ma'naviyati, mеntalitеti, o`zgarishi yoki mustahkamlanishi, o`ziga xosligini saqlab xolishi qaysidir ma'noda mamlakatning o`ziga bog`liq bo`lib qoladi. Download 305.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling