Kafedrasi bajardi: 105. 19-guruh Norqobilov M


Qurilishning hammasi uchun


Download 140.9 Kb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi140.9 Kb.
#1442404
1   2   3   4
Bog'liq
tunneldan mus ish

Qurilishning hammasi uchun ham, har bir qurilish maydonchasi uchun ham qurilishning bosh rejasi tuzilib, unda doimiy tonnel inshootlari, shaxta naylari va qurilish maydonchalari, turar-joy binolari, ustaxonalar, tashqi tarmoklar va energo-ta’minot qurilmalari, qurilish joyiga boradigan yо‘l, grunt tоkish joylari va boshqalarning joylashuvi kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak.
Tonnel qurilish ishlarini aniqlash, tezlik bilan bopsharish va nazorat qilish imkonini beradigan muxim tashqiliy-texnik jujjat - ishlarni tashqil qilish grafigidir.
Tonnel qurilishi ishlarini tо‘g‘ri tashqil qilishning asosiy omillari -bu qurilish jarayonlari bajarilishining siklliligi va kompleks mexanizatsiyalashtirilganligi hamda qurilishni industriyalashtirishdir.
Ochiq usulda tonnel qurishning mohiyati shundaki, avval yer yuzasidan turib kotlovan yoki transheya qaziladi, sо‘ngra u yerda tonnel konstruksiyasi quriladi va namо‘tkazmaslik tadbirlari bajarilib, grunt bilan qatlamlab kо‘miladi.
Ochiq usulda tonnel qurish usuli ochiq (bо‘sh) maydonlarda har xil kollektorlar, sayoz joylashgan bir va ikki yо‘lli metropoliten yurish va bekat tonnellari, yer osti piyoda yо‘llari, tonneloldi va bekatoldi inshootlari, shuningdek suvosti Tonnellari qurilishida foydalaniladi. Ochiq usul bilan tonnel qurishning bir necha usullari mavjud: kotlovan usuli, transheya («gruntdagi devor») usuli, quduq usuli, qalqon usuli, shuningdek chо‘ktiriladigan bо‘lak (seksiya) va tonnel-kesson usullari.
Kotlovan usulida avval kotlovan qazilib, unda yer osti inshooti konstruksiyasi quriladi va u grunt bilan qatlamlab kо‘miladi va yer yuzasi obodonlashtiriladi.
Muhandis-geologik sharoitlar va shahar qurilishining hususiyatlariga qarab kotlovan devorlari tabiiy qiyalikda, vaqtincha mustahkamlangan tikholatda yoki qurama(kombinatsiyalashgan)holda bо‘ladi.


Download 140.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling