Qiya (nishab)li (a), tik (b) va qurama (v, g) devorli kotlovanlar
1-qiyalik; 2-yer osti inshooti; 3-metall qoziq (shpunt)lar
Nishabli kotlovanlarni (a) о‘zlashtirilmagan mustahkam grunt sharoitidagi maydonlarda qо‘llaniladi. Bu usulda devorlarni mustahkamlashga sarf bо‘ladigan ashyolar tejaladi.
Tik devorli (b) kotlovanlar imoratlar zich joylashgan shahar sharoitida va bо‘sh gruntlarda qо‘llanilib, ularning devorlari bir-biriga mahkamlangan metall qoziqlar, shpuntlar, ankerlar yordamida mustahkamlanadi.
Bir jinsli bо‘lmagan gruntlarda, agar maydon holati imkoniyat bersa, ashyo va mehnat sarfini kamaytiradigan qurama (v,g) devorli kotlovanlar qaziladi.
«Gruntdagi devor» usuli quyidagicha amalga oshiriladi:
qurilishi mо‘ljallangan yer osti inshooti (tonnel) perimetri bо‘yicha 0,4-1,0 m kenglikdagi, inshoot joylashish chuqurligiga transheya qaziladi;
qazilayotgan tarnsheya devorlari qulamasligi uchun ular gruntli qorishma bilan tо‘ldiriladi;
sо‘ngra gruntli qorishma yaxlit beton yoki temirbetondan quriladigan devor bilan almashtiriladi va uning ximoyasida kotlovan qaziladi va yer osti inshooti (Tonnel) konstruksiyalari tiklanadi.
Gruntdagi devor» usuli bо‘yicha ishlarning asosiy fazalari
a) ekskavator yordamida pioner transheya (1) qazish;
b) forshaxta (2) qurish;
v) transheya ishlanayotgan bо‘lagini greyfer yordamida qazish va ag‘darma avtomashinalarga ortish;
g) armatura karkaslarini о‘rnatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |