Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich


Download 177.45 Kb.
bet6/7
Sana13.05.2020
Hajmi177.45 Kb.
#105686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari

rasm. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan mikrokreditlar hajmi12 (mlrd.so’m)






12O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosidatalaba tomonidan tayyorlangan.

Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2014 yilda 1907 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2015 yilda ushbu ko’rsatkich 2526 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Oxirgi 5 yilda kichik biznes sub’ektlarinikreditlash xajmi 2010- yilga nisbatan qariyb 3.4 barobarga, ularga ajratilgan mikrokreditlar xajmi esa deyarli 4 barobarga oshgan.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati tobora o’rtib bormoqda. Buni ruqoridagi rasm ma’lumotlaridan ko’rishimi mumkin. Xususan banklar tomonidan kichik biznes sub’yektlariga ajratilgan kreditlar hajmi yildan yilga o’sib bormoqda.

Banklarning barcha filiallarida tadbirkorlarga yaqindan maslahatlar berish bo’yicha “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to’g’risida doimiy ravishda axborot berib borilishi yo’lga qo’yildi.

O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi huzurida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsion loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirishga ixtisoslashtirilgan jamg’arma tashkil etildi.

Oxirgi 5 yilda kichik biznes sub’ektlarinikreditlash xajmi 2010-yilga nisbatan qariyb 3.4 barobarga, ularga ajratilgan mikrokreditlar xajmiesa deyarli 4 barobarga oshgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438 sonli qarorida ko’rsatilgan “Moliyaviy nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash va strategic investorlarni jalb qilish”ga e’tiborni kuchaytirish maqsadida “Yo’l xaritalari” dasturini ishlab chiqish hamda ijrosini taminlashda tijorat banklari va ularning kreditlarini ahamiyati kata. Jumladan, so’ngi yillarda 22 ta zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarga 453,3 mlrd so’mlik kredit va investitsiyalar yo’naltirildi. Natijada ular faoliyati sezilarli darajada ijobiy tomonga

o’zgarib ular 2014-yilning o’zida qariyb 2,5 trln so’mlik maxsulot yaratib 173 mlrd so’m foyda olishga erishdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi. Xususan:


  • kichik biznes sub’ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq ochgani uchun to’lov undirish bekor qilindi.

  • imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag’batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig’idan ozod qilindi. Bunga asosan, joriy yilda Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar 1,3 barobarga ko’paytirilib, ularning hajmini 24 milliard so’mdan oshirish choralari ko’rildi. Ushbu kreditlar asosan uzoq va chekka, shuningdek, ortiqcha mehnat resurslariga ega bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi.

2012 yil davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 48,5 milliard so’m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.

“Mustahkam oila yili”da oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, turmush darajasini oshirish maqsadida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, jumladan mebellar, maishiy texnika va boshqa turdagi uzoq foydalaniladigan jihozlarni sotib olishga jami 320 milliard so’mlik, shu jumladan, 15 mingta yosh oilaga uch yillik qaytarish muddati bilan 81 milliard so’mlik iste’mol kreditlari

ajratildi.

Yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilgani tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Banklarning investitsiya kreditlari ustuvor ravishda “2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish”, “2012 yilgi Investitsiya dasturi” hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni qo’llab- quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishga yo’naltirilmoqda.



Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari o’z faoliyatida turli banklar bilan muomalada bo’ladilar. Bu jarayon oldingilaridan farq qilgan holda ancha murakkab hisoblanadi, chunki oldingi jarayonlar, asosan, korxonalar orqali bank o’z faoliyatini olib borganligi bilan xarakterlanadi.


  1. rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kichik biznes sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar hajmi dinamikasi13 (mlrd. so’m)


Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kichik biznes sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar hajmi 2014-2015 yillar davoamida sezilarli ravishda o’sgan. 2014 yilda 296,8 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2015 yilda 362,1 mlrd. so’mni tashkil qilgan.

Tadbirkorlarning banklar bilan bo’ladigan operatsiyalarida ko’pgina erkinliklar berib qo’yilganligi shunda namoyon bo’lmoqdaki, xususiy tadbirkor o’z jamg’armasini O’zbekistonning turli banklaridagi o’z hisob schyotida saqlash, kredit va kassa operatsiyalarini bajarish huquqiga ega. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi munosabatlarda amal qilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan pul o’tkazish yo’li bilan hisob-kitoblar olib borish mumkin. Banklar tadbirkor schyotida pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarni saqlashni kafolatlab beradi.





  1. Download 177.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling