Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich
Kichik biznes sub’ektlarini bank kreditlari orqali moliyalashtirish amaliyoti
Download 177.45 Kb.
|
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari
Kichik biznes sub’ektlarini bank kreditlari orqali moliyalashtirish amaliyotiDavlatimiz Prezidenti 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “Bank va banklar faoliyati to’g’risida”gi Qonunda banklar faoliyati, vazifa va imkoniyatlari yoritilgan. Banklarimiz tomonidan iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish maqsadida ajratilayotgan kreditlar hajmi oshmoqda, buning natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o’z faoliyatini yo’lga qo’yish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar shu bilan birga aholi bandligining ta’minlanishi, yangi ish o’rinlarining yaratilishiga asos bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvarda qabul qilingan “2011-2015 yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko’lamini kengaytirish va chuqurlashtirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirishning mezonlari va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir choralar-tadbirlar Dasturi to’g’risida”gi PQ-1464-sonli Qaroriga asosan, tijorat banklarida kichik biznes sub’ektlariga kreditlarni ajratishda garovga qo’yilgan mulkni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni kreditning umumiy summasida aks ettirish amaliyoti joriy qilindi. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kredit qo’yilmalarining o’sishini quyidagi rasmda ko’rish mumkin. rasm. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan ajratilgan jami kreditlari dinamikasi11 (1 aprel holatiga, trln.so’mda)11 http://www.uzreport.uz Rasm ma’lumotlariga murojaat qilsak, 2015 yil tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar miqdori 34,8 trln. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2016 yil 1 aprel holatiga ko’ra ushbu ko’rsatkich 44,1 trln. so’mni tashkil qilgan. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalar o’zlarining ichki bo’linmalari bajargan avvalgi ko’p funksiyalardan voz kechishi va bu funksiyalarni kichik korxonalarga bosqichma-bosqich berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra yirik sanoat korxonalarining soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. O’z o’zidan bu xolat tijorat banklarining kreditlariga bo’lgan talabni oshishiga sabab bo’lmoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, xarajatchan, yangiliklarga hozirjavob, bozordagi talab va uning o’zgarishiga tez moslashuvchan bo’lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda kichik koxona va firmalarni kreditlashga o’zining e’tiborini ohirib bormoqda. Download 177.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling