Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich
-rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kichik biznes sub’ektlariga
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ayol tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar miqdori 15 (mlrd. so’m)
- 4-jadval 2014-2015 yillarda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 16
- 2015 yil, mlrd. so’m O’sish, % I. KICHIK BIZNESNI
- II. INVESTITSION KREDITLAR 8 546,7 117,0 10 252,0 120,0
- 4. Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash tizimini takomillashtirish masalalari
7-rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kichik biznes sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar hajmi dinamikasi 13 (mlrd. so’m)
13 “ Mikrokreditbank” ATB ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. 0 50
100 150
200 250
300 350
400 2011 yil 2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil 159,7 204,7
245,8 296,8
362,1 25
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kichik biznes sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar hajmi 2014-2015 yillar davoamida sezilarli ravishda o’sgan. 2014 yilda 296,8 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2015 yilda 362,1 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Tadbirkorlarning banklar bilan bo’ladigan operatsiyalarida ko’pgina erkinliklar berib qo’yilganligi shunda namoyon bo’lmoqdaki, xususiy tadbirkor o’z jamg’armasini O’zbekistonning turli banklaridagi o’z hisob schyotida saqlash, kredit va kassa operatsiyalarini bajarish huquqiga ega. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi munosabatlarda amal qilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan pul o’tkazish yo’li bilan hisob-kitoblar olib borish mumkin. Banklar tadbirkor schyotida pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarni saqlashni kafolatlab beradi.
8-rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kollej bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar xajmi dinamikasi 14 (mlrd. so’m)
14 “Mikrokreditbank” ATB ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. 5,1 9,8 21,4 37,4 45,2 2011 yil 2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil kollej bitiruvchilariga ajratilgan kreditlar (mlrd. so'm) 26
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kollej bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar xajmi 2012 yilda 9,8 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2014 yilda ushbu ko’rsatkich 37,4 mlrd. so’mni tashkil qilgan. 2015 yilda esa, 45,2 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Tadbirkorlar bilan bank o’rtasida kredit berish bo’yicha bo’ladigan operatsiyalar ikki tomon o’rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarini chuqur o’rganib, unga rioya qilishi lozim. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarining hayoti va iqtisodiy faoliyati valyuta operatsiyalari bilan bog’liqligi ma’lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta, ham xorij valyutasida operatsiya-larni bajarishiga to’g’ri kelmoqda. Ayniksa, tashqi savdo jarayon-lari bevosita valyuta operatsiyalari bilan bog’liq. Shuningdek: -uzoq va borish qiyin bo’lgan hududlarda joylashgan, ortiqcha mehnat resurslariga ega bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, dehqon va fermer xo’jaliklariga ustuvor ravishda Tijorat banklarining imtiyozli kreditlash fondi mablag’lari hisobidan kreditlash hajmlarini yanada kengaytirish; -xizmat va servis sohasini, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek, yangi ish o’rinlarini yaratish bo’yicha “Mikrokreditbank” aktsionerlik tijorat banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan mikrokreditlar hajmini oshirish; -oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni kreditlash hajmini oshirish bilan bir qatorda lizing, faktoring va savdoni moliyalashtirish xizmatlari ko’lamini kengaytirish; -mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini, jumladan, murakkab
27
maishiy texnika, mebel va boshqa mahsulotlarni xarid qilish uchun aholiga iste’mol kreditlari ajratilishini kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ayol tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar miqdori 2013 yilda 56,8 mlrd. so’mni tashkil qilgan, 2014 yilda 74,4 mlrd. so’mni tashkil qilgan. 2015 yilda esa, ushbu ko’rsatkich 90,3 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda o’rta sinfni shakllantirishda mustahkam zamin bo’lib xizmat qilmoqda. Xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo’lida ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, kichik biznes uchun yangi imtiyozlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois so’nggi yillarda bir qator qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ularning ijrosi sohani sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish imkonini berdi.
15 “Mikrokreditbank” ATB ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. 0 10 20 30
40 50
60 70
80 90
100 2011 yil 2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil 34 43
56,8 74,4
90,3 28
Yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”, “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’risida”, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir. 4-jadval 2014-2015 yillarda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 16
Asosiy yo’nalishlar 2014 yil, mlrd. so’m O’sish, % 2015 yil, mlrd. so’m O’sish, % I. KICHIK BIZNESNI KREDITLASH 1. Jami kreditlar 9 157,7 130,0
12 112,6 132,3
shundan:
1.1. Mikrokreditlar 1 907,0 129,0
2 527,0 129,0
1.2. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga 200,9
129,9 277,8
138,2 1.3.
“Mikrokreditbank” ning mikromoliyaviy xizmatlari 296,8 119,6
362,1 122,0
1.4. Oziq-ovqat iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 1 592,5
128,7 2 104,3
132,1 1.5.
Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishga 1 708,4 129,4
2 287,6 133,9
1.6. Oilaviy tadbirkorlik va xunarmandchilikka 200,6
127,1 276,0
137,6 1.7.
Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 1 245,1 128,1
1 633,8 131,2
1.8. Tadbirkor ayollarni qo’llab- quvvatlashga 960,2
127,0 1 255,0
130,7 II. INVESTITSION KREDITLAR 8 546,7 117,0 10 252,0 120,0
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, kichik biznesni kreditlash uchun 2014 yilda jami bo’lib, 9 157 mlrd. so’m miqdoridan mikrokreditlar ajratilgan.
16 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayoylandi 29
Ushbu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 130 foiz miqdorida o’sgan. Kasb hunar kolleji bitiruvchilariga ajratilgan kreditlar hajmi 200,9 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkich 129 foizga o’sgan. Oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratilgan kreditlar miqdori 2014 yilda 1592,5 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkich 128,7 foizga o’sgan. Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikka ajratilgan kreditlar hajmi 200,6 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Bu o’tgan yilga nisbatan 127 foizga ko’p miqdorni tashkil qiladi. Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan avvalgi ko’p funktsiyalardan voz kechish va bu funktsiyalarni kichik korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra, yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob tarzda o’sishi, bozordagi talab va uning o’zgarishiga tez moslashuvchan bo’lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan riqobatdoshlik darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning butun bir tarmog’ini vujudga keltirishga imkon beradigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday korxonalar yig’indisi raqobatli bozor muhitini yaratishga imkon beradi. Demak, mamlakatimiz mintaqalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan korxonalargaalohidae’tibor qaratish, bu jarayon yangi innovatsiyalar, tashabbuskorlikni talab etishini anglab, ayni shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mumkin. Shunday ekan, mintaqalardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan korxonalar rahbarlari fan va texnika sohasidagi eng so’nggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim 17 . Aholi bandligi vadaromadlarining o’sishi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga bog’liq. Bugungi kunda mamlakatimizdagi
17 Ziyaviddinova N. Iqtisodiy erkinlik va raqobat sharoitida kichik beznesda innovatsiyalar va ularning rivojlanish xususiyatlari. “Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy jurnali. 2012 yil, 6-son. 30
barcha xo’jalik sub’ektlarining 87 foizi nodavlat mulkchilik shakliga ega bo’lgan kichik va xususiy biznes korxonalaridir. Yalpi ichki mahsulotning 83,6 foizdan ortig’i, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 90 foizdan ko’prog’i, deyarli barcha qishloq xo’jalik mahsulotlari, shuningdek, savdo va xizmat ko’rsatish sohasi ularning hissasiga to’g’ri kelmoqda. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2014 yil davomida tijorat banklari tomonidan mazkur soha sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi qariyb 9,2 trillion so’mni tashkil etdi. Xususan: – ajratilgan mikrokreditlar 1,9 trillion so’mni tashkil etdi; – xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining kredit liniyalari, grantlari hisobidan 157,8 million AQSh dollari miqdorida kredit mablag’lari ajratildi; – imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi hisobidan ustuvor ravishda olis va borish qiyin bo’lgan tumanlarda, shuningdek, ortiqcha mehnat resurslariga ega bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 61 milliard so’m miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. O’zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib borishi ichki bozorni sifatli va raqobatdosh tovarlar bilan to’ldirish, zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasini kengaytirish, jahon bozori talablariga mos, eksport bop mahsulotlarni ko’paytirish, yangi ish o’rinlari yaratish, avvalo, yoshlarni ish bilan ta’minlashning, shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish, ularni muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport tovrlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Gap shundaki, ayni paytda biznesni ro’yxatga olish jarayoni “bir darcha” tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to’la mos
31
keladi 18 .
10-rasm. Jahon bankining O’zbekiston Respublikasiga tarmoqlar bo’yicha ajratgan kredit liniyalari 19 (2015 yil holatiga) 2 mlrd. AQSh dollari
Jahon bankining tarmoqlar bo’yicha ajratgan malag’lari quyidagicha sarflangan. Ajratilgan 2 mlrd. AQSh dollaridan erlarni melorativ holatini yaxshilashga 24 foizini, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohaga 24 foizini, elektroenergetika sohasiga 19 foizni, suv ta’minotini yaxshilashga 19 foizini, kichik biznesni qo’llabg’quvvatlashga 14 foiz mablag’ yo’naltirilgan. XTTB tomonidan suv ta’minoti bo’yicha loyihaga ham 5 mln. AQSh dollari miqdorida berildi. Moliya sho’’basini isloh qilish bo’yicha loyihani tayyorlash uchun bo’nak 1,2 mln. AQSh dollariga teng.
18 Ernazarov U. Tadbirkorlik ravnaqi va huquqiy asosi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2013 yil 20fevral, 35-son. 19 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzilgan. 19% 19%
24% 24%
14% Elektroenergetika sohasiga Suv ta'minotini yaxshilash Sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa ijtimoiy sohaga Yerlarni melorativ xolatini yaxshilashga Kichik biznesni qo'llab- quvvatlashga
32
masalalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi “To’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida”gi PF–4434-sonli Farmoni asosida xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun keng ko’lamdagi kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar tizimi yaratildi. Jumladan, ushbu farmonga muvofiq: - xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, mol-mulk solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek bir qancha soliq va majburiy ajratmalar to’lashda mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llashga haqlidirlar; - qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risida Qarori qabul qilindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko’rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari xavf-xatarlaridan 33
ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O’zbekiston Savdo- sanoat palatasi va Fermerlar kengashining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari bo’lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasini tashkil etildi. Quyidagilar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari hisoblandi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining chet ellardagi tender savdolaridagi ishtirokini kengaytirishga, shuningdek, yarmarkalar, «davra stollari» va boshqalarni tashkil etish yo’li bilan mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan xorijiy xaridorlarning muloqotlarini tashkil etishga ko’maklashish va boshqalar. Jamg’arma faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hamda fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatadi va yordam beradi. Jamg’arma Kengashi Jamg’armani boshqarish yuqori organi hisoblanadi, ijro etuvchi direktsiya Jamg’armaning ijrochi organi va uning mablag’larini tasarruf etuvchi hisoblanadi. Jamg’arma mablag’larining boshlang’ich miqdori 5,0 milliard so’mni tashkil etdi, buning 2,5 milliard so’mi davlat byudjeti mablag’laridan beriladigan bir yo’la badal hisobiga, qolgan qismi esa muassislar — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, shuningdek, boshqa tijorat banklari, moliyaviy institutlar va donorlarning ixtiyoriy badallari hisobiga shakllantirildi. kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko’rsatishdan xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan miqdorlarda – shartnoma qiymatining 3 foizigacha bo’lgan komission ajratmalar tarzida olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
34
Jamg’arma mablag’larining manbalari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Jamg’arma tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo’jaliklariga: eksportga mo’ljallangan mahsulotning mamlakatimiz brendlarini rivojlantirish, eksportga etkazib berishni olg’a siljitish, jumladan, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining xalqaro tender savdolarida ishtirok etishi bilan bog’liq ro’yxatdan o’tish yig’imlari hamda boshqa to’lovlarni to’laydi. Eksport shartnomalarini tuzgan, yangi bozorlarga chiqish va yangi mahsulot turlarini eksport qilishni ta’minlagan holda chet ellardagi ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish uchun beg’araz moliyaviy yordam ko’rsatadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, jumladan uning hududiy filiallari 2019 yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar, yig’imlar, boj hamda davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilinadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tovarlar va xizmatlarni oldindan haqini to’lamasdan, akkreditiv ochmasdan yoki o’rnatilgan tartibda berilgan eksport shartnomasining sug’urtasi bo’yicha polis mavjud bo’lganida 180 kun mobaynida mablag’ kelib tushishi yoki orqaga qaytarish muddati kafolatisiz xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga egadirlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" gi PQ - 1501 - sonli Qarori va 2012 yil 18 iyuldagi "Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora - tadbirlari to’g’risida" gi PF- 4455-sonli Farmoni hamda boshqa qarorlariga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmini yanada oshirish, kreditlash shartlarini soddalashtirish, ularga bank xizmatlaridan foydalanish borasida qo’shimcha imtiyoz va qulayliklar
35
yaratildi. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 iyundagi 175-sonli qarori bilan O’zbekiston Banklar uyushmasi huzurida Investitsiya loyihalari bo’yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg’armasi tashkil etildi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarida loyiha g’oyalarini tanlov bo’yicha tanlash va ularning loyiha hujjatlari ishlab chiqishni moliyalashtirish, kredit tashkilotlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirilishini tashkil
etishga ko’maklashish uning asosiy vazifasi etib belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015
yil 15 maydagi PF-4725-sonli “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra 2015 yil 1 iyuldan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub’ektlarida esa ko’pi bilan uch yilda bir marta faqat Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga asosan amalga oshirilishi; - moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlar o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmasligi; - tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so’nggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab olishinishi belgilab qo’yildi. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 39-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi: Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta, faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan o’tkazilishi mumkin. Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining 36
moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi. Aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining byudjet mablag’laridan hamda markazlashtirilgan mablag’lar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o’tkazish muddatlari o’ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas. Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlarni o’tkazish muddatlari o’n kalendar kundan oshmasligi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub’ektining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo’lgan boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida o’tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo’yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling