Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich


-rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kichik biznes sub’ektlariga


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.05.2020
Hajmi0.79 Mb.
#105683
1   2   3   4
Bog'liq
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari


7-rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kichik biznes sub’ektlariga 

mikromoliyaviy xizmatlar hajmi dinamikasi

13

  (mlrd. so’m) 

                                                           

13

“ Mikrokreditbank” ATB ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. 



50 


100 

150 


200 

250 


300 

350 


400 

2011 yil 

2012 yil 

2013 yil 

2014 yil 

2015 yil 

159,7 

204,7 


245,8 

296,8 


362,1 

25 

 

Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 



kichik  biznes  sub’ektlariga  mikromoliyaviy  xizmatlar  hajmi  2014-2015  yillar 

davoamida sezilarli ravishda o’sgan. 2014 yilda 296,8 mlrd. so’mni tashkil qilgan 

bo’lsa, 2015 yilda 362,1 mlrd. so’mni tashkil qilgan. 

Tadbirkorlarning  banklar  bilan  bo’ladigan  operatsiyalarida  ko’pgina 

erkinliklar berib qo’yilganligi shunda namoyon bo’lmoqdaki, xususiy tadbirkor o’z 

jamg’armasini  O’zbekistonning  turli  banklaridagi  o’z  hisob  schyotida  saqlash, 

kredit  va  kassa  operatsiyalarini  bajarish  huquqiga  ega.  Banklar  bilan  tadbirkorlar 

o’rtasidagi munosabatlarda amal qilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan 

pul  o’tkazish  yo’li  bilan  hisob-kitoblar  olib  borish  mumkin.  Banklar  tadbirkor 

schyotida  pul  mablag’lari,  qimmatli  qog’ozlar  va  boshqa  muhim  ahamiyatga  ega 

bo’lgan hujjatlarni saqlashni kafolatlab beradi.  

 

 



 

8-rasm.  “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kollej bitiruvchilariga 

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditlar xajmi 

dinamikasi

14

 (mlrd. so’m) 

                                                           

14

 “Mikrokreditbank” ATB ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. 



5,1 

9,8 

21,4 

37,4 

45,2 

2011 yil 

2012 yil 

2013 yil 

2014 yil 

2015 yil 

kollej bitiruvchilariga ajratilgan kreditlar (mlrd. so'm) 

26 

 

Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 



kollej  bitiruvchilariga  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  ajratilgan 

kreditlar xajmi 2012 yilda 9,8 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2014 yilda ushbu 

ko’rsatkich  37,4  mlrd.  so’mni  tashkil  qilgan.  2015  yilda  esa,  45,2  mlrd.  so’mni 

tashkil qilgan. 

Tadbirkorlar  bilan  bank  o’rtasida  kredit  berish  bo’yicha  bo’ladigan 

operatsiyalar  ikki  tomon  o’rtasida  imzolangan  shartnoma  asosida  amalga 

oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor «Banklar 

va  bank  faoliyati  to’g’risida»gi  O’zbekiston  Respublikasi  qonunlarini  chuqur 

o’rganib, unga rioya qilishi lozim. 

Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarining hayoti va iqtisodiy faoliyati 

valyuta  operatsiyalari  bilan  bog’liqligi  ma’lum.  Tadbirkorlik  korxonalari  tashqi 

iqtisodiy  faoliyatini  amalga  oshirishda  ham  milliy  valyuta,  ham  xorij  valyutasida 

operatsiya-larni  bajarishiga  to’g’ri  kelmoqda.  Ayniksa,  tashqi  savdo  jarayon-lari 

bevosita valyuta operatsiyalari bilan bog’liq. 

Shuningdek: 

-uzoq  va  borish  qiyin  bo’lgan  hududlarda  joylashgan,  ortiqcha  mehnat 

resurslariga ega bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy 

tadbirkorlik sub’ektlariga, dehqon va fermer xo’jaliklariga ustuvor ravishda Tijorat 

banklarining imtiyozli kreditlash fondi mablag’lari hisobidan kreditlash hajmlarini 

yanada kengaytirish; 

-xizmat  va  servis  sohasini,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlashni, 

iste’mol  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  shuningdek,  yangi  ish 

o’rinlarini  yaratish  bo’yicha  “Mikrokreditbank”  aktsionerlik  tijorat  banki 

tomonidan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlariga  ajratiladigan 

mikrokreditlar hajmini oshirish; 

-oziq-ovqat  va  nooziq-ovqat  iste’mol  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchi 

korxonalarni  kreditlash  hajmini  oshirish  bilan  bir  qatorda  lizing,  faktoring  va 

savdoni moliyalashtirish xizmatlari ko’lamini kengaytirish; 

-mahalliy  ishlab  chiqaruvchilarning  mahsulotlarini,  jumladan,  murakkab 


27 

 

maishiy  texnika,  mebel  va  boshqa  mahsulotlarni  xarid  qilish  uchun  aholiga 



iste’mol  kreditlari  ajratilishini  kengaytirish  bo’yicha  chora-tadbirlar  amalga 

oshiriladi. 

 

9-rasm. “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ayol tadbirkorlarga 

ajratilgan kreditlar miqdori

15

 (mlrd. so’m) 

 

Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 



ayol  tadbirkorlarga  ajratilgan  kreditlar  miqdori  2013  yilda  56,8  mlrd.  so’mni 

tashkil qilgan, 2014 yilda 74,4 mlrd. so’mni tashkil qilgan. 2015 yilda esa, ushbu 

ko’rsatkich 90,3 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 

mamlakatimizda  o’rta  sinfni  shakllantirishda  mustahkam  zamin  bo’lib  xizmat 

qilmoqda. 

Xususiy  mulkchilikni  rivojlantirish  yo’lida  ortiqcha  byurokratik  to’siqlarni 

bartaraf  etish,  kichik  biznes  uchun  yangi  imtiyozlar  yaratish  mamlakatimiz 

iqtisodiy  qudrati  va  eksport  salohiyatini  oshirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Shu 

bois  so’nggi  yillarda  bir  qator  qonun  va  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  qabul  qilindi 

va  ularning  ijrosi  sohani  sifat  jihatdan  yangi  bosqichga  ko’tarish  imkonini  berdi. 

                                                           

15

 “Mikrokreditbank” ATB ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. 



  

10 



20 

30 


40 

50 


60 

70 


80 

90 


100 

2011 yil 

2012 yil 

2013 yil 

2014 yil 

2015 yil 

34 

43 


56,8 

74,4 


90,3 

28 

 

Yangi  tahrirdagi  “Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to’g’risida”, 



“Oilaviy  tadbirkorlik  to’g’risida”,  “Xususiy  mulkni  himoya  qilish  va  mulkdorlar 

huquqlarining  kafolatlari  to’risida”,  “Tadbirkorlik  faoliyati  sohasidagi  ruxsat 

berish  tartib-taomillari  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari  shular 

jumlasidandir.  



4-jadval 

2014-2015 yillarda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga 

ajratilgan kreditlar miqdori

16

 

T/r 



Asosiy yo’nalishlar 

2014 yil, 

mlrd. 

so’m 

O’sish, 



2015 yil,  

mlrd. 

so’m  

O’sish, 

%  

I. 

KICHIK BIZNESNI 

KREDITLASH 

 

 

 

 

1.  Jami kreditlar 

9 157,7 

130,0 


12 112,6   132,3  

 

shundan: 



 

 

 



 

1.1.  Mikrokreditlar 

1 907,0 

129,0 


2 527,0  

129,0  


1.2. 

Kasb-hunar kollejlari 

bitiruvchilariga 

200,9 


129,9 

277,8 


138,2  

1.3. 


“Mikrokreditbank” ning 

mikromoliyaviy xizmatlari 

296,8 

119,6 


362,1 

122,0  


1.4. 

Oziq-ovqat iste’mol mahsulotlari 

ishlab chiqaruvchi korxonalarga 

1 592,5 


128,7 

2 104,3 


132,1  

1.5. 


Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari 

ishlab chiqarishni kengaytirishga 

1 708,4 

129,4 


2 287,6 

133,9  


1.6. 

Oilaviy tadbirkorlik va 

xunarmandchilikka 

200,6 


127,1 

276,0 


137,6  

1.7. 


Xizmat ko’rsatish va servis sohasini 

rivojlantirishga 

1 245,1 

128,1 


1 633,8 

131,2  


1.8. 

Tadbirkor ayollarni qo’llab-

quvvatlashga 

960,2 


127,0 

1 255,0 


130,7  

II.  INVESTITSION KREDITLAR 

8 546,7 

117,0 

10 252,0    120,0  

 

Jadval  ma’lumotlaridan  ko’rinib  turibdiki,  kichik  biznesni  kreditlash  uchun 



2014  yilda  jami  bo’lib,  9 157  mlrd.  so’m  miqdoridan  mikrokreditlar  ajratilgan. 

                                                           

16

 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki  ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayoylandi 



29 

 

Ushbu  ko’rsatkich  o’tgan  yilga  nisbatan  130  foiz  miqdorida  o’sgan.  Kasb  hunar 



kolleji bitiruvchilariga ajratilgan kreditlar hajmi 200,9 mlrd. so’mni tashkil qilgan. 

Ushbu ko’rsatkich 129 foizga o’sgan. Oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 

korxonalarga ajratilgan kreditlar miqdori 2014 yilda  1592,5 mlrd. so’mni tashkil 

qilgan.  Ushbu  ko’rsatkich  128,7  foizga  o’sgan.  Oilaviy  tadbirkorlik  va 

hunarmandchilikka ajratilgan kreditlar hajmi 200,6 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Bu 

o’tgan yilga nisbatan 127 foizga ko’p miqdorni tashkil qiladi. 

Keyingi  yillarda  zamonaviy  bozor  iqtisodiyoti  asosida  rivojlanayotgan  bir 

qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan avvalgi ko’p 

funktsiyalardan  voz  kechish  va  bu  funktsiyalarni  kichik  korxonalarga  berish 

jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra, yirik sanoat korxonalari soni 

qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining 

dinamik,  harakatchan,  yangiliklarga  hozirjavob  tarzda  o’sishi,  bozordagi  talab  va 

uning  o’zgarishiga  tez  moslashuvchan  bo’lishini  ta’minlaydi.  Shunga  muvofiq, 

O’zbekistonning  xorijiy  mamlakatlar  korxonalari  bilan  riqobatdoshlik  darajasi 

ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning butun 

bir  tarmog’ini  vujudga  keltirishga  imkon  beradigan  qulay  shart-sharoitlarni 

yaratishdan  iborat  bo’lib,  bunday  korxonalar  yig’indisi  raqobatli  bozor  muhitini 

yaratishga imkon beradi. 

Demak,  mamlakatimiz  mintaqalarida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

bilan  shug’ullanadigan  korxonalargaalohidae’tibor  qaratish,  bu  jarayon  yangi 

innovatsiyalar,  tashabbuskorlikni  talab  etishini  anglab,  ayni  shu  asosda  iqtisodiy 

rivojlanishni  ta’minlash  mumkin.  Shunday  ekan,  mintaqalardagi  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanadigan  korxonalar  rahbarlari  fan  va 

texnika  sohasidagi  eng  so’nggi  innovatsiyalarni  ishlab  chiqarishga  joriy  etishga 

alohida e’tibor qaratishlari lozim

17

.  



Aholi  bandligi    vadaromadlarining  o’sishi  kichik  biznes  hamda  xususiy 

tadbirkorlikni  yanada  rivojlantirishga  bog’liq.  Bugungi  kunda  mamlakatimizdagi 

                                                           

17

 Ziyaviddinova  N.  Iqtisodiy  erkinlik  va  raqobat  sharoitida  kichik  beznesda  innovatsiyalar  va  ularning  rivojlanish 



xususiyatlari. “Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy jurnali. 2012 yil, 6-son. 

30 

 

barcha  xo’jalik  sub’ektlarining  87  foizi  nodavlat  mulkchilik  shakliga  ega  bo’lgan 



kichik  va  xususiy  biznes  korxonalaridir.  Yalpi  ichki  mahsulotning  83,6  foizdan 

ortig’i,  ishlab  chiqarilayotgan  sanoat  mahsulotlarining  90  foizdan  ko’prog’i, 

deyarli  barcha  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari,  shuningdek,  savdo  va  xizmat 

ko’rsatish sohasi ularning hissasiga to’g’ri kelmoqda. 

Amalga  oshirilgan  tadbirlar  natijasida  2014  yil  davomida  tijorat  banklari 

tomonidan mazkur soha sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi  qariyb 9,2 trillion 

so’mni tashkil etdi. Xususan: 

–  ajratilgan mikrokreditlar 1,9 trillion so’mni tashkil etdi; 

–  xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining kredit 

liniyalari,  grantlari    hisobidan  157,8  million  AQSh  dollari  miqdorida  kredit 

mablag’lari ajratildi; 

– imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi hisobidan ustuvor ravishda olis 

va borish qiyin bo’lgan tumanlarda, shuningdek, ortiqcha mehnat resurslariga ega 

bo’lgan  tuman  va  shaharlarda  joylashgan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

sub’ektlariga 61 milliard so’m miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. 

O’zbekiston  iqtisodiyotida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  ulushining 

o’sib  borishi  ichki  bozorni  sifatli  va  raqobatdosh  tovarlar  bilan  to’ldirish, 

zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasini kengaytirish, 

jahon  bozori  talablariga  mos,  eksport  bop  mahsulotlarni  ko’paytirish,  yangi  ish 

o’rinlari  yaratish,  avvalo,  yoshlarni  ish  bilan  ta’minlashning,  shu  asosda  aholi 

daromadlari  va  turmush  farovonligini  oshirishning  asosiy  omillaridan  biri 

hisoblanadi.  

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish, ularni muhandislik-

kommunikatsiya  tarmoqlariga ulash,  eksport tovrlarini bojxonada  rasmiylashtirish 

tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Gap shundaki, ayni paytda 

biznesni ro’yxatga olish jarayoni “bir darcha” tamoyili asosida atigi ikki kun ichida 

amalga  oshirilayaptiki,  bu  eng  yaxshi  xalqaro  amaliyot  talablariga  to’la  mos 


31 

 

keladi



18

 



 

 

10-rasm. Jahon bankining O’zbekiston Respublikasiga tarmoqlar 

bo’yicha ajratgan kredit liniyalari

19

 (2015 yil holatiga) 

2 mlrd. AQSh dollari 

 

Jahon  bankining  tarmoqlar  bo’yicha  ajratgan  malag’lari  quyidagicha 



sarflangan.  Ajratilgan  2  mlrd.  AQSh  dollaridan  erlarni  melorativ  holatini 

yaxshilashga 24 foizini, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohaga 24 

foizini,  elektroenergetika  sohasiga  19  foizni,  suv  ta’minotini  yaxshilashga  19 

foizini,  kichik  biznesni  qo’llabg’quvvatlashga  14  foiz  mablag’  yo’naltirilgan. 

XTTB  tomonidan  suv  ta’minoti  bo’yicha  loyihaga  ham  5  mln.  AQSh  dollari 

miqdorida berildi. Moliya sho’’basini isloh qilish bo’yicha loyihani tayyorlash 

uchun bo’nak 1,2 mln. AQSh dollariga teng. 

 

                                                           

18

 Ernazarov U. Tadbirkorlik ravnaqi va huquqiy asosi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2013 yil 20fevral, 35-son. 



19

 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzilgan. 

19% 

19% 


24% 

24% 


14% 

Elektroenergetika sohasiga 

Suv ta'minotini yaxshilash 

Sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa 

ijtimoiy sohaga 

Yerlarni melorativ xolatini 

yaxshilashga 

Kichik biznesni qo'llab-

quvvatlashga 


32 

 

4. Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash tizimini takomillashtirish 



masalalari 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10  apreldagi  “To’g’ridan-



to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-

tadbirlar  to’g’risida”gi  PF–4434-sonli  Farmoni  asosida  xorijiy  investorlar  hamda 

xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar  uchun  keng  ko’lamdagi  kafolatlar, 

imtiyozlar va afzalliklar tizimi yaratildi. 

Jumladan, ushbu farmonga muvofiq:  

-  xorijiy  investorning  pul  shaklidagi  ulushi  5  million  AQSh  dollaridan  kam 

bo’lmagan  yangidan  tashkil  etilayotgan  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi 

korxonalar  davlat  ro’yxatidan  o’tgan  sanadan  boshlab  10  yil  mobaynida  soliq 

qonunchiligida  o’zgarishlar  yuz  bergan  hollarda  yuridik  shaxslardan  olinadigan 

foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, mol-mulk solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, 

yagona soliq to’lovi, shuningdek bir qancha soliq va majburiy ajratmalar to’lashda 

mazkur  korxonalar  davlat  ro’yxatidan  o’tish  sanasida  amal  qilgan  me’yorlari  va 

qoidalarini qo’llashga haqlidirlar;  

- qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 

kamida  50  foiz  bo’lgan  investitsiya  loyihalari  doirasida,  ishlab  chiqarish 

maydonidan  tashqaridagi  zarur  tashqi  muhandislik-kommunikatsiya  tarmoqlarini 

qurish  byudjet  mablag’lari  hamda  boshqa  ichki  moliyalashtirish  manbalari 

hisobidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “Kichik biznes 

va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari  eksportini  qo’llab-quvvatlash  borasidagi 

qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risida Qarori qabul qilindi. 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarining  eksport  salohiyatini 

yanada  kengaytirish,  ularga zamonaviy,  chet  el bozorlarida  raqobatdosh  mahsulot 

ishlab  chiqarishni  ko’paytirishda  va  uni  eksportga  chiqarishda  zarur  huquqiy, 

moliyaviy  va  tashkiliy  yordam  ko’rsatish,  mamlakatimizning  eksport  qiluvchi 

tadbirkorlarini  tashqi  bozor  kon’yunkturasi  o’zgarishlari  xavf-xatarlaridan 



33 

 

ishonchli  himoya  qilishni  ta’minlash  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi 



Iqtisodiyot vazirligi,  Moliya  vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va 

savdo  vazirligining,  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki,  O’zbekiston  Savdo-

sanoat  palatasi  va  Fermerlar  kengashining  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki 

huzurida  respublika  mintaqalarida  hududiy  filiallari  bo’lgan  Kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarining  eksportini  qo’llab-quvvatlash  jamg’armasini 

tashkil etildi. 

Quyidagilar  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarining  eksportini 

qo’llab-quvvatlash  jamg’armasi  faoliyatining  asosiy  vazifalari  va  yo’nalishlari 

hisoblandi: 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarining  chet  ellardagi  tender 

savdolaridagi ishtirokini kengaytirishga, shuningdek, yarmarkalar, «davra stollari» 

va  boshqalarni  tashkil  etish  yo’li  bilan  mamlakatimiz  tovar  ishlab  chiqaruvchilari 

bilan  xorijiy  xaridorlarning  muloqotlarini  tashkil  etishga  ko’maklashish  va 

boshqalar. 

Jamg’arma  faqat  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari  hamda 

fermer  xo’jaliklariga  xizmat  ko’rsatadi  va  yordam  beradi.  Jamg’arma  Kengashi 

Jamg’armani  boshqarish  yuqori  organi  hisoblanadi,  ijro  etuvchi  direktsiya 

Jamg’armaning ijrochi organi va uning mablag’larini tasarruf etuvchi hisoblanadi. 

Jamg’arma mablag’larining boshlang’ich miqdori 5,0 milliard so’mni tashkil 

etdi, buning 2,5 milliard so’mi davlat byudjeti mablag’laridan beriladigan bir yo’la 

badal  hisobiga,  qolgan  qismi  esa  muassislar  —  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  sub’ektlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy 

banki,  shuningdek,  boshqa  tijorat  banklari,  moliyaviy  institutlar  va  donorlarning 

ixtiyoriy badallari hisobiga shakllantirildi. 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlariga  tashqi  iqtisodiy 

operatsiyalarni  amalga  oshirish  bilan  bog’liq  yuridik,  moliyaviy  va  tashkiliy 

xizmatlar  ko’rsatishdan  xalqaro  amaliyotda  umumqabul  qilingan  miqdorlarda  – 

shartnoma  qiymatining  3  foizigacha  bo’lgan  komission  ajratmalar  tarzida  olingan 

daromadlar,  shuningdek  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa  manbalar 


34 

 

Jamg’arma mablag’larining manbalari hisoblanadi. 



O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va  savdo 

vazirligi,  Moliya  vazirligi  hamda  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  bankining 

Jamg’arma  tomonidan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari,  fermer 

xo’jaliklariga: 

eksportga 

mo’ljallangan 

mahsulotning 

mamlakatimiz 

brendlarini 

rivojlantirish,  eksportga  etkazib  berishni  olg’a  siljitish,  jumladan,  xorijiy 

mamlakatlarning  qonunchiligiga  muvofiq  zarur  litsenziyalar,  ruxsatnomalar, 

sertifikatlar,  shuningdek  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarining 

xalqaro tender savdolarida ishtirok etishi bilan bog’liq ro’yxatdan o’tish yig’imlari 

hamda  boshqa  to’lovlarni  to’laydi.  Eksport  shartnomalarini  tuzgan,  yangi 

bozorlarga  chiqish  va  yangi  mahsulot  turlarini  eksport  qilishni  ta’minlagan  holda 

chet ellardagi ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish uchun beg’araz moliyaviy 

yordam ko’rsatadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini 

qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, jumladan uning hududiy filiallari 2019 yilning 1 

yanvariga  qadar  barcha  turdagi  soliqlar,  yig’imlar,  boj  hamda  davlat  maqsadli 

jamg’armalariga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilinadi. 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari  tovarlar  va  xizmatlarni 

oldindan  haqini  to’lamasdan,  akkreditiv  ochmasdan  yoki  o’rnatilgan  tartibda 

berilgan eksport shartnomasining sug’urtasi bo’yicha polis mavjud bo’lganida 180 

kun  mobaynida  mablag’  kelib  tushishi  yoki  orqaga  qaytarish  muddati  kafolatisiz 

xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga egadirlar. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi "Kichik biznes 

va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha 

chora-tadbirlar  to’g’risida"  gi  PQ  -  1501  -  sonli  Qarori  va  2012  yil  18  iyuldagi 

"Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng 

erkinlik  berish  chora  -  tadbirlari  to’g’risida"  gi  PF-  4455-sonli  Farmoni  hamda 

boshqa  qarorlariga  muvofiq,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarini 

kreditlash  hajmini  yanada  oshirish,  kreditlash  shartlarini  soddalashtirish,  ularga 

bank  xizmatlaridan  foydalanish  borasida  qo’shimcha  imtiyoz  va  qulayliklar 


35 

 

yaratildi.  



Vazirlar  Mahkamasining  2011  yil  16  iyundagi  175-sonli  qarori  bilan 

O’zbekiston  Banklar  uyushmasi  huzurida  Investitsiya  loyihalari  bo’yicha  loyiha 

hujjatlarini  tayyorlashni  moliyalashtirish  jamg’armasi  tashkil  etildi.  Iqtisodiyotni 

rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarida loyiha g’oyalarini tanlov bo’yicha tanlash 

va  ularning  loyiha  hujjatlari  ishlab  chiqishni  moliyalashtirish,  kredit  tashkilotlari 

tomonidan 

investitsiya 

loyihalarini 

moliyalashtirilishini 

tashkil 


etishga 

ko’maklashish uning asosiy vazifasi etib belgilandi. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2015 


yil  

15 maydagi PF-4725-sonli “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 

ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni 

bartaraf  etish  chora-tadbirlari  dasturi  to’g’risida”gi    Farmoni  qabul  qilindi.  Unga 

ko’ra  2015  yil  1  iyuldan  mikrofirmalar,  kichik  korxonalar  va  fermer  xo’jaliklari 

faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt 

yilda  bir  martadan,  boshqa  xo’jalik  sub’ektlarida  esa  ko’pi  bilan  uch  yilda  bir 

marta  faqat  Nazorat  qiluvchi  organlar  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  Respublika 

kengashi qaroriga asosan amalga oshirilishi;  

- moliya-xo’jalik  faoliyati  bilan  bog’liq  bo’lmagan  rejali  tekshiruvlar 

o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmasligi;  

- tadbirkorlik  sub’ektlarining  moliya-xo’jalik  faoliyatini  rejali  tekshirishlar 

faqat so’nggi tekshiruvdan keyingi davrni qamrab olishinishi belgilab qo’yildi.  

O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 

to’g’risida»gi Qonunining 39-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi: 

Kichik  tadbirkorlik  sub’ektlari  va  fermer  xo’jaliklarining  faoliyatini 

tekshirishlar  nazorat  qiluvchi  organlar  tomonidan  rejali  tartibda  ko’pi  bilan  to’rt 

yilda  bir  marta,  boshqa  tadbirkorlik  sub’ektlarining  faoliyatini  tekshirishlar  esa 

ko’pi  bilan  uch  yilda  bir  marta,  faqat  nazorat  qiluvchi  organlar  faoliyatini 

muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan o’tkazilishi 

mumkin. 

Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining 



36 

 

moliya-xo’jalik  faoliyati  ular  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilgan  paytdan  e’tiboran 



dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi. 

Aktsiz  to’lanadigan  tovarlar  ishlab  chiqaruvchi  yangi  tashkil  etilgan  kichik 

tadbirkorlik  sub’ektlari  va  fermer  xo’jaliklarining  moliya-xo’jalik  faoliyati, 

shuningdek  kichik  tadbirkorlik  sub’ektlari  va  fermer  xo’jaliklarining  byudjet 

mablag’laridan  hamda  markazlashtirilgan  mablag’lar  va  resurslardan  belgilangan 

maqsadda  foydalanilishi  bilan  bog’liq  moliya-xo’jalik  faoliyati  ular  davlat 

ro’yxatidan  o’tkazilgan  paytdan  e’tiboran  dastlabki  ikki  yil  mobaynida  rejali 

tekshiruvlardan o’tkazilmaydi. 

Tadbirkorlik  sub’ektlarining  faoliyatini  tekshiruvlardan  o’tkazish  muddatlari 

o’ttiz  kalendar  kundan  oshmasligi  lozim.  Alohida  hollarda  bu  muddat  nazorat 

qiluvchi  organlar  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo’yicha  maxsus  vakolatli 

organning  qaroriga  binoan  uzaytirilishi  mumkin,  bunda  ushbu  qoida  kichik 

tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas. 

Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan 

rejali tekshiruvlarni o’tkazish muddatlari o’n kalendar kundan oshmasligi kerak. 

Tadbirkorlik 

sub’ekti  belgilangan  tartibda  taqdim  etgan  moliya  

va  soliq  hisobotini,  shuningdek  tadbirkorlik  sub’ektining  faoliyati  to’g’risida 

davlat soliq xizmati organida  mavjud  bo’lgan boshqa  hujjatlarni o’rganish  hamda 

tahlil  etish  asosida  o’tkaziladigan  kameral  nazorat  natijalari  bo’yicha 

qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik 

sub’ektlarining  moliya-xo’jalik  faoliyatini  tekshirish  tashabbusi  bilan  chiqishi 

mumkin. 

 


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling