Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
37
Kurs ishini yozish davomida quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to’ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim: - aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish istagini uyg’otish; - qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo’jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo’li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo’shimcha ish joylari bilan ta’minlash; - mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish; - ko’rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash; - korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lishlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish; - joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko’ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste’mol bozorini tovar bilan to’ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish. Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar
38
mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida tashkiliy- iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim: -bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish; - hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish; -kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab- quvvatlash; - kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash; -kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash; -islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga etkazish. Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha shu sohadagi cheklovlar kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. So’rov o’tkazilgan tadbirkorlarning 75 foizi moliya-kredit tizimini takomillashtirishni, 52,5 foiz soliqni, 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo qilishni yaxshilash lozimligi to’g’risida fikr bildirganlar. Shuning uchun islohotlarning hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to’siq bo’layotgan omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga egadir.
39
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: “O’zbekiston”, 2012 y. 2. O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar to’g’risi»dagi qonun. 1991-2006 yillar. 3. O’zbekiston Respublikasining «Ipoteka to’g’risi»dagi qonun. 2005 yil. 4. «Xususiy korxonalar to’g’risi»dagi qonun. 2003 yil. 5. «Bankrotlik to’g’risi»dagi qonun. 2005 yil 16-dekabr. 6. «Elektron to’lovlar to’g’risi»dagi qonun. 2005 yil 16-dekabr. 7. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risi»dagi qonun. 2012 yil 2 may.
8. “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida” gi Qonun 2012 yil 23 mart 9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2012 yil 26 martdagi «Eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga etkazib berishni kengaytirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-1731-sonli Qarori
10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “K ichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risida Qarori 11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015
yil 15 maydagi PF-4725-sonli “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi Farmoni 12. Karimov I.A. “2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi” T.:”O’zbekiston” 2014 yil, 9 bet 13. Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish- ustuvor vazifamizdir. T.: “O’zbekiston” 2015 yil. 6- 23 betlar.
40
14. Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir T.:”O’zbekiston” 2016 yil, 14- bet 15. Xodiev B.Yu, Kosimova M.S., Samadov A.N Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. –T.: TDIU, 2010. 16. Kosimova M.S. , Yusupov M.A., Ergashxadjaeva Sh.J. Marketing. T.: TDIU, 2010. 17. Vahobov A.V. Malikov T.S. Moliya. Darslik. “Iqtisod-moliya” 2011yil 50- 68-betlar. 18. Malikov T.S., Vahobov D.R. Moliya: chizmalarda: o’quv qo’llanma.- Toshkent Iqtisod-moliya 2010 yil 29-47-betlar. 19. http:// www.gov.uz.- O’zbekiston Respublikasi hukumati sayti 20. http:// www.stat.ru - O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi sayti 21. http:// www.mf.uz - O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining sayti 22. http:// www.cbu.uz
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki sayti Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling