Kafedrasi maktabgacha pedagogika


MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI BADIIY ADABIYOTNI HIKOYA QILIB BERISHGA O’RGATISHDA FOYDALANILADIGAN USULLAR


Download 165.5 Kb.
bet3/12
Sana31.01.2024
Hajmi165.5 Kb.
#1829878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Badiiy adabiyot

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI BADIIY ADABIYOTNI HIKOYA QILIB BERISHGA O’RGATISHDA FOYDALANILADIGAN USULLAR.

Bolalarni hikoya qilishga o’rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini aytib o'tamiz:

  1. Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo’lib, tarbiyachi bolalarga narsa-buuum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul o’quvchilami hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam beruvshi ta'limiy usul bo’lib hisoblanadi.

Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo’lishi, ya'ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi lozim. Masalan, o'qituvchi o’yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi bitta o'yinchoqni olib, u haqda shunday tasviriy hikoya tuzadi:
-Mana bu ayiqcha, u jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko'zlari, tumshug'i bor. Tumshug'ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog'i bor. Ayiqcha o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak.
Bolalar namuna hikoyadan yaxshi foydalanishlari ushun uning matni qisqa gaplardan iborat bo’lishi va izchil bayon qilinishi kerak.
Hikoya namunasi boshqa usullarga nisbatan hikoya qilishga o’rgatish jarayonini yengillashtiradi, bolalar erishishi kerak bo'lgan natija ko'rsatib beriladi. bundan tashqari, namuna o’quvchilarning hikoya qilishlari lozim bo'lgan mavzularning hajmini, ketma-ketligini belgilaydi.
Tarbiyachining namuna hikoyasidan bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishning dastlabki bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo'yilganda yoki hikoya qilib bera olmaydigan bolalarga yordam berishda foydalaniladi. Tarbiyachining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan 1 - 2 bola takrorlashi mumkin.
Namuna hikoya usulidan mashg'ulotning borishida foydalanish kerak. Undan mashg'ulot oxirida foydalanish esa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki o’quvchilar namuna hikoyaga taqlid qila olmaydilar, o’z nutqlarida undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar.


  1. Download 165.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling