Kafedrasi maktabgacha pedagogika


TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI HIKOYA QILISHGA O’RGATISH BO’YICHA FAOLIYAT ISHLANMASI


Download 165.5 Kb.
bet9/12
Sana31.01.2024
Hajmi165.5 Kb.
#1829878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Badiiy adabiyot

2.2 TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI HIKOYA QILISHGA O’RGATISH BO’YICHA FAOLIYAT ISHLANMASI
Dars jarayonlarida nutq o'stirish mashg'ulotlarini tashkil etishda, ayniqsa, o’quvchilarning badiiy asarlarni o'qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o'rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o’qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo'lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) o’quvchilarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg'ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo'ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug'atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to'g'ri shakllanib borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O’quvchilar hech qanday qiyinchiliksiz o’qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so'zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o’qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o'xshatishga harakat qiladilar.
Yuqori saviyada yozilgan badiiy asarlar o’quvchilarning nutq normalarini (me'yorlarini) muvaffaqiyatli o'zlashtirishlariga hamda tilning emotsional tomonlarini his etish qobiliyati rivojlanishiga, og'zaki nutqning intonatsion ifodaliligi shakllanishiga ta'sir etadi. Quyida tayyorlov guruhi bolalari ushun mo’ljallangan ertakni mashg’ulot ishlanmasi sifatida keltirdik.
Darsning mavzusi: UR TO’QMOQ (Tayyorlov guruhi uchun)
Mashg’ulotning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad: bola o’qigan ertagini xulosalay olishi, o’quv tezligiga e’tibor berishi, o’qish imkoniyatlariga e’tibor berishi va ularning fikrini bir joyga jamlab, ifodali o’qish

  2. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda do’stlik tuyg’usini mustahkamlash, yordam qo’lini cho’zishlik, o’g’irlik qilmaslikka, to’g’ri so’z bo’lishga chorlash

  3. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda ertak yuzasidan bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish


Download 165.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling